Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet8/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Harom qilingan narsalarni zarurat taqozosi bilan jonni saqlab qolgudek miqdorda iste'mol qilishga shariat ruxsat beradi.

  1. Alloh nozil qilgan Kitob (Tavrot)dagi narsani (Muhammad vasfini) sir tutadigan va uni ozgina bahoga sotadiganlar, albatta, o'z qorinlariga olov yegan bo'lurlar. Alloh qiyomat kunida ular bilan so'zlashmaydi va ularni (gunohlaridan) poklamaydi. Ularga alamli azob (berilur).


  1. Hidoyat o'rniga zalolatni, mag'firat o'rniga azobni sotib olgan kimsalar ana o'shalardir. Bas, do'zax (azobi)ga buncha ham "toqatli" bo'lmasalar!

Izoh: Bu ibora ularga istehzo shaklida aytilmoqda. Zero, do'zax azobiga toqat qila oladigan jonzot bo'lishi mumkin emas. Zalolat bilan azobni ixtiyor etganlar oxirat azobini o'ylab qo'ysinlar, deb tanbeh berilmoqda.

  1. Bu (jazo) - Alloh Kitob (Tavrot)ni haqiqatan nozil qilgani va bu Kitob xususida ixtilof qiluvchilar (haqiqatdan) juda ham uzoqda bo'lganlari uchundir.


  1. Yuzlaringizni Mashriq va Mag'rib tomonlariga burib, (ibodat qilishingizning o'zi to'la) yaxshilik emas, balki Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, payg'ambarlarga imon keltirgan, o'zi yaxshi ko'rgan molidan qarindoshlariga, yetimlarga, miskinlarga, yo'lovchiga, tilanchilarga va qullarni ozod qilish yo'lida beradigan, namozni to'kis ado etib, zakotni to'lab yuradigan kishi va kelishilgan ahdlariga vafo qiluvchilar, shuningdek, og'ir-yengil kunlarda va jang paytida sabr qiluvchilar yaxshi kishilardir. Aynan o'shalar (imonlarida) sodiqdirlar va aynan o'shalar taqvodordirlar.


  1. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga o'ldirilgan kishilar uchun qasos olish farz qilindi: ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan. Birodari tomonidan avf etilsa (xun to'lashga rozi bo'linsa), u holda yaxshilik bilan bo'yin sunish va xunini yaxshilab to'lash (zarurdir). Bu (hukm) Rabbingiz tomonidan yengillik va marhamatdir. Bas, kimki shundan keyin ham haddidan oshsa, unga alamli azob (berilur).

Izoh: Ya'ni shu yengillik va ilohiy marhamatlardan keyin ham, qotildan, boshqalardan o'ch olsa yoki xun olgandan keyin ham qasos olsa, oxirat azobiga mahkumdir.

  1. Sizlar uchun qasosda hayot bor, ey, aql egalari! (Bu bilan) shoyad (jinoyatlardan) saqlansangizlar.

Izoh: Qasos shariat ko'rsatmalariga muvofiq ravishda ijro etilsa, ko'pchilikning qoni nohaq to'kilishdan saqlanib qolishi nazarda tutilmoqda. Zero, qasos adolatga asoslanadi. Aks holda, bir inson qoni evaziga ikki tomondan ham begunoh odamlar qurbon bo'lib ketishi mumkin.

  1. Qaysi biringizga o'lim hozir bo'lsa (yaqinlashsa) va (o'zidan keyin) biror yaxshilik (boylik) qoldirayotgan bo'lsa, ota-ona va qarindoshlariga ma'lum miqdorda vasiyat qilishlik bitildi (farz qilindi). Bu taqvoli kishilar zimmasidagi burchdir.

Izoh: Bu oyatdagi vasiyat qilishning farzligi meros oyati nozil bo'lgach, bekor qilingan.

  1. Kimki uni (vasiyatni) eshitganidan keyin o'zgartirsa, gunohi faqat o'zgartirganlarga bo'lur. Albatta, Alloh eshituvchi va dono zotdir.


  1. Ammo, kimki vasiyat qiluvchi tomonidan biror xatolik yoki gunoh sodir bo'lishidan qo'rqib, (vasiyatni o'zgartirib bo'lsa ham) oralarini isloh qilib qo'ysa, unga gunoh yo'q. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahmlidir.


  1. Ey, imon keltirganlar, taqvoli bo'lishlaringiz uchun sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro'za tutish farz qilindi,


  1. sanoqli kunlarda. Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo'lsa, sanog'i boshqa kunlardandir. Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir. Kimki ixtiyoriy ravishda ziyoda xayr qilsa (lozim bo'lganidan ortiq fidya bersa), o'ziga yaxshi. Agar bilsangiz, ro'za tutishingiz (fidya berib tutmaganingizdan) yaxshiroqdir.

Izoh: Sanoqli kunlar - bu Ramazon oyi kunlaridir. Sanoqli so'zi oz miqdorga, sanoqsiz so'zi esa ko'pga nisbatan ishlatiladi. Ramazonning 30 kuni qolgan o'n bir oyga nisbatan ozligi uchun sanoqli kunlar deb ifoda etilgan. Izoh (a): Ro'za tutish yoki tutmasdan fidyasini to'lash ixtiyoriy bo'lgan. Lekin bu hukm ham keyinroq boshqa oyat nozil bo'lishi bilan bekor qilingan. Ya'ni, Ramazon oyida hozir bo'lgan uzrsiz kishiga ro'za tutish farzi aynga aylangan. Uzrli holatlar bundan mustasno.

  1. Ramazon oyi - odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin. Kimki bemor yoki safarda bo'lsa, (tuta olmagan kunlar) sanog'i boshqa kunlardandir. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og'irlikni xohlamaydi. Bu - hisobni to'ldirishingiz hamda hidoyatga boshlagani uchun Allohga takbir (hamdu sano) aytishlaringiz va shukr qilishlaringiz uchundir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling