Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Foydalanilgan adabiyotlar“Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta'vil” nomli tafsir. Mufassir: Abul-barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy al-Hanafiy (vafoti 701h. ). Stambul nashri. 1324 h. “Bahrul-ulum” tafsiri. Mufassir: Abul-lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy (vafoti 375 h. ). Bayrut nashri. 1993 y. “Anvorut-tanzil va asrorut ta'vil” tafsiri. Mufassir: Qoziy Nosiruddin Abu Said Abdulloh ibn Umar alBayzoviy ash-Shofeiy (vafoti 685 h. ). Stanbul nashri. 1324 h. “Lubobut-ta'vil fi maonit-tanzil” tafsiri. Mufassir: Alouddin Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim al-Bag'dodiy asSufiy ash-Shofeiy (Xozin). Vafoti 735 h. Stanbul nashri. 1324 h. “Jomeul-bayon an ta'vili oyil-Qur'on” nomli tafsir. Mufassir: Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (vafoti 310 h. ). Bayrut nashri. 1988 y. “Tafsirul-Qur'onil-azim”. Mufassir: Abul-fido al-Hofiz Ibn Kasir ad-Dimashqiy (vafoti 774 h. ). Bayrut nashri. 1988 y. “Imlou mo manna bihir-Rahmon” tafsiri. Mufassir: Muhibbuddin Abul-baqo al-Ukbariy az-zarir al-hanbaliy (538-616h. ). Misr nashri. 1306 h. “Azvoul-bayon fi izohil-Qur'on bil-Qur'on” tafsiri. Mufassir: Muhammad Amin ibn Muhammad Muxtor alJakaniy ash-Shanqitiy (vafoti 1393 h. ). Qohira nashri. 1988 y. “As'ila val-ajviba” kitobi. Muallif: Muhammad ibn Abi Bakr ibn Abdulqodir ar-Roziy, “Muxtorus-sihoh” muallifi. “Sahihul-Buxoriy” – Kitobut-tafsir. “Al-hidoya” kitobi. Muallif: Burhonuddin Abul Hasan Ali ibn Abi Bakr ibn Abdiljalil ar-Roshidoniy al- Marg'inoniy (tavalludi 1123m. vafoti 1197mG'593 h. ) “Ta'vilotu Ahlis-Sunna” qo'l yozma kitobi. Muallif: Abu Mansur Moturidiy (vafoti 333 h. G' 944 m. ) “Mabohis fi ulumil-Qur'on”. Muallif: Mannoul Qatton. Bayrut nashri, 1980y. “Kitobut-Tibyon fi odobi hamalatil-Qur'on”. Muallif: Muhyiddin Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy (vafoti 676 h. ). Qohira nashri. 1307 h. “Kanzul-ibod” sharhi. Matn muallifi: Shihobuddin as-Suhravardiy ash-shofiiy (tavalludi 587 hG' 1191m. ) Shorih: Ali ibn Ahmad al-G'uriy al-hanafiy. “Maal-Qur'onil-karim”. Muallif: Shayx Jodul-haq Ali Jodul-haq (Shayxul Azhar). Qohira nashri. 1991 y. FOTIHA SURASI Bu sura Qur'on nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan bo'lsada, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri - "Sab'ul-masoniy", ya'ni "ikki bor nozil qilingan yetti oyat" demakdir. Suraning o'nga yaqin nomlari bo'lib, ulardan eng mashhuri "Fotiha", ya'ni, "ochuvchi" - suralarning joylashishi bo'yicha avvalida qo'yilgani uchun unga shu nom berilgan. "Al-Hamdu" so'zi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda o'zida mujassam etgani uchun "Ummul-Qur'on", ya'ni "Qur'onning onasi" nomi berilgan. Mazkur yetti oyatni sharhlab ba'zi mufassirlar bir necha jildlik asar yozib qoldirganlar. "Bismillohir Rahmonir Rahim" oyati "Fotiha" surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qo'shib qo'yilganmi degan masalada mujtahidlarning ba'zilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qur'ondagi 113 ta sura boshlanishidagi hamma "Bismilloh"lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi - fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. "Bismilloh" oyati faqat bir joyda - Naml surasining 30oyatida kelgan, deb ta'kidlaydilar. Abu Hanifa (Imom A'zam) ham shu fikrda bo'lganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga mansub xattot va noshirlar tomonidan ko'chirilgan va chop etilgan Qur'on nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan nusxalarda "Fotiha" surasining boshida kelgan "Bismilloh"ga raqam qo'yilmaydi. Arab dunyosida chiqadigan Qur'onlarda esa unga birinchi raqam, "Fotiha" surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qo'yadilar. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling