Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
O'NINCHI JUZ’ *************************
Download 0.71 Mb.
|
Документ
O'NINCHI JUZ’ *************************Agar Allohga va ajrim kuni* - ikki qo'shin to'qnashgan kuni - bandamiz (Muhammad)ga nozil qilgan narsamiz (oyatlar, farishtalar, g'alaba)ga imon keltirgan bo'lsangiz, bilib qo'yingizki, o'lja qilib olgan narsalaringizning beshdan biri Allohga, Rasulga, qarindosh(lari), yetimlar, miskinlar va musofirlarga (tegishli)dir. Alloh har narsaga qodirdir. Izoh: Ajrim kuni - Badr jangida haq bilan botil ajrim bo'lgan kun. Qaysiki, sizlar (Madina)ga yaqinroq tomonda, ular (mushrik)lar uzoqroq tomonda, otliqlar esa sizlardan pastroqda edilar. Agar (mushriklar bilan) va'dalashganingizda ham (baribir) va'da joyi va vaqtida kelisha olmagan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh (jang sababli) halok bo'lganlar ham hujjat bilan halok bo'lishlari, tirik qolganlar ham hujjat bilan tirik qolishlari uchun bo'ladigan ishni (taqdir)ni tamomiga yetkazish maqsadida (yov bilan tasodifan to'qnashtirib qo'ydi). Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir. Tushingizda Alloh ularni Sizga ozchilik qilib ko'rsatganini eslang! Agar ularni Sizga ko'pchilik qilib ko'rsatganda edi, sizlar sustlashib qolgan va bu ish (jang) to'g'risida nizolashgan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh sizlarni (bundan) salomat qildi. Albatta, U siynalar (dillar)dagi sirlarni biluvchidir. Bo'ladigan ish (taqdir)ni tamomiga yetkazish uchun (yov bilan) to'qnashganingizda, ko'zingizga ularni ozchilik qilib ko'rsatgani va ularning ko'zlariga sizlarni ozchilik qilib ko'rsatganini eslang! (Barcha) ishlar Allohga qaytarilur. Ey, imon keltirganlar! Biror to'daga to'qnash kelsangiz, sabot (va matonat) bilan turingiz va Allohni ko'p yod etingiz, shoyad (shunda) sizga tole yor bo'lsa! Allohga va Rasuliga itoat qilingiz va nizolashmangiz, aks holda sustlashib ketursiz va bo'yingiz (obro'yingiz) ketib qolur. Sabr qilingiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir. O'z yurtlaridan - kibr va riyokorlik bilan chiqqan va Allohning yo'lidan to'sadiganlar kabi bo'lmangiz! Alloh ularning qilayotgan ishlarini qamrab (hisobga) oluvchidir. Izoh: Gap Makka mushriklari ustida borayotir. O'shanda shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatli qilib ko'rsatib: "Bu kun odamlar ichida sizlarga g'olib keladigani yo'q. Mana, men yoningizdadirman!" - dedi. Ikki to'p (lashkarlar) to'qnashganda esa (shayton) ortiga chekinib: "Men sizlardan bezorman. Men sizlar ko'rmagan narsani ko'rayapman. Men Allohdan qo'rqaman. Alloh jazosi qattiq (zot)dir", - dedi. Izoh: Shaytonning ko'rgan narsasi - osmondan tushayotgan farishtalar edi. Ular musulmon lashkarlari ichiga kirib, yov bilan urushib, g'alabaga sabab bo'ldilar. Munofiqlar va dillarida "illat" bor kimsalar: "Ana u (musulmon)larni (o'z) dinlari mag'rurlantirib qo'yibdi", - deb yurganlarini eslang!* Kimki Allohga tavakkul etsa (U inobatga oladi), albatta, Alloh qudratli va hikmatli (zot)dir. Izoh: Musulmonlar ozchilik bo'lishlariga qaramay ko'psonli yov qo'shini bilan to'qnashishga qaror qilganlarida, ba'zi munofiq va dili buzuqlar mazkur ta'na so'zlarni aytgan edilar. Farishtalar kofir bo'lganlarning yuzlari va ketlariga urib jonlarini olayotganlarini ko'rganingizda edi. (Farishtalar o'sha paytda aytadilar:) "Yong'in (do'zax) azobini totingiz!" Bu - o'z qo'llaringiz bilan qilgan qilmishlaringiz tufaylidir. Alloh esa bandalarga zulm etuvchi emasdir. (Ularning bu hollari) Fir'avn zodagonlari va ulardan oldingilarning qilmishlari kabidir. (Ular) Allohning oyatlarini inkor qilishgach, Alloh ularni gunohlari sababli tutgan edi. Albatta, Alloh quvvatli va jazosi qattiq (zot)dir. Bu (jazolarning sababi) Allohning bir qavmga in'om etgan ne'matini, to ular o'zlaridagi narsani (yomon holatga) o'zgartirmagunlaricha, o'zgartiruvchi bo'lmaganidandir. Shuningdek, yana Allohning eshituvchi va biluvchi ekanidandir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling