Qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana18.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1680553
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
маърузв2

 
 
 
 
 




1.8. Elektr pechlarida haroratni o’lchash vositalari
Qizigan metallni va pechini haroratini o’lchash. Metallni qizdirish harorati 
toblanadigan mahsulot sifati uchun katta ahamiyatga ega. O’ta yuqori haroratda 
metallni kuyishi kuzatiladi, kichik haroratda yorilishi yoki darz ketishi mumkin. Pech 
haroratini va qizigan metallni haroratini o’lchash uchun maxsus priborlar mavjud. Bu 
priborlarni to’rtta guruhga bo’lishimiz mumkin. 
a) Simob termometrlari. 
b) Optik pirometrlari 
s) Radiatsion pirometrlari 
g) Elektr va termoelektr pirometrlari. 
1.5-rasm: Radiatsiya perometri 
1.6-rasm: Simob termometrlari 
 
Simob termometrlari pech va vannalarni haroratlarini o’lchash uchun xizmat 
qiladi. Ular ingichka shishali trubka va ichi simob bilan to’ldirilgan. Agar termometrlar 
300 
0
С gacha haroratlarni o’lchasa, simob ustidan havo to’ldiriladi va 300 
0
C dan 
yuqori bo’lsa bosim ostida azot bilan to’ldiriladi. Simobli termometrlari 750 
0
C gacha 
haroratlarni o’lchashga mo’ljallangan. Va trubkani shishasi qiyin eriydigan kvars 




shishasidan tayyorlanadi. Simob termometrlarini kamchiligi ko’p bo’lgani uchun 
kamroq ishlatiladi.
Sanoatda eng ko’p ishlatiladigan termoelektr pirometrlari. Termoelektr 
pirometr issiqlikni sezuvchi elementdan termopara va o’lchagichdan (termoelektr 
qo’zg’atuvchi kuch) tashkil topgan. Termopara (termojuftlik)da haroratni o’lchashda 
xar xil metallardan yasalgan va ularni qushilgan joyini qizdirganda termoelektr 
qo’zg’atuvchi kuchni paydo bo’lishiga olib keladi. Termoelektr qo’zg’atuvchi kuch 
simlarni formasiga va geometrik o’lchamlariga bog’liq emas haroratni o’lchash 
prinsiplari. 
Jism haroratini o’lchash uchun quyidagi fizik prinsiplar ishlatiladi:
I. Jismlar qizdirilganda hajmiy va chizig’iy kengayishi (dilatometrik termometrlar 
- simobli va manometrik).
II. Jismlar qizdirilganda elektr qarshiligini o’zgarishi (elektr qarshilik termometrlari). 
III. Bitta jismni ikkinchi bir jism bilan birgalikda qizdirilganda issiqlik elektr 
yurituvchi kuchini hosil qilishi (termoparalar). 
IV. Jismlar qizdirilganda ular tomonidan nurlanadigan energiya miqdorini o’zgarishi 
(nurlanish pirometrlari). 
Elektr pechlarida haroratni o’lchash uchun termoelektr termometrlar keng 
qo’llaniladi, yuqori temperaturali pechlarda esa bu maqsadda nurlanish pirometrlari 
qo’llaniladi. 
Termoelektr termometrlar datchikdan (termoelement, termoparalar), termo 
E.Yu.K o’lchagich va ulash simlaridan iborat. 
Termoelementlar ikkita xar xil A va V o’tkazgichlardan iborat bo’ladi. 
Agar ikkita o’tkazgichdan iborat elektr zanjirni istalgan joyda (payvand 
qilingan joyda ham kesib, shu oraliqqa uchinchi o’tkazgich qo’yilsa (b va v) va 
uchinchi o’tkazgichning uchlaridagi harorat bir xil bo’lgan holda, termik E.Yu.K. 
o’zgarmaydi. Shuning uchun zanjir uzilgan joyiga o’lchov asbobi o’rnatish mumkin 
(g, d). 




Termopara tayyorlashda ishlatiladigan materiallar issiqlikka chidamli
qizdirilganda fizik xossalari o’zgarmaydigan va yuqori termik E.Yu.K.ga ega 
bo’lishlari lozim. 
Quyidagi termoparalar keng qo’llanishga ega: 
Platinorodiy - platina (PP). Bu termoparaning musbat elektrodi (90%) platina 
qotishmasi “Ekstra” va (10%) rodiydan tayyorlanadi, manfiy elektrod esa «ekstra» 
platinadan iborat. Bu termoparalar 1300 
0
C gacha bo’lgan haroratni va qisqa muddatda 
1600 
0
C haroratni o’lchaydi. 
Material qimmatligi uchun elektrodlar diametri 0,5 mm.ni tashkil qiladi. 
Vakuumda platina 1250 
0
C haroratda parchalanadi, shuning uchun ularni vakuum 
pechlarida qo’llashning ruxsat qilingan harorati oddiy muhitli pechlardagidan ancha 
past bo’ladi. 

Xromel – alyumel termoelement xromel va alyumelning maxsus ishlab 
chiqilgan qotishmalaridan tayyorlanadi va nisbatan yuqori termo-E.Yu.K ga ega. Bu 
termometrlar haroratni 1000 
0
C va qisqa muddatda 1300 
0
C gacha o’lchaydi va juda 
keng tarqalgan termoelement hisoblanadi. 

Termoelement PR- 30/6. Musbat elektrod platinarodiy qotishma (30% -
rodiy) va manfiy elektrodi ham xuddi shunday, lekin rodiy 6% bo’lgan, qotishmadan 
tayyorlanadi. Bu termometrlar haroratni 1800 
0
C gacha o’lchash imkonini beradi. 
Juda yuqori haroratlarni o’lchash uchun volframreniyli termoelementlar
(2100 - 2200 
0
C gacha) yoki elektrodlaridan bittasi sof grafitdan, ikkinchisi esa 
stirkoniy borid (2000 
0
C) yoki titan karbiddan (2500 
0
C gacha) tayyorlangan 
termoelementlar qo’llaniladi. 
Jism haroratini datchik bilan bevosita kontakt orqali o’lchash mumkin 
bo’lmagan hollarda nurlanish pirometrlari qo’llaniladi. Ularning ishlash prinsipi jism 
harorati bilan u nurlantiradigan energiya miqdori orasidagi bog’lanishga asoslangan. 
Agar harorat o’lchashda nurlanish energiyasi to’la qo’llanilsa, bunday pirometrlar to’la 
nurlanish yoki radiatsion pirometr, agar nurlanish spektrining bir qismi qo’llanilsa, 
qisman nurlanish yoki optik pirometr deyiladi. 




Radiatsion pirometrlarda jismning to’la nurlanishi optik sistema yordamida 
termoelementning ishchi uchiga yo’naltiriladi va u qiziydi. Nurlanuvchi jismning 
harorati qancha yuqori bo’lsa, uning nurlanishi shuncha ko’p bo’ladi va natijada 
termoelement ishchi uchining harorati va uning termo E.Yu.K shunchalik ko’p bo’ladi. 
Jism nurlanishi nafaqat uning haroratiga, balki issiqlikdan nurlanish koeffitsienti (E)ga 
ham bog’liq bo’ladi. Agar jism sirti oksidlangan bo’lsa, E= 0.9 -0,7 (o’lchash xatoligi 
2.5 -9%), agar sirt yaltiroq bo’lsa, E=0,3 – 0,4 (xatolik 25 -35%). 
Radiatsion pirometrlarga qaraganda optik pirometrlar ancha aniqligi katta 
hisoblanadi. Bu pirometrlar ishlash prinsipi elektr lampochkasi tolasi porlanish 
yorug’ligini taqqoslashga asoslangan bo’lib, uning harorati undan o’tuvchi tok bilan 
to’g’ridan to’g’ri bog’liq. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling