Qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi
Elektromexanik qurilmalar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
маърузв2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrokinetik qurilmalar
Elektromexanik qurilmalar. Bunday qurilmalarda ishlov berilayotgan
materiallardan impuls holatidagi tokning oqib o’tishi mexanik kuchlar hosil bo’lishiga olib keladi. Mazkur qurilmalarning maxsus sinfini ultratovush ta’sirida ishlovchi qurilmalar tashkil qilib, ultratovush generatorlaridan berilayotgan yuqori davr tezlikdagi mexanik tebranishlar ta’sirida texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Elektrokinetik qurilmalar. Ularning ishlash tamoyili elektr maydon energiyasini harakatdagi zarrachalar energiyasiga aylantirishga asoslangan. Bunday qurilmalar toifasiga elektron - ion texnologiyalarga asoslangan elektr filtrlari, kukunli materiallar va emulsiyalarni ajratish qurilmalari, elektr bo’yoqlash va oqava suvlarni tozalash qurilmalari kiradi. Elektr texnologik qurilmalarni yuqoridagi tartibda guruhlarga bo’lish yuqori darajada shartli ravishda amalga oshirilgan, chunki ko’plab texnologik jarayonlar bir paytning o’zida bir necha energiya o’zgarishi asosida amalga oshiriladi. Bu esa o’z o’rnida elektr texnologik jarayonlarining imkoniyatlarini yanada ko’pligini isbotlaydi. 1.5. Elektrotermik jarayonlar va qurilmalar Ma’lumki «Elektrotermiya» tushunchasi o’z ichiga sanoatning turli sohalaridagi texnologikaviy jarayonlarni oladi. Bularning negizida elektr energiya yordami bilan materiallar va buyumlarni qizitishga xizmat qilish yotadi. Qizitish uchun elektr energiyani qo’llash qator afzalliklarga ega: 1. Kichik hajmda katta quvvatni jamlash va juda yuqori haroratlarni olish imkoniyati; 2. Qizitishning bir tekisda haroratli holatini rostlarini osonlashtirish. 3. Ish joyining germetizastiyalash va unda qimyoviy atmosferani yoki vakuumni yaratish imkoniyati; 4. Elektrodexnologiya qurilmalarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash qulayligi, bu elektr pechlar va elektr qizitish moslamalarini uzluksiz liniyalarga ulashga imkon beradi; 5. Mehnat unumdorligini o’sishi mehnat sharoitlarini yaxshilash va jihozlarning zichligini oshirish imkoniyati; 6. Legirlik elementlarini kuyindiga o’tishning qisman miqdori; 7. Bevosita qizitilayotgan moddada issiqlik energiyaning ajralib chiqishi. Termik jarayonlar uch qismdan iborat. a) Eritish jarayoni; b) Termik ishlash; c) Metallarni bosim bilan ishlashdan oldin qizitish. Eritish jarayonining vazifasi metallni quyuq holatidan suyuq agregatli holatiga o’tkazish. Metallarni termik ishlash metallarni qizitib ishlash jarayoni, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlari kerakli yo’nalishda o’zgaradi. Har qanday termik ishlash uch ketma-ket operatsiyalardan iborat: 1. Qizitish; 2. Chiniqtirish; 3. Sovitish. Quyida (1.3-rasm) termik ishlashning diagrammasi, ya’ni haroratning vaqtga bog’liqligi t =ƒ(τ) keltirilgan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling