Qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
маърузв2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nurli issiqlik almashuvi usuli
Konveksiya usuli - asosan suyuqlik va gazlarda kuzatiladi. Bunda xajmdagi
moddaning issiqlik energiyasiga ega bo’lgan qismigina harakatda bo’ladi. Modda massasi harakati bilan birga undagi issiqlikni uzatish usuli konvektiv usulidagi issiqlik almashuvi usuli deb ataladi. Nyuton – Rixman qonuniga ko’ra konvektiv issiqlik almashuvi orqali uzatilgan issiqlik energiyasi miqdori: 𝑄 = 𝛼 𝑘𝑜𝑛 (𝑡 𝑑𝑒 − 𝑡 𝑔𝑎𝑧 ) (1.2) bilan aniqlanadi. Bu yerda: 𝛼 𝑘𝑜𝑛 - konvektiv usulida issiqlik uzatish koeffitsienti, 𝑊/𝑚 2 𝐾 4 ; 𝑡 𝑑𝑒 - idish devori harorati, 0 𝐶; 𝑡 𝑔𝑎𝑧 - tashqi muhit harorati; 0 𝐶; F - konvektiv issiqlik almashuvi yuzasi; 𝑚 2 Nurli issiqlik almashuvi usuli - spektrning ko’rinar va ko’rinmas qismlarida elektromagnit to’lqinlar ko’rinishida issiqlik uzatish usulidir. Xar qanday shaffov bo’lmagan qizigan jism shaffof muhitda xar tomonga nur energiyasini yorug’lik tezligi bilan tarqatadi. Va jismlar bilan to’qnashganda bu nur energiyasi issiqlikka aylanadi va ju jismlarni qizdiradi. Nurli issiqlik almashinuvida issiqlik energiyasi nurli energiyaga va so’ngra nurli energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Nurli issiqlik uzatish 0,4 mkm dan 40 mkm gacha bo’lgan to’lkin uzunligida amalga oshiriladi (0.4 mkm dan 0.8 mkm gacha ko’rinar yorug’lik nurlari va 0,8 mkm dan 40 mkm gacha ko’rinmas infraqizil nurlar). Issiqlikni nurli uzatish usuli asosan Stefan - Bolsman qonuniga bo’ysunib, unga ko’ra uzatilgan issiqlik energiyasi miqdori: 𝑄 = 𝐶 𝑆 ( 𝑇 100 ) 4 (1.3) bilan aniqlanadi. Bu yerda: 𝐶 𝑆 - absolyut qora jismning nurlanish koeffitsienti, 𝑊/𝑚 2 𝐾 4 jismning qoralik darajasi (absolyut qora jism uchun 𝐶 𝑆 = 1). 𝑇 - absolyut harorat, 𝐾. Tabiiy holatda issiqlik o’tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish kamdan-kam uchraydi. Ko’p hollarda bitta yoki ikkita issiqlik uzatish usuli bo’lishi mumkin. Misol qilib elektr qarshilik pechlarida issiqlik almashinuvini kuzatamiz. Ishchi kamera devorlarida joylashtirilgan qizdirish elementlari elektr energiyani issiqlik energiyasiga aylantiriladi. Bu energiya qizdirish elementlarni yuzasidan nurlanish va konveksiya bo’lib ajraladi va pech devorlariga, transportirovka vositalariga, buyumlar qo’yiladigan taralarga uzatiladi. Agar pech vakuumli bo’lsa issiqlik uzatilishi faqat nurlanish bilan sodir bo’ladi. Qizdirilayotgan buyumlarda issiqlik yuzalaridan ichiga qarab issiqlik o’tkazuvchanlik bilan o’tadi. Issiqlik isrofi esa quyidagi ketma-ketlikda kuzatiladi; pechlarni ichki devorlaridan tashqi devorlarigacha- issiqlik o’tkazuvchanlik bilan; tashqi devorlaridan tashqi muhitga- konveksiya va nurlanish bilan. Pechlarni ochiq eshikchalaridan tashqariga issiqlik uzatilishi konveksiya va nurlanish bilan sodir bo’ladi. Issiqlik isroflariga sarflanidigan quvvat quyidagi ifodadan aniqlanadi. 𝑃 𝑑𝑒𝑣.𝑖𝑠𝑟𝑜𝑓 = 𝑡 𝑖𝑐ℎ − 𝑡 𝑡𝑎𝑠ℎ 1 (𝛼 𝑖𝑐ℎ 𝐹 𝑖𝑐ℎ ) + 𝑠 (𝜆𝑃 𝑥 ) + 1 (𝛼 𝑡𝑎𝑠ℎ 𝐹 𝑡𝑎𝑠ℎ ) (1.4) Bu yerda 𝑡 𝑖𝑐ℎ − 𝑡 𝑡𝑎𝑠ℎ pechni ichki va tashqi harorati 𝜆 - devorni materialini issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti. 𝐹 𝑖𝑐ℎ -pech devorini hisobiy yuzasi, m 2 𝑠 - devor qalinligi 𝐹 𝑖𝑐ℎ va 𝐹 𝑡𝑎𝑠ℎ pech devorini ichki va tashqi yuzasi 𝛼 𝑖𝑐ℎ 𝛼 𝑡𝑎𝑠ℎ - issiqlik uzatish koeffitsientlari. Quvvat R nur ochiq darchalardan issiqlik sarfiga sarflanayotgan quvvat nurlanish issiqlik almashinuvi formulasi bo’yicha aniqlanadi. 𝑃 𝑛𝑢𝑟 = 𝐶 𝑠 𝜀 𝑑𝑒𝑣𝑜𝑟 𝜓 [( 𝑇 𝑖𝑐ℎ 100 ) 4 ] − [( 𝑇 𝑡𝑎𝑠ℎ 100 ) 4 ] 𝐹 𝑛𝑢𝑟. (1.5) 𝜀 𝑑𝑒𝑣𝑜𝑟 - pechni ichki qismi materialini issiqlik nurlanish koeffitsienti, odatda 0.75-0.85 𝑇 𝑖𝑐ℎ va 𝑇 𝑡𝑎𝑠ℎ - pechni ichidagi va tashqi harorati. 𝐹 𝑛𝑢𝑟 - nurlanish yuzasi 𝜓 - nurlanish oqimini devorlardan soya tushushini hisobga oluvchi koeffitsient 𝑛 𝑛𝑢𝑟 = 𝑊/𝑚 2 𝐾 4 - absolyut qora jismning nurlanish qobiliyati. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling