Quritish reja : umumiy tushunchalar nam havoning asosiy xossalari nam havoning hol at diagramm asi
Download 1.55 Mb.
|
QURITISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.QURITISH USKUNALARINING TUZILISHI 1.UMUMIY TUSHUNCHALAR
QURITISH Reja : 1.UMUMIY TUSHUNCHALAR 2.NAM HAVONING ASOSIY XOSSALARI 3.NAM HAVONING HOL AT DIAGRAMM ASI 4. QURITISH JARAYONINING MUVOZANATI 5. QURITISHNING TEZLIGI 6.QURITISH USKUNALARINING TUZILISHI 1.UMUMIY TUSHUNCHALAR Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish laiaynni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bugManish yo’li bilan i|>nii(| I'n/a tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga o’tadi. Nam materiallarni «|iu itIhIi jarayonining sanoatda tashk.il etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzoniashadi, illuming tegishli xossalari yaxshilanadi, uskuna va quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi. Materiallarni uch xil usul (mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida) bilan suvsizlantirish mumkin. Mexanik usul bilan suvsizlantirish - tarkibida ko‘p miqdorda suv boMgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda niarkazdan qochma kuch ta’sirida ajratib olinadi. Odatda mexanik yo‘I bilan namlikni ajratish - materiallarni suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so‘ng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yo‘li bilan ajratib chiqariladi. Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o‘ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislotasi, kalsiy xloridi) dan foydalanishiga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam niaterialni joylashtirish yo‘li bilan uni suvsizlantirish mumkin. Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) sanoatning turli sohalarida keng ishlatiladi. Quritish ko‘pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayoni hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat boiib, namlik avvai arzon jarayon hisoblangan mexanik usul bilan. so‘ngra qolgan namlik esa quritish yo‘!i bilan ajratiladi. Bunda jarayonning samaradorligi ortadi. Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yo‘l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Sanoatda materiallarni suvsizlantirish uchun sun’iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritgich uskunalarida olib boriladi. Quritilishi lozim boMgan materiallar uch turga boMinadi: qattiq (donali, bo‘lak-bo‘lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar). Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o‘zaro kontakt qilish usuliga ko‘ra quritish quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) konvektiv quritish - nam material bilan qurituvchi agent to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘zaro aralashadi; 2) kontaktli quritish - issiqlik tashuvchi agent va nam material o‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor boMadi: 3) radiatsiyali quritish - issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi; 4) dielektrik quritish - material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi; 5) sublimatsiyali quritish - material muzlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiriladi. Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb yuritiladi. Neft va gazni qayta ishlash sanoatida nam materiallarni suvsizlantirish uchun ko‘pincha konvektiv va kontaktli quritish usullari ishlatiladi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling