Qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi


Elektromexanik qurilmalar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana18.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1680553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
маърузв2

Elektromexanik qurilmalar. Bunday qurilmalarda ishlov berilayotgan 
materiallardan impuls holatidagi tokning oqib o’tishi mexanik kuchlar hosil bo’lishiga 
olib keladi. 




Mazkur qurilmalarning maxsus sinfini ultratovush ta’sirida ishlovchi 
qurilmalar tashkil qilib, ultratovush generatorlaridan berilayotgan yuqori davr 
tezlikdagi mexanik tebranishlar ta’sirida texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.
Elektrokinetik qurilmalar. Ularning ishlash tamoyili elektr maydon 
energiyasini harakatdagi zarrachalar energiyasiga aylantirishga asoslangan. Bunday 
qurilmalar toifasiga elektron - ion texnologiyalarga asoslangan elektr filtrlari, kukunli 
materiallar va emulsiyalarni ajratish qurilmalari, elektr bo’yoqlash va oqava suvlarni 
tozalash qurilmalari kiradi. 
Elektr texnologik qurilmalarni yuqoridagi tartibda guruhlarga bo’lish yuqori 
darajada shartli ravishda amalga oshirilgan, chunki ko’plab texnologik jarayonlar bir 
paytning o’zida bir necha energiya o’zgarishi asosida amalga oshiriladi. Bu esa o’z 
o’rnida elektr texnologik jarayonlarining imkoniyatlarini yanada ko’pligini isbotlaydi.

 
1.5. Elektrotermik jarayonlar va qurilmalar 
Ma’lumki «Elektrotermiya» tushunchasi o’z ichiga sanoatning turli 
sohalaridagi texnologikaviy jarayonlarni oladi. Bularning negizida elektr energiya 
yordami bilan materiallar va buyumlarni qizitishga xizmat qilish yotadi. Qizitish uchun 
elektr energiyani qo’llash qator afzalliklarga ega:
1. Kichik hajmda katta quvvatni jamlash va juda yuqori haroratlarni olish 
imkoniyati;
2. Qizitishning bir tekisda haroratli holatini rostlarini osonlashtirish. 
3. Ish joyining germetizastiyalash va unda qimyoviy atmosferani yoki 
vakuumni yaratish imkoniyati; 
4. Elektrodexnologiya qurilmalarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash 
qulayligi, bu elektr pechlar va elektr qizitish moslamalarini uzluksiz liniyalarga 
ulashga imkon beradi; 




5. Mehnat unumdorligini o’sishi mehnat sharoitlarini yaxshilash va 
jihozlarning zichligini oshirish imkoniyati; 
6. Legirlik elementlarini kuyindiga o’tishning qisman miqdori; 
7. Bevosita qizitilayotgan moddada issiqlik energiyaning ajralib chiqishi.
Termik jarayonlar uch qismdan iborat. 
a) Eritish jarayoni
b) Termik ishlash; 
c) Metallarni bosim bilan ishlashdan oldin qizitish. 
Eritish jarayonining vazifasi metallni quyuq holatidan suyuq agregatli holatiga 
o’tkazish. Metallarni termik ishlash metallarni qizitib ishlash jarayoni, natijada 
ularning tuzilishi va xususiyatlari kerakli yo’nalishda o’zgaradi. 
Har qanday termik ishlash uch ketma-ket operatsiyalardan iborat: 
1. Qizitish; 
2. Chiniqtirish; 
3. Sovitish. 
Quyida (1.3-rasm) termik ishlashning diagrammasi, ya’ni haroratning vaqtga 
bog’liqligi t =ƒ(τ) keltirilgan.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling