Qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi


Elektr pechsozlikda ishlatiladigan materiallar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana18.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1680553
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
маърузв2

 
1.9. Elektr pechsozlikda ishlatiladigan materiallar
Elektr pechlarida yuqori haroratli zonalar mavjudligi tufayli ularda odatdagi 
konstrukstion va elektrotexnik materiallar bilan bir qatorda yuqori haroratda ishlay 
oladigan va shuning uchun zarur xossalarga ega bo’lgan spestifik (maxsus) materiallar 
ham qo’llaniladi.
Bu materiallarga quyidagilar kiradi : 
1) Olovbardosh materiallar 
2) Issiqlikdan izolyatsiyalovchi materiallar 
3) Qizitish elementlarining materiallari. 
Olovbardosh materiallar pechlar ish fazosini – kamera yoki vannani qurish 
uchun ishlatiladi. Ular yordamida pech futerovkasining ichki qismi – issiqlikka 
chidamli qatlam hosil qilinadi. 




1.9-rasm:
Olovbardosh 
materiallar 
1.10-rasm:
 Issiqlikdan izolyatsiyalovchi
materiallar 
Olovbardosh materiallarga quyidagi talablar qo’yiladi: 

Olovbardoshlik - deformatsiyalanmasdan va erimasdan yuqori haroratlarga 
chidash layoqati 
𝑡 ≥ 1800 
0
𝐶. 

Mexanik mustahkamlik - issiqlikka chidamli qatlam yuqori haroratlarda ishlov 
beriladigan jism, uning yuklash va transportirovka qilish qurilmalari massasini ko’tara 
olishi kerak. 

Termik barqarorlik – darz ketmasdan haroratning keskin o’zgarishlariga 
chidamlilik. 

Kichik elektr o’tkazuvchanlik – olovbardosh material elektr toki o’tkazuvchi 
qismlarga izolyator, ustun va ajratgich sifatida xizmat qiladi. 

Kichik issiqlik o’tkazuvchanlik – bu ko’rsatkich qancha kichik bo’lsa issiqlik 
sarfi shuncha kam bo’ladi. 

Ximik neytrallik. Olovbardosh materiallar pechda isitiladigan materiallarga
isitkichlarga va ishchi fazoni to’ldirib turgan gazlarga nisbatan neytral bo’lishi kerak.
Olovbardosh materiallar arzon va defistit bo’lmagan xom ashyo materiallaridan 
tayyorlanadi. Olovbardosh materiallarning asosiy komponentlari glinozem (Al
2
O
3
), 
kremnezem (SiO
2
) va magniy oksidi (MgO) hisoblanadi. 




Qarshilik pechlarida olovbardosh materiallar sifatida asosan “Shamot” deb 
nomlangan, (35-45% Al
2
O
3
va qolgan qismi SiO

dan iborat bo’lgan) material
ishlatiladi. Shamotlar ikkita guruhga bo’linadi.
Zich shamotlar (
𝛾 ≥ 1900 − 1800)
𝑘𝑔
𝑚
3
va yengil vaznli shamotlar
(
𝛾 ≥ 1300 − 800)
𝑘𝑔
𝑚
3
.
Yengil vaznli shamotlar kichik mexanik mustahkamligiga ega va ularni 1200 
o
C 
haroratli pechlar uchun qo’llaydilar. 
Yuqori haroratli pechlarda yuqori glinozemli materiallar (alund, korund, 
korraks), stirkoniy ikki oksidi ZrO
2 
, hamda ko’mir va grafit ishlatiladi. 
Eritish pechlarida dinas (SiO

94-97%), magnezit (MgO 95%), xromo 
magnezit, dolomit va shamot ishlatiladi.
Olovbardosh materiallar eritish pechlarining tag qismi va devorlarini qoplash 
uchun kukun ko’rinishida, hamda g’isht va boshqa har-xil chiroyli shakllarda ishlab 
chiqariladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling