Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet5/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Samoviy noz-ne'matlar deb tarjima qilingan bu so'zning arabchasi Qur'onda "mann" lafzi bilan keltiriladi. Ruscha "manna", ya'ni un.

  1. Biz sizlarga: "Ushbu qishloqqa (Qudsga) kiringizlar va unda xohlagan joylaringizda lazzatlanib, yebichingizlar. Darvozadan sajda qilgan holingizda kirib, (Allohga) "afv et" denglar, (shunda) Biz xatolaringizni kechiramiz va ezgulik qiluvchilarga (ajru savobni ham) ziyoda qilurmiz", - deganimizni eslangiz.


  1. Shunda zolim kimsalar ularga aytilgan so'zni boshqa so'zga almashtirdilar. Bas, qilgan bu buzg'unchiliklari tufayli Biz zulm qilganlar ustiga osmondan jazo tushirdik.

Izoh: Ularga "hitta" so'zini aytish buyurilganda, ular "hinta" deb masxara qilishgan. Ya'ni, kechirim so'rangiz deyilsa, ular bug'doy ber deb, Allohning buyrug'iga muxolif ish qilishgan.

  1. Eslang (ey, Isroil avlodi,) Muso o'z qavmi uchun suv so'raganida, "Asoingni toshga ur" dedik. Bas, undan (toshdan) o'n ikki chashma otilib chiqdi. (O'n ikki urug'dan) har bir guruh o'z suvini bilib (taqsimlab) oldi. "Allohning rizqidan yeb-ichingizlar, Yer yuzida buzg'unchilik qilmangizlar".


  1. Yana eslang, "Ey, Muso, biz bir (xil) taom (yeyish)ga sabr qila olmayapmiz. Rabbingdan duo qilib so'ra, bizga Yer (o'zidan) undirib chiqaradigan bodring, sarimsoq, mosh-loviya, piyoz kabi sabzavotlardan yetishtirib bersin", - deganingizda, u: "Yaxshi narsani past narsaga almashtirmoqchimisizlar, (biror) shaharga tushingiz ,(u yerda) sizlar uchun so'ragan narsangiz bor", - degan edi. Ularga (bu noshukrliklari tufayli) xorlik va miskinlik bitib qo'yildi hamda Allohning g'azabiga uchradilar. Bunga ularning Alloh oyatlarini inkor qilganlari va payg'mbarlarni nohaq qatl etganlari sabab bo'ldi. Yana boshqa sababi esa ularning itoatsizliklari va tajovuzkorliklaridir.


  1. Albatta, mo'minlar, yahudiylar, nasroniylar va sobiiylardan kimki (avvalgi aqidasidan qat'iy nazar) Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa hamda solih amallarni qilsa, ularga Rabbilaridan ajr bordir, ularga xavf yo'qdir va ular tashvish ham chekmaslar.

Izoh: Sobiiylar - yahudiy va nasroniy dinlaridan voz kechib, farishtalarga sig'inuvchi toifa kishilari. Ba'zi olimlar ularni yulduzlarga sig'inuvchilar deb yozadilar.

  1. Eslang, (ey, Isroil avlodi,) Biz ahdu paymoningizni olgan edik va tepangizda Tur ("Muso tog'i" deb ataluvchi Misr hududidagi Qizil dengizga tutash tog')ni ko'tarib turib: Sizga keltirgan narsamiz (Tavrot)ni mahkam tuting va undagi narsani zikr eting - shoyad (shunda) taqvoli bo'lsangiz", - degan edik.

Izoh: Misrning Sinay yarim orolidagi Qizil dengizga tutash tog'.

  1. Keyin, o'shandan so'ng (vafosidan) yuz o'girdingiz. Agarda sizlarga Allohning fazli va rahmati bo'lmaganida edi, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolar edingiz.

  2. Shanba (kuni)da sizlardan tajovuz qilganlarni bildingiz. Biz ularga: "qadrsiz maymunlarga aylaningiz", - dedik.

Izoh: Isroil avlodining bir toifasiga Alloh tomonidan sinov uchun shanba kuni baliq ovi bilan shug'ullanmaslik, balki faqat ibodat bilan mashg'ul bo'lishlik buyurilgan edi. Shanba kuni ular yashaydigan Ayla degan qishloq yonidagi dengizning maxsus ov joyiga baliqlar ko'pkeladigan bo'ladi. Ular hiyla ishlatib, shanba kuni baliq tutmasalar-da, bir necha hovuz kovlab, suv keladigan ariqlarni ochib qo'yadilar. Baliqlar shanba kuni oqib kelib hovuzlarga tushib qoladi. Yakshanba kuni bemalol ularni oladilar. Bu hiyla Allohga xush kelmaydi.

  1. Biz buni ulardan oldingi va keyingi davr uchun (ibratli) jazo, taqvoli kishilar uchun esa nasihat (manbai) qildik.


  1. Eslang, Muso o'z qavmiga: "Alloh sizlarga (bir) sigir so'yishlikni buyurdi", - deganida, ular: "Bizni istehzoga tutyapsanmi?"- dedilar. (Muso) dedi: "Johillardan bo'lib qolishimdan meni Alloh asrasin".

Izoh: Sigir qissasi shunday bo'lgan: Muso alayhissalom zamonida bir boy kishi bo'lib, uning yagona qashshoq amakivachchasidan boshqa merosxo'ri bo'lmaydi. Uning o'limini poylab yurib, oxiri toqati toq bo'ladi va boyni o'ldirib, murdani qo'shni qishloqqa eltib tashlaydi. O'zi esa bir necha begunoh odamlarga tuhmat qilib, go'yo boyni o'shalar o'ldirgan, deb da'vo bilan Muso (a. s)ga arz qiladi. U zot Allohdan muammoni hal qilishda yordam so'raydilar. Alloh taolo ularga bir sigirni so'yib, uning bir bo'lagini olib, boyning murdasini u bilan ursalar, u tirilib, o'z qotilini aytib beradi, deb buyuradi.

  1. Ular dedilar: "Rabbingdan duo qilib so'ra, u (sigir) nimaligini bayon qilsin". (Muso) dedi: "(U) aytmoqdaki, u qari ham, yosh ham bo'lmagan o'rta yosh sigirdir. Bas, sizlarga buyurilgan narsa (ish)ni qilinglar!"


  1. Ular dedilar: "Rabbingdan duo qilib so'ra, uning rangini bayon qilsin". (Muso) dedi: "U aytmoqdaki, u yarqiroq, sariq rangli sigir bo'lib, ko'rganlarni shod etur".


  1. Ular dedilar: "Rabbingdan duo qilib so'ra, uning qanaqaligini bayon qilsin, zero, bizga sigirlar birbiriga o'xshash tuyuldi. Xudo xohlasa biz, albatta, to'g'ri yo'lni topuvchilarmiz".


  1. (Muso) aytdi: "U aytmoqdaki, u shunday sigirki, yer haydashga ham, ekinlarni sug'orishga ham o'rgatilmagan bo'lib, nuqsonsiz, unda (sarg'ish rangidan boshqa) rang yo'q". Ular: "Endi haqiqatni keltirding", - deb uni (o'sha sifatlarga ega sigirni zo'rg'a topib) so'ydilar, vaholanki, (bu ishni) qila olmasliklariga sal qolgan edi.


  1. Eslang, bir insonni o'ldirib qo'yib, shu (mojaro) sababli janjallashib qolgan edingizlar, holbuki, Alloh sizlar yashirgan narsalarni (sirlarni yuzaga) chiqaruvchidir.


  1. Dedik: "Uni (o'ldirilgan odamni) uning (so'yilgan sigirning) bir bo'lagi bilan uringlar". Alloh o'liklarni (xuddi) shu kabi (osongina) tiriltiradi va aql ishlatishlaringiz (fikr yuritishlaringiz) uchun sizlarga o'z alomatlarini ko'rsatadi.


  1. So'ngra, shundan (mo''jizalarni ko'rgandan) keyin ham dillaringiz qotdi. Bas, ular tosh kabidir, balki undan ham qattiqroqdir. Zero, shunday tosh ham borki, undan daryolar otilib chiqadi, yana shundayi ham borki, yorilib undan suv chiqadi va yana shundayi ham borki, Allohdan qo'rqib (joyidan) qulaydi. Alloh sizlarning kirdikorlaringizdan g'ofil emasdir.


  1. Ular (Isroil avlodi)ning sizlarga ishonishidan umid qilasizlarmi (ey, musulmonlar?!) Vaholanki, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshitib, anglab olganlaridan so'ng, bila turib, uni o'zgartirar edilar.


  1. Ular imonli kishilar bilan uchrashganlarida: "Imon keltirdik", - deb, o'zlari xoli qolganlarida esa (bir-birlariga): "Rabbingiz huzurida Siz bilan bahslashishlari uchun ular (musulmonlar)ga Alloh sizlarga ochgan (Tavrotda bildirgan) narsa (Muhammad haqidagi bashorat) to'g'risida gapiryapsizlarmi? Aqlni ishlatmaysizlarmi?!" - deyishar edi.


  1. Alloh ularning yashirgan va oshkora qilgan narsalarini bilib turuvchi ekanini bilmaydilarmi?!


  1. Ularning ichida yozuvni bilmaydigan, faqat xayolot gumonsirabgina yuradigan omiylari ham bor, albatta.


  1. Ammo, o'z qo'llari bilan kitobni yozib, so'ngra uni arzimagan bahoga sotish uchun: "Bu kitob Alloh huzuridandir", - deydigan kimsalarning holiga voy! Bas, o'z qo'llari bilan yozganlari ham, topgan (foyda)lari ham o'zlariga falokat bo'lur.


  1. Ular (yahudiylar) deydilar: "Bizlarga do'zax o'ti sanoqli (oz) kunlardagina tegar". (Ularga) ayting: "Alloh huzurida (shunga) ahd qabul qilganmisizki, Alloh ahdiga xilof qilmasa yoki Alloh nomidan bilmagan narsalaringizni gapirmoqdamisiz?!"


  1. Yo'q, aslo! Kimki yomonlik kasb etsa va o'z gunohlariga botsa, bas, ana o'shalar do'zax ahlidirlar va ular u yerda abadiy qoluvchilardir.


  1. Imon keltirib, solih amallarni qilganlar esa, aynan ular jannat ahlidirlar va ular u yerda abadiy qoluvchilardir.


  1. Eslang, Isroil avlodidan: "Faqat Allohgagina sig'inasizlar, ota-ona, qarindosh, yetim va miskinlarga yaxshilik qilasizlar, odamlarga shirinso'z bo'ling, namozni mukammal ado eting, zakot bering", - deb ahd olgan edik. Keyin (siz, Isroil avlodi,) ozchilik qismingizdan boshqangiz (ushbu ahddan) yuz o'girdingiz.


  1. Eslang, sizlardan "Bir-biringizning qoningizni to'kmaysiz, o'zlaringizni (hech kimni) yurtingizdan badarg'a qilmaysiz", - degan ahdingizni olgan edik. So'ngra o'zlaringiz guvohlik berib, uni e'tirof ham etgan edingiz.


  1. So'ngra sizlar yana o'sha, bir-birlaringizni o'ldirayapsiz, bir qismingizni yurtlaridan chiqarib yuborayapsiz, ularga qarshi gunoh va zulm ila hamkorlik qilmoqdasiz. Sizga (ularning dushmanlariga qarashli) asirlar kelsa, tovon bilan qutqarib yubormoqdasiz, vaholanki, ularni chiqarib yuborish sizlarga taqiqlangan edi. Yoki kitob (Tavrot)ning bir qismiga ishonib, bir qismini inkor etasizmi? Sizlardan kim shunday qilsa, uning jazosi shu dunyoda sharmanda bo'lish, qiyomat kunida esa qattiq azobga giriftor qilinishdir. Alloh (bu) qilmishlaringizdan g'ofil emasdir.


  1. Ular, haqiqatan, oxirat o'rniga (foniy) dunyo hayotini sotib olgan kimsalardir. Shunday ekan, ularga beriladigan azob-uqubatlar yengillashtirilmaydi va ularga yordam ham berilmaydi.


  1. Haqiqatan, Biz Musoga kitob (Tavrot)ni berib, uning ortidan (bir necha) payg'mbarlar yubordik. Iso ibn Maryamga ham hujjatlarni berdik va uni Ruhul-qudus (Jabroil) bilan quvvatladik. Har gal biror payg'mbar sizlarga yoqmaydigan narsa (oyatlar)ni keltirsa, kibr qilib, bir qismini yolg'onchiga chiqarib, bir qismini qatl qilaverasizmi?!


  1. "Dillarimiz (Islom uchun) berk", - deydilar. Yo'q, balki kufrlari sababli ularni Alloh la'natlagan. Binobarin, ularning ozchilik qismigina imon keltiradilar.


  1. Qachonki, ularga Alloh huzuridan o'zlaridagi narsa (Tavrot)ni tasdiq etuvchi Kitob (Qur'on) kelganida, ilgari kofirlarga qarshi (xuddi) shu kitob (vositasi) bilan yordam so'rab yurar edilar - o'zlariga tanish zot (Muhammad) kelganda, (uni inkor etib) kofir bo'ldilar. Kofirlarga Allohning la'nati bo'lsin!


  1. Alloh o'z bandalaridan xohlaganiga fazli (vahiysi)dan yuborishiga hasad qilib, Alloh nozil qilgan narsa (Qur'on)ni inkor etdilar. O'zlarini sotgan bu narsalari na qadar yomon?! Bas, g'azab ustiga g'azab bilan qaytdilar. Kofirlarga xor etuvchi azob muqarrardir.


  1. Ularga: "Alloh nozil qilgan narsaga imon keltiringlar", - deyilsa, "Biz o'zimizga nozil qilingan narsaga imon keltiramiz", - deydilar va keyin kelgan, ulardagi narsa (Tavrot)ni tasdiq etadigan Haq

(Qur'on)ni inkor etadilar. Ularga ayting (ey, Muhammad): "Agar mo'min bo'lsangizlar, nega oldindan
Allohning payg'mbarlarini o'ldirar edingiz?"
Izoh: Ya'ni ota-bobolaringiz nega payg'mbarlarni o'ldirganlar? Bular qotillik qilmagan bo'lsalarda, otabobolarining e'tiqodida turganliklari va ularning qilmishlariga rozi ekanliklari tufayli jinoyatlariga ham qisman sherikdirlar.

  1. Muso sizlarga hujjatlar (oyatlar va mo''jizalar)ni keltirganidan keyin (ham) zolim bo'lib (kufrga botib) buzoqqa sig'indingiz.


  1. Eslang (ey, Isroil avlodi,) Biz (o'shanda) ahdu paymoningizni olgach, tepangizda Tur (tog'i)ni ko'tarib (turib): "Keltirgan narsamiz (Tavrot oyatlari)ni mahkam tuting va eshiting", - deganimizda, "eshitdik va (lekin) bo'ysunmadik", - dedilar. Kufrlari tufayli dillari buzoqqa (sig'inish havasi bilan) sug'orilgan edi. Ayting: "Agar mo'min bo'lsangizlar, imoningiz sizlarni buncha ham yomon narsaga buyuradi?!"


  1. Ayting (ey, Muhammad): "Agar Alloh huzurida oxirat diyori (jannat) odamlarga emas, faqat sizlarga xos bo'lsa va (bu da'volaringizda) rostgo'y bo'lsangizlar, (tezroq) o'lishni orzu qilinglar!"


  1. O'z qo'llari taqdim etgan narsa (gunoh) sababli ular uni (o'limni) sira orzu qila olmaydilar. Alloh zolimlarni (yaxshi) biluvchidir.


  1. Ularni odamlardan va mushriklardan ham hayotga (yashashga) hirs qo'yganroq holda topasiz. Ba'zilari ming yil umr ko'rishni xohlaydi. Vaholanki, umrining uzunligi uni azobdan uzoqlashtiruvchi emas. Alloh (esa) ularning qilmishlarini ko'rib turuvchidir.


  1. Ayting (ey, Muhammad): "Kim Jabroilga dushman bo'lsa, axir, u uni (Qur'onni) qalbingizga Allohning izni bilan o'zidan avvalgi (ilohiy kitoblar)ni tasdiq etadigan, mo'minlarga hidoyat va xushxabar holida nozil qildi-ku!

Izoh: Yahudiylar Jabroil (a. s.)ni o'zlariga dushman deb bilishar edi. Zero, u Muhammad (a. s.)ga keltirgan vahiylarida, ularning sir-asrorlarini fosh qilar, ulara yoqmaydigan ahkomlarni keltirar edi. Ularning bu ulug' farishtani yoqtirmasligiga boshqa sabablar ham bor.

  1. Kim Allohga, Uning farishtalariga, payg'mbarlariga, Jabroil va Mekoilga dushman bo'lsa, (bilib qo'ysinki,) Alloh ham (unday) kofirlarga dushmandir".


  1. Haqiqatan, Biz Sizga aniq oyatlarni nozil qildik. Ularni faqat fosiqlargina inkor eturlar.


  1. Har gal biror ahd-paymon qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi? Aslida ularning aksariyati imon keltirmaslar.


  1. Alloh tomonidan ulardagi narsani tasdiq etuvchi Payg'mbar (Muhammad) kelishi bilan, kitob (Tavrot) berilganlardan bir guruhi Allohning kitobi (Qur'on)ni xuddi bilmagandek ortlariga uloqtirdilar.


  1. (Ular), yana Sulaymon podshohligidagi shaytonlar (jinlar) o'qigan narsalarga ergashib ketdilar. Sulaymon kofir emas edi, lekin odamlarga sehr (jodu)ni hamda Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarni o'rgatadigan shaytonlar kofir edilar. (Ikki farishta): "biz faqatgina sinov (vositasimiz, bizga ishonib) kofir bo'lib qolma", - deb (ogohlantirmaguncha) hech kimga (sehrni) o'rgatmas edilar. Ikkisidan er-xotinning o'rtasini buzadigan narsani o'rganar edilar. Lekin, ular Allohning iznisiz u bilan hech kimga zarar yetkaza olmaslar. (Xullas,) o'zlariga foydasiz, balki zararli narsalarni ta'lim olar edilar. (Allohning kitobini sehrga) almashganlarga oxiratda nasiba yo'qligini ham yaxshi bilar edilar. O'z (nasiba)larini qanchalik yomon narsaga sotib yuborganlarini bilsalar edi!


  1. Qani endi ular imonga kelib, taqvo yo'lini tutganlarida, Alloh tarafidan beriladigan savob yaxshiroq bo'lishini bilsalar edi!


  1. Ey, mo'minlar, "Roino" demay, "Unzurno" deb aytingizlar, hamda (Muhammad so'zini) tinglangizlar. Kofirlarga esa alamli azob bordir.

Izoh: Rasululloh mo'minlarga va'z-nasihat qilganlarida: "Roino", - deb iltimos qilar edilar. Ya'ni, "Bizning holatimizni rioya qiling, shariat ahkomlarini osonlashtirib tushuntiring", - degan ma'noda murojaat qilib turar edilar. Yahudiylar tilida "Roino" so'zi so'kishganda ishlatiladigan so'z bo'lib, tasodifan bir xil talaffuz hosil bo'lganidan foydalanib, ular ham masxara qilish niyati bilan Rasululloh gapirganlarida shu so'zni aytib turadigan bo'ldilar. Shuning uchun Alloh taolo bu so'z o'rniga "unzurno", ya'ni, "Holimizga boqing!" - degan ma'nodagi so'zni aytishga buyurdi.

  1. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar)ning kofirlari va mushriklar sizlarga Rabbingiz tarafidan biror yaxshilik (vahiy) tushishini aslo yoqtirmaydilar. Alloh esa rahmatiga O'zi xohlagan (kishi)ni xos etadi. Alloh buyuk fazl sohibidir.


  1. (Ey, Muhammad,) biror oyatni bekor qilsak yoki yodingizdan chiqartirsak, undan yaxshirog'ini (ummatingizga munosibrog'ini) yoki o'shaning (aynan) o'ziga teng (boshqa oyat)ni keltiraveramiz. Allohning har narsaga qodir ekanini bilmadingizmi?!

Izoh: Haqiqatan, Qur'on oyatlari tahlil qilinsa, juda ko'poyatlar mazmuni boshqa yerdagi ba'zi oyatlar mazmuniga qarama-qarshidek tuyuladi. Aslida esa, Alloh taolo o'z bandalarining hol-ahvollari,
dunyoqarashlari, imkon va ehtiyojlarini bilgani uchun vaqti-vaqti bilan o'z hukm va buyruqlarini o'zgartirib turgan. Masalan, Odam Ato zamonida erkaklar o'z opasi yoki singlisiga uylanishi mumkin edi. Keyin bu man etildi. Nuh (a. s.)ga barcha hayvonot go'shti halol qilingan edi. Muso (a. s.)dan boshlab ba'zi hayvonlar go'shti harom qilindi. Aroq ham birdaniga harom qilinmadi. Uch bosqich bilan, ya'ni, musulmonlarni sekin-asta ko'niktirish yo'li bilan man etildi.

  1. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga xos ekani va sizlar uchun Allohdan boshqa biror do'st yoki yordamchi yo'q ekanini bilmas edingizmi?!


  1. Yoki (ey, mo'minlar,) ilgari Musodan so'ralganidek, payg'mbaringizdan ham so'rashni xohlaysizmi? Kim imonni kufrga almashtirsa, to'g'ri yo'ldan adashishi muqarrardir.


  1. Ahli kitoblarning ko'pchiligi, imon keltirganingizdan keyin va ularga haqiqat ravshan bo'lgandan so'ng ham hasad yuzasidan sizlarni (yana) kufrga qaytarishni istaydilar. Bas, Alloh O'z amrini keltirguncha ularni afv etib, (xatolaridan) o'ting. Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.


  1. Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz! O'zingiz uchun nimaiki yaxshilik qilgan bo'lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.


  1. Ular: "Jannatga faqat yahudiy yoki nasroniy bo'lganlar kiradi", - dedilar. Bu ularning orzulari.

Ayting (ularga): "Agar rostgo'y bo'lsangiz, dalilingizni keltiring!"

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling