Qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi
-rasm: Termik ishlovning diagrammasi
Download 1,29 Mb. Pdf ko'rish
|
маърузв2
1.3-rasm: Termik ishlovning diagrammasi.
Termik ishlash quyidagi asosiy turlarga ajratiladi: yumshatish, normallash, toblash, bo’shatish po’lat va boshqa ba’zi bir metallar uchun. Po’latni sirtqi toblash alohida o’rin tutadi. U har-xil detallarni, ya’ni sirtqi qatlami yuqori mustahkamlikka va o’zagi qayishqoqlikka ega bo’lishni ta’minlaydi. Toblashga tez qizitish va sovitish yo’li bilan erishiladi, natijada faqat qattiq qizdirilgan jismlar sirtlanadi. 1.6. Elektrotermik qurilmalarning klassifkatsiyasi. (Elektr energiya issiqlik energiyasiga aylantirilish bo’yicha). Zamonaviy texnikaga yuqori darajadagi sof metall va qotishmalar zarur. Ular yuqori yuklama va haroratlarda ishlaydigan detallar (gaz turbinalarining kurakchalari, raketa dvigatelining qismlari) ni tayyorlashda qo‘llaniladi. Bu maqsadlar uchun niobiy, molibden, tantal, volfram va ularning qatnashchilari ishlatiladi. Ular tarkibida juda kam miqdorda gaz aralashmalari (azot, kislorod, vodorod) va shuningdek, qattiq aralashmalar (uglerodli va boshqalar) bo‘lsa, metallarning mexanik xossalari keskin pasayib ketadi, mo’rtligi oshadi, payvandlanishi yomonlashadi va hokazo. Yuqori sifatli sof metall va qotishmalar elektr pechlarida olinadi. Elektr pechlarida chuqur vakuum (10 -5 -10 -7 mm.sm.ust.gacha)ni hosil qilish va shuningdek, himoyalovchi atmosferadan foydalanish mumkin. Vakuum texnikasining tez rivojlanishi natijasida chuqur siyraklik sharoitida 30 tonna va undan og‘ir sof quymalarni olish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Bunday sharoitda olingan metallning fizik va mexanik xossalari keskin yaxshilanadi. Masalan, vakuumda eritib olingan po‘latdan yasalgan podshipnik ishlash muddati 4-5 marta ortadi. Elektr qizdirish paytida ishchi kameradagi haroratni 1-6 0 C aniqlik bilan rostlash mumkin. Bu oldindan belgilangan xossali metallar olish uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda sanoatda qo‘llaniladigan elektr qizdirish turlari quyidagilarga bo‘linadilar: 1) Qarshilik pechlarida bilvosita qizdirish; 2) Bevosita qizdirish; 3) Induksion yuqori chastotali qizdirish; 4) Yoyli qizdirish; 5) Elektron - nurli qizdirish; 6) Plazmali qizdirish; 7) Optik qizdirish. Download 1,29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling