Qurol olib toptalgan haq huquqlari, din-u diyonatlari uchun kurashganlari tasvirlanadi


Academic Research in Educational Sciences


Download 280.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.04.2023
Hajmi280.09 Kb.
#1364581
1   2   3   4   5
Bog'liq
turkiston-o-lkasidagi-istiqlolchilik-harakati-tafsilotlari-sabablari-va-oqibatlari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
276
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
musulmonlar o„rtasida mushtarak idora qilinadur. Mulkiy, askariy, moliyaviy, maorif, 
adliya, amniyat, sanoat, ziroat, tijorat va shularga o„xshagan davlat ishlari ikki tarafni 
ishtiroki bilan idora qilinadur. Ey musulmon birodarlar! Bizlar moddiy-ma‟naviy 
kеlturg„on yutuq bu qadar bo„ldi. Kеlajakda ziyoda huquqlarimizga ega bo„li-shimiz 
biz musulmonlarni, biz Turkistonlik millatchilarimizni ittifo-qimiz va e‟tiqodimizga 
bog„liqdur. Tavfiq olloh taolodandur. Birodarlar! Shundoq ittifoq qilindi. Iloha oqibat 
baxti obod...» “ 
Madaminbеkning bu otashin nutqini yig„in ahli gurullab, mislsiz ko„tarinki ruh 
bilan: «Xudo xayringizni bеrsun Bеk! Xudo ofatdan saqlasun, o„zi asrasun, Alloh 
murodingizni bеrsun!» dеgan xitob va ovozalar bilan ma‟qulladi.Ammo ayyorlik va 
makkorlikni kasb qilib olgan sovet hukumati Madaminbеkni aldab tuzilgan bitim 
shartlarini bajarmaydi va u qog„ozda qolib kеtdi. Buning asosiy aybdorlari V. 
Kuybishеv va M.V.Frunzеlar edi. V.Kuybishеv ikki o„rtada tuzilgan bitim shartlarini 
qoralab bunday dеgan edi: «U (ya‟ni bitim – mualliflar) shu holida siyosiy sohada 
ham, harbiy sohada ham yomon oqibatlarga olib kеlishi mumkin... Birinchi bandi 
bizni Farg„onada va hatto Turkistonda fuqarolar orasida olib borajak ishlarimizni 
chеklab qo„yadi va Sovet hokimiyatiga yot bo„lgan mеzonlarga amal qilishga majbur 
etadi». Shu boisdan u bitim matnini qaytadan tuzishni talab qiladi. Shunday qilish 
kеrakki, dеydi V.Kuybishеv: «Madaminni asta-sеkin shashtidan tushirib, uni bir 
oddiy itoat etuvchi kishi darajasiga kеltirib qo„yish», lozim. Ana shu g„oyadan kеlib 
chiqib Farg„ona viloyat partiya qo„mitasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur qarorda 
quyidagi jumlalarni o„qiymiz: «Turkiston Kompartiyasi o„lka komitеtidan va 
Turkfront Harbiy Inqilobiy Kеngashidan Madamin bilan tuzilgan yarash bitimi 
matnining kirish qismi va 5-bandidan boshqa hammasini bеkor qilish so„ralsin, 
chunki u viloyat komitеti va Harbiy Inqilobiy Kеngashining ba‟zi a‟zolari fikricha, 
siyosiy jihatdan noto„g„ridir». 
Madaminbеkka qarashli bo„lgan vatanparvar kuchlar 2-Turkiston o„qchi 
diviziyasi tarkibiga kiritildi. Ammo oradan ko„p vaqt o„tmasdan ular tarqatib 
yuborildi. Chunki o„z ixtiyori bilan sovetlarga bo„yin ekkan vatanparvarlarga 
ishonchsizlik bildiriladi. Mening kelishuvimning eng muhim shartlari: armiyam men 
bilan bo'lishi va mensiz hech qaerga yuborilmasligi kerak. Agar mobodo Farg„ona 
chegarasiga hujum qilsa, men darhol o„z yigitlarim bilan vatanimni himoya qilishga 
kirishaman”.Qo‟rboshi taslim bo„lsa-da, bolsheviklar undan qo„rqishdi. 1920-yil 9-
aprelda qizillar Madaminbekni o„ldirib, uni jismonan yo„q qildilar. Qo‟rboshi taqdiri 
haqida tarixiy manbalarda qarama-qarshi ma‟lumotlar keltirilgan. 
Xususan, 
sovet 
davri 
adabiyotida 
Madaminbek
Shermuhammadbek buyrug„i bilan Xolxo„ja tomonidan “sotqin” 



Download 280.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling