Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet15/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu yerdagi buyruq qat'iy emas, balki mandub - ixtiyoriydir. Oldi-sottini guvohlar huzurida qilishlik har ehtimolga qarshi tavsiya etiladi.

  1. Agar safarda bo'lib, kotib topa olmasangiz, (qarz evaziga) naqd garov (berilsin!) Agar birbiringizga omonat qo'ysangiz, omonat qo'yilgan kishi omonatni qaytarsin va Rabbi - Allohdan qo'rqsin! Guvohlikni yashirmangiz! Kim uni yashirsa, bas, uning qalbi osiy (gunohkor)dir. Alloh qilayotgan ishlaringizni yaxshi bilib turuvchidir.


  1. Osmonlaru Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Ichingizdagi narsani oshkora qilsangiz yoki yashirsangiz ham, Alloh sizlarni u bilan hisob-kitob qilur. So'ng O'zi xohlagan kishini mag'firat qilib, O'zi xohlagan kishini azoblar. Alloh hamma narsaga qodirdir.


  1. Payg'ambar (Muhammad) o'ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va mo'minlar ham. (Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg'ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi. "Eshitdik va itoat etdik. Ey, Rabbimiz, mag'firatingni (so'raymiz). Sengagina qaytish (bor)", - dedilar.


  1. Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi. Uning kasb etgani (yaxshiligi) - o'ziga, va orttirgani (yomon amali) ham o'zigadir. (Yana dedilarki:) "Ey, Rabbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, bizni koyima! Ey, Rabbimiz, bizdan ilgari o'tganlarning zimmasiga ortgan mashaqqatni bizning zimmamizga ortma! Ey, Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab tashlama! Bizlarni afv et va kechir hamda bizlarga rahm qil! Sen bizning xojamizsan. Bas, bizlarga kofirlar qavmi ustidan g'oliblik ato et!"

OLI IMRON SURASI
Imron-Maryamning otasi. Oli Imron-Imron oilasi demakdir. Bu surada Badr va Uhud janglari, Iso (a. s.) qissalari, Allohga shirk keltirishning eng qattiq gunoh ekanligi, shariat ahkomlari va boshqa ko'p ma'lumotlar bayon qilingan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman):

  1. Alif, Lom, Mim.


  1. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. U tirik va abadiy turuvchidir.


  1. (U) Sizga (ey, Muhammad,) Kitob (Qur'on)ni haqiqatan o'zidan oldingi (ilohiy kitoblar)ni tasdiqlovchi holida nozil qildi. Tavrot va Injilni oldin nozil qilishi esa,


  1. odamlarga hidoyat (manbai) bo'lishi uchun edi. (Endi esa) haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi (Qur'on)ni nozil qildi. Shubhasiz, Allohning oyatlarini inkor etuvchilarga shiddatli azob bordir. Alloh qudrat va intiqom sohibidir.


  1. Darhaqiqat, na Yerda va na osmonda biror narsa Allohga maxfiy (noma'lum) emasdir.


  1. U sizlarga bachadonlarda bo'lgan paytingizda xohlagan shaklni beradigan zotdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. U qudratli va hikmatlidir.


  1. U Sizga Kitob (Qur'on)ni nozil qilgan zotdir. Unda shu Kitobning "onasi" sanalmish (ma'nosi) aniq oyatlar va (shu bilan birga) boshqa mutashobih (ma'nosi O'zidan o'zgaga noma'lum) oyatlar ham bor. Ammo, dillarida og'ish bor kimsalar odamlarni fitnaga solish va o'z talqiniga muvofiq ma'nolar berish uchun uning (Qur'onning) mutashobih oyatlariga ergashadilar. Holbuki, unday oyatlar ta'vili (asl ma'nosi)ni faqat Allohning O'zigina bilur. Ilmda mustahkam (haqqoniy olim)lar esa deydilar: "Unga imon keltirdik. Hamma (oyatlari) Rabbimiz huzuridandir". (Bundan) faqat aql egalarigina eslatma olurlar.

Izoh:Darhaqiqat, Qur'oni karimda ma'nosi aniq va ravshan oyatlar bilan bir qatorda ba'zan "mutashobih" - ishtibohli oyatlar, ya'ni, zohiriy va lug'aviy ma'nosini aytish mumkin bo'lmaydigan murakkab oyatlar ham mavjud. Masalan, Toho surasining 5-oyatida: "Rahmon bo'lmish zot Arsh uzra mustaviy bo'ldi", -deyiladi. Bu yerdagi "mustaviy bo'ldi" iborasini tik bo'ldi, to'g'ri bo'ldi, o'rnashdi, egalladi kabi mazmunda tarjima qilish mumkin bo'lsa-da, bulardan qaysi biri to'g'ri ekani yoki boshqa ma'nosi borligini faqat Allohning o'zi biladi. Bu kabi oyatlarni faqat ularga imon keltirib, Allohdan ekanligini tasdiqlab qo'yish uchun nozil qilgan. Ularni tub mohiyatiga yetib borib, hayotga tatbiq etishga buyurilmaydi.

  1. "Ey, Rabbimiz, bizni hidoyat yo'liga solganingdan keyin dillarimizni (to'g'ri yo'ldan) og'dirma va bizga huzuringdan rahmat ato et! Albatta, Sen (barcha ne'matlarni) ato etuvchidirsan.


  1. Ey, Rabbimiz, albatta, Sen odamlarni beshak (keladigan) Kun (qiyomat)ga yig'uvchidirsan. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmagay".


  1. Kofir bo'lganlarning mol-mulklari ham, farzandlari ham ularni aslo Alloh (azobi)dan qutqara olmaslar. Do'zaxning yonilg'isi o'shalardir.


  1. (Ularning holi) xuddi Fir'avn zodagonlari va ulardan oldin o'tgan (kofir)lar holi kabidir: ular oyatlarimizni yolg'onga chiqarishgach, Alloh ularni gunohlari (kufrlari) tufayli jazolagan edi. Alloh jazosi shiddatli zotdir.


  1. Kofir bo'lganlarga ayting: "Sizlar (bu dunyoda) mag'lub bo'lursizlar va (oxiratda) jahannamga jam qilinursizlar. Naqadar yomon joy u!"


  1. Sizlar uchun (ey, Makka mushriklari,) ikki to'qnashgan guruh (voqeasi)da ibrat bor. Qaysiki, ulardan biri Alloh yo'lida jang qiluvchi, ikkinchisi esa kofir edi. Ular (mushriklar) ko'ziga ular (musulmonlar) ikki barobar ko'p bo'lib ko'rindi. Alloh xohlagan kishilarni O'z yordami bilan qo'llabquvvatlaydi. Albatta, bunda ko'z egalari uchun ibrat bordir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling