Quritilgan mevalar va ularning tovar ko‘rsatkichlari reja


Download 0.99 Mb.
bet3/3
Sana19.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1214630
1   2   3
Bog'liq
QURITILGAN MEVALAR VA ULARNING TOVAR KO

Nokni quritish texnologiyasi.

Nok quritish texnologiyasi. Uning ―Konsentrat‖, ―Podarok‖, ―Lyubimitsa Klappa‖, ―Vilyams‖, ―Shtutgarskiy pastushok‖, ―Yubileynaya‖ navlari qoqi qilishga mos. Yuqori sifatli quruq mahsulot olish uchun yaxshi pishgan meva uziladi. Uni quritish usuli olma qoqi qilishdan farq qilmaydi.
Katta-kichikligiga qarab navlarga ajratilgan meva yaxshi yuviladi, so‘ngra yiriklari to‘rtga, maydalari ikki bo‘lakka bo‘linib to‘g‘raladi. Keyin o‘rtasidan uzagi va bandi olingach, 2-3 minut qaynoq suvga pishiladi. Shundan so‘ng toza, oqar suv bilan chayiladi. Har bir kilogramm mevaga 2-3 g hisobida oltingugurt sarflanib, 1,5-2 soat davomida dudlanadi. Dudlangan nok quritish maydonchasida so‘kchaklarga qo‘yiladi va 4-5 kun mobaynida oftobda quritiladi. 2-3 kundan keyin mevalar ag‘darib chiqiladi. Keyin podnoslar soyaga olinib, shtabellarda quritiladi.

Nok 12-18 kun quritiladi. Undan 14-18% qoqi olinadi. Uning nami 24% dan oshmasligi kerak. Yaxshi quritilgan qoqi och-sariq rangga kiradi. Namini baravarlash, qutilarga joylash, saqlab qo‘yish kabi ishlar olma qoqini saqlashdagi usullardan farq qilmaydi.
Quritilgan mahsulotni saqlash. Qurigan mevalarni saqlashda xonadagi havo harorati va nisbiy namligini muntazam ravishda kuzatib turish lozim. Ma’lumki, quritilgan mevalarning sorbsiya xususiyatlari kuchli. Qoqi ѐki mayiz saqlashda namlikning ortishi bir qator salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, mikroorganizmlar tez rivojlanib, mog‘orlaydi va natijada, mahsulot sifati tushib ketadi. Omborxonadagi termometr va psixrometrlar 1,3–1,5 metr balandlikda o‘rnatiladi. Saqlash uchun qulay harorat 100S va nisbiy namlik 65–70 foiz bo‘lgani ma’qul.
Saqlash xonalarining sathi, shift va devorlari quruq, mustahkam bo‘lishi kerak. Xonalarning sanitariya holatini kuzatish, zararkunanda, hasharot, kemiruvchilarga qarshi kurashish uchun yer sathi betonlashtirilgani ma’qul. Harorat bir xil bo‘lishi uchun xonaning shifti issiq o‘tkazmaydigan materiallardan ѐpilishi kerak. Tayѐr quritilgan mahsulotni qabul qilishdan avval xonalar oqlanib quritiladi. Deraza oynalari suvda eritilgan bo‘r bilan oqlanishi va ichkari tomondan diametri 2 mm li temir to‘r bilan berkitilishi kerak. Mahsulotlarni saqlash xonalariga joylashdan oldin sulüfit angidrid ѐki xlorpirin bilan dezinfeksiya qilinadi. Uning uchun 80 g/m3 xlorpirin olinib, xonalar dudlanib chiqiladi va 36 soatga berkitib qo‘yiladi. Oltingugurt ham shunday ishlatiladi. Bu ishlarni mutaxassislar bajari-shi lozim. Zaharli dorilar ishlatish umuman man etiladi.

XULOSA
Meva va sabzavotlarni quritishning ahamiyati juda ham yuqoridir. Birinchidan, meva va sabzavotlarni sifatli quritishni tashkil qilish bilan bog‘dorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish rentabelligini oshirishga, ularning raqobatbardoshligini oshirishga va yanada iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishiga erishiladi. Chunki meva va sabzavotlarni quritishni tashkil qilish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasining eng tannarxi arzon, sodda va hammabop yo‘nalishlaridan biridir. Ikkinchidan, quritilgan mevalar va sabzavotlar ularning yangi holidagiga nisbatan ichki bozorda ham, eksport qilishda ham ancha yuqori narxlarda realizatsiya qilinadi. Uchinchidan, meva- sabzavotlarni quritish bilan ularning saqlanuvchanligini oshirish va mavsumdan tashqari vaqtlarda aholini ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkoniyati yuzaga keladi. To‘rtinchidan, mamlakatimizda ѐzgi davrda ko‘pgina mevalar ko‘plab to‘kilib ketib, nes nobud bo‘ladi (masalan, o‘rik, olxo‘ri va hokazo). Quritishni tashkil qilish esa ushbu mahsulotlarni tezkor quritish hisobiga to‘kilib nobud bo‘lib ketishini oldini olishga imkon beradi. Ko‘rinib turibdiki, meva va sabzavotlarni quritish fermer xo‘jaliklari uchun istiqbolli yo‘nalishdir.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling