Qurish va tarmoq taqdim etadigan xizmat turlari
Download 440.65 Kb. Pdf ko'rish
|
15-MA\'RUZA (1)
Funksionalligi
Talab qilinadigan qiymatlar Ma‟lumotlar uzatish maksimal tezligi (20 MGs polosa kengligida) «Pastga» kanalda: 100 Mbit/sek. dan kam bo„lmasligi; «Yuqoriga» kanalda: 50 Mbit/sek. dan kam bo„lmasligi kerak. Abonentlarning mobillik darajasi 350-500 km/soatiga Abonent uskunasiningfaol rejimga o„tish vaqti (passiv holatidan aktiv holatga o„tish vaqti) 100 ms. dan ko„p emas Javob kechikishi vaqti 10 ms. dan ko„p emas Tarmoq sig„imi Bir sotada abonentlar soni 200tadan kam bo„lmasligikerak (5 MGs polosa uchun) Radioqamrov zonasi (sotaningo„lchami) 5-100 km gacha, (ammo 30 km dan ortiq masofada og„ishlar boshlanishini hisobga olgan xolda) Chastota kanali kengligi (kanalning o„tkazish polosasi) 1,4 МГц; 3 МГц; 5 МГц; 10 МГц; 15 МГц ва 20 МГц. LTE/SAE tizimi arxitekturasi.LTE tarmog„i ikkita asosiy komponentdan: E- UTRAN (Evolved UMTS Terrestrial Radio Access Network) radioulanish tarmog„i va SAE (System Architecture Evolution) tayanch tarmog„idan iborat (19.6-rasm). 19.6-rasm. LTE tarmog„i arxitekturasi: E-UTRAN ulanish tarmog„i va SAE tayanch tarmog„i. E-UTRAN radioulanish tarmog„i texnik spetsifikatsiyalari faqat eNB (evolved Node B) tayanch stansiyalariga mos bo„ladi. eNB tayanch stansiyalari E- UTRAN to„liq aloqa tarmog„ining elementlari hisoblanadi va X2 interfeysi yordamida o„zaro “har biri har biri bilan” prinsipi bo„yicha bog„langan. X2 interfeysi LTE_ACTIVE holatida mobil terminalda xendoverni qo„llab- quvvatlaydi. Har bir tayanch stansiya SAE tayanch tarmog„i bilan paketlar kommutatsiyasi prinsipida qurilgan S1 interfeysiga ega. Ba‟zan EPC (Evolved Packet Core) tarmog„i deb ataluvchi SAE tayanch tarmog„i MME va UPE logik elementlaridan tashkil topgan MME/UPE tugunlaridan iborat. MME (Mobility Management Entity) logik elementi abonent terminalining mobilligini boshqarish masalalarini yechishga javob beradi va E-UTRAN tarmog„i eNB tayanch stansiyalari bilan C-plane (S1 C interfeysi) boshqarish tekisligi protokoli yordamida birga ishlaydi. UPE (User Plane Entity) logik elementi U-plane foydalanuvchi tekisligi protokoli bilan mos foydalanuvchilar ma‟lumotlarini uzatishga javob beradi va S1-U interfeysi orqali eNB bilan birga ishlaydi. Tayanch stansiyalar S1 interfeysi yordamida tarmoq resurslarini birga foydalanish imkoniyatini beruvchi bir necha MME/UPE tugunlari bilan bog„langan. Bunday interfeysga S1-flex deyiladi. Bugungi kunda LTE standartining yanada takomillashtirilgan varianti LTE-Advanced standarti ishlab chiqilgan. LTE- Advanced – 3GPP loyihasining 10-chi versiyasi sifatida paydo bo„lgan mobil aloqa standarti hisoblanadi. Spektrni jamlash imkoniyati LTE-Advanced standartining eng asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. Bu imkoniyat dastlab LTE tizimida masshtablashtirilgan kenglikdagi kanallar yig„indisi shaklida olingan spektrdan foydalanishda qo„shimcha egiluvchanlikni ta‟minlaydi. LTE texnologiyasining rivojlanishi faol davom etmoqda. GSA assotsiatsiyasining hisoblariga ko„ra, 2011 yilda LTE tarmoqlarini joriy etish bo„yicha o„z niyatlarini bildirgan mobil aloqa operatorlarining soni 60ta davlatdagi 184 ta kompaniyani tashkil etdi. GSA hisobotida, shuningdek, LTE tizimlarining dastlabki sinovini o„tkazishga qaror qilgan 20 ta mamlakatdan 54 ta kompaniya–operatorlar ko„rsatilgan bo„lib, ular ham keyinchalik tijorat tarmoqlarini yaratish ehtimolini bildirishgan. Download 440.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling