Qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana18.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1680553
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
маърузв2





1.2. Elektr texnologiya haqida tushuncha. 
Elektr energiyadan bevosita texnologik jarayonda foydalanishni elektr 
texnologiya deb ataladi. Elektr energiyasi issiqlik, mexanik, kimyoviy va boshqa turlarga 
aylanib o’tadigan qurilmalar, shu bilan birga texnologik jarayon hosil qiladigan 
qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega 
bo’lib, ularning tarkibiga ishchi organ, ya’ni plazmatron, plazmali reaktor, elektron tup, 
yoy va ion agregatlarining, elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik 
ta’minlovchi yoki mikrojarayonli texnika yordamida boshqariluvchan maxsus energiya 
manbalari kiradi. Suv, gaz ta’minlash va vakuum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari 
esa elektr texnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jihoz sifatida kiradi. Elektr 
texnologik qurilma qanday texnologik jarayonni bajarish uchun belgilangan ekanligini 
bilmay, uni talab doirasida montaj qilish, sozlash va ishlatish mumkin emas.
Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy ro’zg’or ehtiyojlari elektr texnologik 
qurilmalar bilan tobora to’yinib bormoqda. Bunday to’yinish faqatgina mazkur 
qurilmalarga bo’lgan ehtiyojning o’sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki 
uglevodorodli yoqilg’i tannarxining ma’lum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza 
qilish bo’yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish 
kabilar bilan ham bog’liqdir. Elektr texnologik jarayonlarni takomillashib 
mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stanstiyalari va 
yuqori quvvatli elektr tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi.
Elektr texnologiyaning tobora takomillashib borishi yuqori birlikga ega bo’lgan, 
katta miqdordagi issiqlikka bardosh beruvchi, kimyoviy reaksiyaning agressiv ta’siriga 
turg’un bo’lgan va kichik issiqlik o’tkazuvchanlikga hamda yuqori darajadagi izolyatsion 
xususiyatga ega bo’lish kabi yangi xossalarga ega bo’lgan yangi materiallar ishlab chiqish 
imkoniyatini beradi. Elektr texnologik jarayonlar yordamida sifatli o’tkazgich va yarim 
o’tkazgichlar uchun materiallar, shuningdek eski texnologiyalar yordamida ilgari olib 
bo’lmagan va ishlab chiqish chiqindilari hamda ishlatib bo’lmaydigan xom ashyolardan 




turli materiallar ishlab chiqish yo’lga qo’yilgan. Ko’plab sanoat tarmoqlari va fanda 
erishilgan yutuqlar elektr texnologik jarayonlar rivojiga ko’ra erishilmoqda. 
Elektr texnologik jarayonlarni takomillashtirib borilishi natijalariga ko’ra eng 
diqqatga sazovor bo’lgan yutuqlar, ayniqsa mikroelektronika sohasida ko’zga tashlanadi. 
Radiotexnik jihozlar, elektron hisoblash mashinalari hamda sanoatdagi boshqariluvchan 
komplekslar tarkibida yuz minglab, ayrim hollarda esa o’nlab million elementlarni 
minglab tutashma bilan birlashtiruvchi tizimlar mavjud.
Agarda mazkur tizimlar bundan 40 - 50 yil muqaddam foydalanilgan eski 
texnologiyalar yordamida yaratilganda edi, bunda yuqoridagi qurilmalar massalari o’nlab 
tonnani, hajmlari o’nlab kub metrni va iste’mol quvvatlari yuzlab kilovattni tashkil qilgan 
bo’lar edi. 
Hozirgi kunda “yuzalarga plazmali ishlov” orqali yuzalarga qoplama yoki qatlam 
berishini joriy etilishi ionli - nurli legirlash, plazmali travlenie, lazerli payvandlash, 
fotolitografiya kabi ishlov berish usullaridan foydalanish, hamda elektr texnologik 
qurilmalar yordamida olingan yangi materiallarni qo’llash oqibatida tarkib jihatidan yangi 
bo’lgan mikroelektron elementlar va jihozlar yaratilmoqda. Elektron mikrosxemalarni 
konstruksiyalash va tayyorlashning yangi va sifatli usullari ishlab chiqildi. Bunda birgina 
texnologik jarayonning o’zida mikronlarda o’lchanuvchan hajmdagi yarim 
o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan kristall yoki dielektr yuzada barcha aktiv, passiv va 
tutashtiruvchi elementlar o’zaro birlashtirilishi amalga oshiriladi. Mikrosxema tarkibiga 
kiruvchi elementlar (tranzistorlar, diodlar, kondensatorlar, rezistorlar va boshqalar) hech 
qanday tashqi tutashmaga ega bo’lmagan holda, mexanik kuchlar va tashqi muhit 
ta’siridan saqlovchi umumiy germetik qoplamaga ega va yuzlab mikroelementlarni 
shunday tartibda o’zida mujassamlashtirgan, yagona korpusga ega bo’lgan mikrosxemalar 
o’z navbatida komplekslar tarkibiga kiradi. Shu sababli mikrokalkulyator va 
mikrotelevizorlar bilan ta’minlangan mini – qo’l soatlari, kichik gabaritli rangli 
televizorlar, katta eslash qobiliyatiga ega va yuqori tezlikda matematik amallarni 
bajaruvchi EXM lar biz uchun oddiy bir qurilmalar va jihozlarday bo’lib qoldi.




Sanoatning samolyotsozlik va avtomobilsozlik sohalarida kontaktli payvandlash 
usulini joriy etilishi, yig’ish ishlarini yuqori darajada mexanizatsiyalashga va oqibatda 
transport vositalarini tezkor usulda tayyorlashga olib keldi.
Yuqori sifatli metallarni olishda elektroshlakli qayta eritish jarayonining tadbiq 
etilishi muhim ahamiyat kasb etgan.
Elektr texnologik jarayonlar, ayniqsa yangi tavsiya etilayotgan elektr texnologik 
jarayonlar juda qisqa muddat ichida laboratoriyalar sinovidan fanga, texnikaning turli 
yo’nalishlariga, uy ro’zg’or va ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Bu ayniqsa elektr 
energiyasiz amalga oshiriluvchan yoki elektr energiyasidan foydalanish cheksiz katta 
foyda keltiruvchi jarayonlarga taaluqlidir. Fizika va elektrotexnikaning rivojlanishi, elektr 
yoki magnit maydonida ishlov berayotgan modda yoki materiallarning shu maydonlar 
ta’siridagi xossalariga asoslangan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tavsiya etish 
imkonini bermoqda. Masalan, dielektrlar polyarizastiyasi, elektromagnit induksiyasi 
qonuniyatlari asosida hozirgi kunda tayanch texnologik jarayonlardan hisoblangan, 
g’ovak va kukun ko’rinishidagi tok o’tkazmaydigan materiallarni yuqori davr tezlikli 
qurilmalarda quritish, induksion usulda materiallarni qizdirish va eritish kabi texnologik 
jarayonlar ishlab chiqilgan va keng ko’lamda qo’llanilmoqda. 


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling