Quritish reja : umumiy tushunchalar nam havoning asosiy xossalari nam havoning hol at diagramm asi
Download 1.55 Mb.
|
QURITISH
4. QURITISH JARAYONINING MUVOZANATI
Qattiq material va nam havo o‘zaro ta’sir ettirilganda asosan ikki xil jarayon sodir boMadi: 1) quritish (materiallardan namlikning desorbsiyalanishi, agar Pm>Ph); 2) namlanish (namlikning material tomonidan sorbsiyalanishi, agar Pm Materialning muvozanat namligi WM suv bug‘ining materiai ustidagi parsial bosimiga yoki unga mutanosib boMgan havoning nisbiy namligiga bogMiq va u tajriba yo‘li bilan topiladi. WM = / (cp) ftinksiya o‘zgarmas harorat sharoitida aniqlanadi, shu sababli u izotermani tashkil qiladi. 18.2-rasmdagi 1-egri chiziq nam materialni quritish jarayoni uchun hosil qilingan va u desorbsiyalanish izotermasi deb ataladi. 2-egri chiziq esa quruq materialni namlash uchun hosil qilingan, u sorbsiyalanish izotermasi deyiladi. Sorbsiyalanish izotermasi desorbsiyalanish izotermasining ustida joylashgan bo‘ladi. 1 va 2-egri chiziqlarning bir-biridan farqi gisterezis deb ataladi. Gisterezis hodisasidan shu xulosa kelib chiqadiki, bir xil qiymatga ega boMgan Materiai namligi bilan havoning nisbiy namligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik: 1-desorbsiyalanish izotermasi; 2-sorbsiyalanish izotermasi. muvozanat namlikka erishish uchun havoning nisbiy namligi materialni namlash jarayonida uni quritishdagiga nisbatan katta boMishi zarur. Gisterezisning hosil bo‘lishiga asosiy sabab - quritilgan materialning kapillyarlariga havo kirib, bu havoning kapillyarlar devorlarida sorbsiyalanishidir. Natijada materiai qaytadan namlanganda uning namlik bilan hoMlanish darajasi kamayadi va havoni kapillyarlardan siqib chiqarish uchun suv bug‘ining katta parsial bosimi (yoki katta nisbiy namlik 9) kerak bo‘ladi. Quritish jarayonining mexanizmi ma’lum darajada namlikning materiai bilan bogManish turiga bogiiq. Quritish paytida namlikning materiai bilan bogManishi buziladi. P.A. Rebinder tomonidan namlikning materiai bilan o‘zaro ta’sirining uch xil (kimyoviy, fizik- kimyoviy, fizik-mexanik) turi taklif qilingan. Kimyoviy usulda namlik material bilan bog‘langanda juda mustahkam va ma’lum nisbatlarda birikma hosil boiadi. Bu namlikni materialdan ajratish uchun yuqori haroratlar ta’sirida qizdirish yoki kimyoviy reaksiya yo‘li bilan ta’sir qilish kerak. Quritish jarayonida bunday namlikni materialdan chiqarish mumkin emas. Quritish paytida odatda materialdan fizik-kimyoviy va fizik- mexanik usullar bilan bogiangan namliklar ajratib chiqariladi. Mexanik usul bilan birikkan namlik materialdan juda tez chiqib ketadi. Bunday namlik moddaning kapillyarlarida va uning yuzasida joylashgan bo‘ladi. Mexanik usul bilan birikkan namlik o‘z navbatida ikki xil boiadi: makrokapillyarlarning namligi (kapillyarlarning o‘rtacha radiusi ro r 10'5 sm dan katta); mikrokapillyarlarning namligi (ro-r<10'5 sm). Modda yuzasida joylashgan namlik hoilanish namligi deb yuritiladi. Mexanik birikkan namlik erkin namlik deb ataladi va bunday namlikni materialdan mexanik usul (masalan, siqish) yordamida ajratib chiqarish mumkin. Fizik-kimyoviy yoi bilan birikkan namlik ikki turga (adsorbsion va osmotik birikkan namliklarga) boiinadi. Adsorbsion namlik materialning yuzasida va uning g‘ovaklarida molekulalaming kuch maydoni ta’sirida mustahkam birikkan boiadi. Osmotik birikkan namlik bo’kish namligi deb ham ataladi, bu namlik materiallarning to‘qimalarida osmotik kuchlar ta’sirida bogiangan boiadi. Adsorbsion namlikni materialdan ajratish uchun bo‘kish namligini ajratishga nisbatan bir oz katta energiya talab qilinadi. Kolloid va polimer materiallarda adsorbsion va osmotik usul bilan birikkan namlik mavjud boiadi. Material tarkibida fizik-kimyoviy yoi bilan ushlab turilgan namlikni bogiangan namlik deb yuritiladi. 18.3-rasmda quritish paytidagi material namligining o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Namlik Wi dan Wr gacha o‘zgarganda material o‘zida erkin namlikni tutadi. Bu I davrda material nam holatda boiadi. I davrda materialdan erkin namlik ajratib chiqariladi. Namlik Wr dan WM gacha o‘zgarganda material gigroskopik holatda boiadi. A nuqta gigroskopik nuqta deb ataladi va bu nuqtaga to‘g‘ri kelgan gigroskopik namlik Wr deyiladi. A nuqta (p = 100 % ga to‘g‘ri keladi. II davrda materialdan bogiangan namlik ajratib chiqariladi. Gigroskopik namlik Wr materialdagi erkin va bogiangan namliklar chegarasiga to‘g‘ri keladi. Materialdan erkin namlikni ajratib chiqarish uchun har qanday nisbiy namlikdagi (faqat q><100) havodan foydalanish mumkin. Bogiangan namlikni materialdan chiqarisli uchun kerakli miqdordagi nisbiy namlikka ega boMgan havoni ¡shlatish zarur. Bunda faqat materialning Quritish jarayonida material namligining o‘zgarishi. namligi muvozanat namlik WM dan katta boMishi kerak. Materialning zarur boMgan oxirgi namligiga qarab havoning namligi tanlanadi. 18.3- rasmda materialni quritish mumkin boMgan zona shtrixlab koMsatilgan. Muvozanat namligi egri chizigMning tepasidagi zonada materialni faqat namlash mumkin. bu zonada materialni quritish mumkin emas. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling