Quritish reja : umumiy tushunchalar nam havoning asosiy xossalari nam havoning hol at diagramm asi
Download 1.55 Mb.
|
QURITISH
2. NAM HAVONING ASOSIY XOSSALARI
Nam havo quruq havo va suv bugMarining aralashmasidan iborat. Quritish jarayonida nam havo namlik va issiqlik tashuvchi agent vazifasini bajaradi. Ayrim sharoitlarda tutunli gazlar yoki ularning havo bilan aralashmasi ishlatiladi, biroq nam havo va tutunli gazlaming fizik xossalari bir-biridan faqat son qiymati bo‘yicha farq qiladi. Nam havoning asosiy xossalari quyidagi tushunchalar bilan belgilanadi: absolyut namlik, nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya. Absolyut namlik. Nam havoning hajm birligiga to‘g‘ri kelgan suv bugMarining miqdori absolyut namlik deb ataladi va psb (kg/rn) bilan belgilanadi. Agar nam havo sovitilib borilsa, ma’lum haroratga yetgach, namlik shudring sifatida ajrala boshlaydi. Namlikning bunday holatda ajralishiga to‘g‘ri kelgan haroratga shudring nuqtasi deb ataladi. Bunday sharoitda havo tarkibida maksimal miqdorda suv bugM boMadi. Havoning to‘yinish paytidagi absolyut nanrligi px (kg/m3) orqali ifodalanadi. Nisbiy namlik. Havo absolyut namligining to‘yinish paytidagi absolyut namlikka nisbati nisbiy namlik deb ataladi. Havoning nisbiy namligi (to‘yinish darajasi) quyidagi ifoda bo'yicha topiladi: (IHI)
^PjL.PjL Pt P, ’ lui voulu, Rsb - tekshirilayotgan nam havodagi suv bugMarining pnrsiul lioülmi, Pa; Rt - berilgan harorat va umumiy barometrik bosimda to'yingan suv bugMarining bosimi, Pa. Nisbiy namlik havoning muhim xossasi hisoblanadi. Havo Inrkibida namlik qancha kam boMsa, bunday havo quritish jarayonida shuncha samarali ishlatiladi. Namlik bilan to'yingan havodan qurituvchi agent sifatida foydalanish mumkin emas. Nisbiy namlikni aniqlash uchun psixrometrdan foydalanildi. Psixrometr ikkita termometrdan iborat boMib, bitta termometrning sharchasi doim hoilab turiladi va u ho‘l termometr deb yuritiladi. Ikkinchisi esa quruq termometr deb ataladi. Quruq va ho‘l termometrlar koMsatishlarining ayirmasi At = tq - th haroratlarning psixrometrik ayirmasi deyiladi. Nisbiy namlik qancha kam boMsa, ho‘l termometr sharchasi yuzasida suvning bugManishi shuncha tez boradi, natijada sharcha tezlik bilan soviydi. Shu sababli havoning nisbiy namligi kamayishi bilan haroratlarning psixrometrik ayirmasi ko'payadi. Bu ayirma At asosida va psixrometrik jadvallar yoki diagrammalar yordamida havoning namligi topiladi. Nam saqlash. 1 kg absolyut quruq havoga to'g'ri kelgan suv bugMarining miqdori havoning nam saqlashi deb yuritiladi. Bu kattalik x (kg/kg) yoki d (g/kg) bilan belgilanadi. Havoning nam saqlashi quyidagi nisbat orqali topiladi: x m lsb Psb_ P« bu yerda, msb - nam havoning berilgan hajmidagi suv bugMari massasi, kg; mkx - nam havoning berilgan hajmidagi absolyut quruq havoning massasi, kg; pkx - absolyut quruq havoning zichligi, kg/m3. Nam havoning entalpiyasi. Nam havoning entalpiyasi I (J/kg quruq havo) quruq havo entalpiyasi bilan shu nam havoda boMgan suv bug‘ining entalpiyasi yig‘indisiga teng: I = Sqht + xi0-b , (18.3) bu yerda, Sqh~ quruq havoning solishtirma issiqlik sigMmi, J/kg-K; t - havo harorati, °S; io b - o‘ta qizdirilgan bug'ning entalpiyasi, J/kg. O'ta qizdirilgan bug'ning entalpiyasi io b (J/kg) termodinamikada quyidagi tenglama orqali topiladi: io-b = r + Cbt, bu yerda, r = 0°C dagi bug‘ning enatalpiyasi; r = 2495-10' J/kg; Cb - bug'ning solishtirma issiqlik sig'imi, Cb = 1,97-103 J/(kg-K). Agar quruq havoning solishtirma issiqlik sigMmini 1000 J/(kg K) ga teng deb olinsa, (16.3) tenglamani quyidagicha yozish mumkin: I = 1000 + x (2493 + 1,97 t) • 103 J/kg quruq havo. (18.5) Demak, nam havoning issiqlik ushlashi (entalpiyasi) nam saqlash x va harorat t ga bog‘liq bo'lib. nam havo tarkibida bo‘lgan quruq havoning 1 kg miqdoriga nisbatan olinadi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling