Microsoft Word 25-Ma'ruza. Elektromagnit, vakuum uzgichlar
Download 197.17 Kb. Pdf ko'rish
|
7. Elektromagnit, vakuum uzgichlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar: Uzgich, kamera, kontakt, bak, selektiv, ,tok, kuchlanish, qutb, qayta ulash, kontakt. Elektromagnit uzgichlar
25-MA’RUZA Elektromagnit, vakuumli uzgichlar. Reja: Elektromagnit, vakuumli uzgichlarning tuzulishi. Elektromagnit, vakuumli uzgichlarning yoy so’ndiruvchi kamerasi. Elektromagnit, vakuumli uzgichlarning afzallik va kamchiliklari Kalit so’zlar: Uzgich, kamera, kontakt, bak, selektiv, ,tok, kuchlanish, qutb, qayta ulash, kontakt. Elektromagnit uzgichlarida yoyni so’ndirish uchun moy ham siqilgan havo ham ishlatilmaydi, bu ularning boshqa tipdpgi uzgichlarga nisbatan katta afzalligi hisoblanadi. Bu tipdagi uzgichlar 6-10 kV li kuchlanishga, 3200 A gacha nominal toka va 40 kA gacha uzish tokiga mo’ljallab ishlab chiqariladi. Uzgich ish va yoy so’ndiruvchi kontaktlarga ega. Uzishda avval ish, so’ngra esa yoy so’ndiruvchi kontaktlar ajrab, ular orasida yoy hosil bo’ladi. Konturning elektrodinamik kuchi va porshenli qurilma hosil qilgan havo oqimining ta’siri ostida, yoy oldindagi yoy so’ndiruvchi shoxga o’tadi va zanjirga magnit puflash g’altagini ulaydi. Magnit maydon hosil bo’lib, u yoy toki bilan o’zaro ta’sirlashadi va yoy so’ndiruvchi kamera ichida yoyni 30 m/s tezlikda harakatlantiradi. Kamera yoyga chidamli yuqori issiqlik o’tkazuvchan keramikadan tayyorlangan. Yuqoriga harakatlanganda yoy cho’zilib, kameraning aylanma (labirint) tirqishlariga tushadi. Kameraning devorlariga tegib yoy soviydi va 0,01-0,02 s dan so’ng so’nadi. Elektromagnit uzgichlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: portlash va yong’inga to’la xavfsiz; yoy so’ndiruvchi kontaktlarning eyilishi kichik; tez takrorlanadigan ulash va uzish sharoitida ishlash uchun yaroqli (tok yuklamasini ko’p marta uzishga sinash shuni ko’rsatadiki, 100 A tokni 1000 marta uzgandan so’ng yoy so’ndiruvchi kamera va kontaktlarga deyarli yoyilish izlari sezilmaydi va reviziya hamda remont qilishni talab etmaydi); nisbatan yuqori uzish qobiliyatiga ega.Elektromagnit Uzgichlarning kamchiliklari quyidagilardan iborat: magnitli puflash tizimi bo’lgan yoy so’ndirgich konstruksiyasining murakkabligi; nominal kuchlanishning yuqoriligi chegarasining cheklanganligi (15-20 kV dan ortiq emas); tashqi qurilmalar uchun qo’llanilishi cheklangan. Download 197.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling