Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet7/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   184
Bog'liq
Документ

IKKINCHI JUZ'


***************************

  1. Odamlarning nodonlari: "Ular (musulmonlar) ilgari yuzlangan qiblalaridan voz kechishlariga bois nima ekan?" deyishadi. Ayting: "Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. U o'zi xohlagan kishilarni to'g'ri yo'lga boshlaydi".

Izoh: Musulmonlarning qiblasi hijratgacha Baytul-Maqdis edi. Qibla Makka shahridagi Ka'ba tomonga o'zgargandan keyin yahudiylar, mushriklar va munofiqlar ta'na toshini otdilar. Buning javobiga Alloh taolo hamma tomon O'zining qo'lida, qiblani o'zgartirgan bo'lsa, bu Uning ishi deb bilish zarurligini bayon qilmoqda.

  1. Shuningdek, sizlarni (musulmonlarni boshqa) odamlarga (ummatlarga) guvoh bo'lishingiz va

Payg'mbarning sizlarga guvoh bo'lishi uchun o'rta ummat qilib qo'ydik. Siz ilgari qaragan qiblani Biz faqat orqaga qaytib ketayotganlar ichida kim payg'mbarga ergashar ekan, deb qildik (qayta tikladik). Albatta, bu (o'z qiblasini o'zgartirish) Alloh hidoyat etgan kishilardan o'zgalar uchun og'ir ishdir. Alloh imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o'qigan oldingi namozlaringiz ajrini) zoye ketkizmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir.
Izoh: O'rta ummat - ummatlarning yaxshisi demakdir. Zero, "Har bir narsada o'rta hollik yaxshidir" degan hikmatli so'zga hech kim e'tiroz bildirgan emas. Yana bir ma'nosi - qiblalaringni Yer kurrasining o'rta qismida qilganimdek, o'zlaringni ham o'rtahol ummat qildim. Ya'ni, yahudiylardek Maryamni zinokorga ham chiqarmaydigan, nasroniylardek Isoni Allohning o'g'li deb ilohiylashtirmaydigan o'rta, adolat maqomida bo'lursizlar. Yana boshqacha ta'villar ham bor. Boshqa odamlarga, ya'ni ummatlarga guvoh bo'lishingiz, degan oyatning ta'vili shukim, qiyomat kuni boshqa payg'mbarlarning ummatlari o'z payg'mbarlarini tan olmasdan: "Bizga Allohni tanitmagan, buyruqlarini yetkazmagan", - deb da'vo qilar ekanlar. Shunda Alloh taolo Muhammad (a. s.) ummatidan so'raganda: "Biz guvohlik berurmizki, o'tgan hamma payg'mbarlar Allohning buyruqlarini o'z ummatlariga mukammal yetkazganlar", - der ekanlar. "Sizlar buni qayerdan bilursizlar?" - deyilganda, ular: "Bizga Payg'mbarimiz Muhammad (a. s.) Qur'on orqali yetkazganlar" - deb Rasulullohni guvoh qilib ko'rsatar ekanlar. Oyat mazmuni shu ta'vilni taqozo etadi.
Izoh(a): Alloh taoloning qiblani o'zgartirishi sabablaridan biri - chin mo'minlarni sinash ekanligi bayon qilinmoqda. Zero, shu voqeadan keyin ko'p munofiqlar asl qiyofalarini ko'rsatib, dindan qaytib ketdilar. Payg'mbarga ergashib, uning yuzlangan qiblasiga hech ikkilanmay o'girilganlarning chin musulmon ekanligi ayon bo'ldi. Qiblani qayta tikladik, deb izoh berilishining boisi, Payg'mbarimiz Muhammad (a. s.) Makkada dastlab Ka'baga qarab namoz o'qir edilar. Madinaga hijrat qilgan birinchi kunlarida Baytul-Maqdis tomoniga qarab o'qishga buyurildilar. Bundan yahudiylar mamnun bo'lib yurdilar. So'ngra qibla yana Ka'baga ko'chirildi. Bu Allohning irodasi bilan bo'lgach, haqiqiy mo'minlar e'tirof etdilar, munofiqlar esa fosh qilindilar.

  1. Goho yuzingizni (vahiy kutib) osmon bo'ylab o'girib turishingizni ko'rayapmiz. (Xotirjam bo'ling,) Sizni o'zingiz rozi bo'ladigan qibla (Ka'ba)ga (yuz) o'girtiramiz. Yuzingizni Masjidi Harom (Ka'ba) tomonga buring! (Ey, mo'minlar, sizlar ham) qayerda bo'lsangizlar, yuzlaringizni o'sha tarafga buringiz! Ahli kitoblar bu - Parvardigorlaridan (kelgan) haqiqat (ilohiy farmon) ekanini yaxshi biladilar. Alloh ularning qilmishlaridan g'ofil emasdir.


  1. Qasamki, agar Siz ahli kitoblarga har qanday hujjat keltirsangiz ham, ular qiblangizga

ergashmaydilar. Siz ham ularning qiblalariga ergashuvchi emassiz. Ular (yahudiylar va nasroniylar) birbirlarining qiblalariga tobe emaslar. Bordiyu, Sizga kelgan ilm (vahiy)dan keyin ham ularning xohishlariga ergashib ketsangiz, u holda, albatta, Siz zolimlardandirsiz.

  1. Biz kitob bergan o'sha (zolim) kimsalar uni (Muhammadni) xuddi o'z farzandlarini tanigandek taniydilar va ulardan bir guruhi bila turib, (kitoblaridagi) haqiqatni sir tutadilar.


  1. Haqiqat bu - Rabbingizdan (bo'lganidir). Bas, (Siz) shubhalanuvchilardan bo'lmang!


  1. Har bir (dindor) uchun o'zi yuzlanadigan tarafi (qiblasi) bor. Bas, xayrli ishlarda o'zib ketingiz!

Qayerda bo'lmangiz, Alloh hammangizni (mahshargohga) keltiradi. Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.

  1. Qaysi joydan (safarga) chiqsangiz ham, (namozda) yuzingizni Masjidi Harom (Ka'ba tomon)ga o'giring! Ushbu (buyruq) Parvardigoringiz tomonidan (aytilgan) haqiqatdir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emasdir.


  1. Qaysi joydan (yo'lga) chiqsangiz, yuzingizni (namozda) Masjidi Harom tomonga o'giring! (Ey, mo'minlar) qayerda bo'lsangizlar, yuzlaringizni o'sha (Ka'ba) tomonga o'giringizlar! Toki g'arazli odamlarda sizlarga qarshi hujjat bo'lmasin. Magar, ular ichida zolimlari (ham) borki, sizlar ulardan qo'rqmangiz, balki Mendan qo'rqingiz. Bu sizlarga ne'matlarimni (yanada) mukammal qilib berishim va hidoyat yo'lini topib olishlaring uchundir.


  1. Shuningdek, sizlarga o'zingizdan bo'lmish bir payg'ambar yubordikki, u sizlarga oyatlarimizni o'qib beradi, sizlarni (shirk va gunohlardan) poklaydi, sizlarga Kitob (Qur'on) va Hikmat (Hadis)ni ta'lim beradi va bilmaganlaringizni bildiradi.


  1. Bas, Meni yod etingiz, Men ham sizlarni yod eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrchilik qilmangiz!


  1. Ey, imon keltirganlar! sabr va namoz (o'qish) bilan (Mendan) yordam so'rangizlar! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.


  1. Alloh yo'lida qatl etiladigan (shahid)lar haqida: "(Ular) o'likdirlar", - demangiz! Yo'q, (ular) tirikdirlar, lekin sizlar (buni) sezmaysizlar.


  1. Sizlarni biroz xavf, ochlik bilan, molu jon va mevalar (hosili)ni kamaytirish yo'li bilan sinagaymiz.

(Shunday holatlarda) sabr qiluvchilarga xushxabar bering (ey, Muhammad)!

  1. Ularga musibat yetganda: "Albatta, biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz", - deydilar.


  1. Aynan o'shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (mag'firat) va rahmat bordir va aynan ular, hidoyat topuvchilardir.


  1. Albatta, Safo va Marva (tepaliklari) Allohning shiorlaridandir. * Bas, kim haj yoki umra qilganida u ikkisini tavof etsa, unga gunoh yo'qdir. O'z ixtiyori bilan biror xayrli ish (nafl haj yoki umra) qilsa, albatta, Alloh shukrni qabul etuvchi va dono zotdir.

Izoh: Safo bilan Marva tepaliklari qadimdan tavof qilinar edi. Lekin bu tavof johiliyat aqidasiga muvofiq ravishda shirk aralash ado qilinar edi. Islom dini bo'yicha musulmonlar haj paytida bu ikki tepalik o'rtasida yurib sa'y qilishga buyurilganda, ular gunohkor bo'lib qolmasmikanmiz, deb, ikkilanib turganlarida, shu oyat nozil bo'lib, Islom shariati bo'yicha sa'y qilish joriy qilindi.

  1. Biz nozil qilgan oyatlar va hidoyatdan iborat narsalarni (Muhammadning haq payg'ambar ekanini) odamlarga Kitob (Tavrot)da aniq qilib berganimizdan keyin (uni) sir tutganlarni, shubhasiz, Alloh la'natlagay va ularni la'natlovchilar (farishtalar va mo'minlar) ham la'natlagaylar.


  1. Illo, qaysilari tavba qilib, xatolarini tuzatib, (haqiqatni) bayon qilsalar, ularning tavbalarini qabul eturman. Men - tavbalarni qabul etuvchi, rahmli zotdirman.


  1. Kufrda bo'lib, kofirlik holida o'lib ketganlarga barchaning - Allohning, farishtalar va odamlarning la'natlari bo'lgay.


  1. U yerda (do'zaxda) abadiy qolurlar, azoblari yengillashtirilmas va (jazo ham) kechiktirilmas


  1. Ilohingiz yagona ilohdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) mehribon va rahmlidir


  1. Albatta, osmonlar va Yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, odamlar uchun foydali narsalar ortilgan kemalarning dengizda suzishida, Alloh osmondan tushirib, u sababli "o'lik" yerni tiriltirgan suvda, turli jonzotlarni unda (yerda) tarqatib qo'yishida, shamollarni (turli tomonga) yo'naltirishida va osmon bilan Yer orasidagi itoatli bulutda aqlni ishlatadigan kishilar uchun alomatlar (Allohning qudratiga dalillar) bordir.


  1. Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular Allohdan o'zga (soxta ma'buda)larni Unga teng bilib, Allohni sevgandek ularni sevadilar. Imon keltirganlarning Allohga bo'lgan muhabbatlari esa (ularnikidan) kuchliroqdir. Zolimlar (qiyomatda) azobni ko'rganlarida butun kuch-qudrat Allohga xos ekanini va Allohning azobi (o'ta) qattiqligini bilsalar edi!


  1. (Qiyomat kuni) azobni ko'rib peshvolar o'z ergashuvchilaridan tonadilar va (ularni birlashtirib turuvchi) aloqalar uziladi.


  1. Ergashganlar: "Qani edi bir bor (dunyoga) qaytish mumkin bo'lsa-yu, ular bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonsak",- deydilar. Shunday qilib, Alloh taolo ularning qilmishlarini o'zlariga hasrat qilib ko'rsatadi. Ular do'zaxdan chiquvchi emaslar.


  1. Ey, odamlar, yerdagi halol-pok narsalardan yenglar va shaytonning izlaridan ergashmanglar! Albatta, u sizlarning aniq dushmaningizdir.


  1. U sizlarni faqatgina yomonlik va buzuqlikka va Alloh sha'niga bilmagan narsalaringizni gapirishga buyuradi.


  1. Ularga (mushriklarga): "Alloh nozil etgan (oyatlar)ga ergashinglar!" - deyilsa, ular: "Yo'q, biz otabobolarimizni ne uzra topgan bo'lsak, o'shanga ergashamiz", - deydilar. Ota-bobolari garchi hech narsaga aqllari yetmaydigan va to'g'ri yo'ldan yurmaydigan bo'lsalar-chi?!


  1. (Haqiqatan ham) kufr yo'lidagi kimsalar (vahiydan ta'sirlanmaslikda) xuddi hayvonlarga qichqirayotgan kishining ovozidan va hayqirig'idan o'zga narsani eshitmayotgani kabidir. (Ular) kar, soqov va ko'rdirlarki, (gapni) anglamaydilar.

Izoh: Hayvonlarga har qancha gapirilsa ham faqat ovozdan boshqa narsani anglamaganlari kabi betavfiq kishilar ham foydali gaplarni tinglab, anglash o'rniga nochorlikdan eshitib qo'ya qoladilar.

  1. Ey, imon keltirganlar, Allohgagina ibodat qiluvchi bo'lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yenglar va Unga shukr qilingizlar!


  1. U sizlarga o'limtik, qon, cho'chqa go'shti va Allohdan o'zgaga atab so'yilgan narsalarni (qat'iy) harom qildi. Ammo, zulmkor va tajovuzkor bo'lmasdan, zaruratan (tanglik yuzasidan) iste'mol qilsa, uning gunohi yo'qdir. Darhaqiqat, Alloh kechirimli va rahmlidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling