Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet12/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu yerda nikohdan murod hanafiy mazhabi bo'yicha nikohdan keyin jinsiy yaqinlik, shofiiy mazhabida esa nikohning o'zi kifoya.

  1. Xotinlarni taloq qilganlaringizda (idda) muddatiga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolingiz yoki yaxshilik bilan javoblarini beringiz. Ularga zulm qilib, zararlantirish niyatida ushlab turmang! Kim shunday qilsa, demak, o'ziga zulm qilibdi. Allohning oyatlarini hazil bilmangiz! Allohning sizlarga bergan ne'matini va sizlarga nasihat sifatida nozil qilgan Kitob va hikmatni yodingizda tutingiz, Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, albatta, Alloh hamma narsani biluvchidir.

Izoh: Bu yerdagi hikmatdan murod Rasulullohning sunnat (hadis)laridir.

  1. Xotinlarni taloq qilganlaringizda (idda) muddatiga yetgan bo'lsalar, (ey, ota-ona va qarindoshlari), ular o'zaro yaxshilikcha kelishib olgan bo'lsalar, erlariga (qayta) nikohlanishlarida ularga tazyiq o'tkazmangizlar! Sizlardan kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo'lsa, (bu gaplar Unga) nasihat sifatida aytiladi. Bu (hukm) sizlar uchun eng beg'ubor va pok (hukm)dir. Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar.


  1. Onalar bolalarini to'la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni kamoliga yetkazishni istovchilar uchundir. Ularni (onalarni) me'yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir. Hech kimga toqatidan ortiq (mas'uliyat) yuklanmaydi. Bolalari tufayli ota ham, ona ham zarar ko'rmasin! Merosxo'rning zimmasida ham xuddi shunday (mas'uliyat) bor. * Agar ota-ona o'zaro kelishib, maslahat bilan (bolani sutdan) ajratmoqchi bo'lsalar, gunohkor bo'lmaydilar. Agar bolalaringizni (begona ayolga) emizdirmoqchi bo'lsangiz, haqqini me'yorida to'lab tursangiz, gunohkor bo'lmaysiz. Allohdan qo'rqingiz va bilingizkim, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.

Izoh: Ya'ni, mahram sanalmish merosxo'rlar zimmasiga marhumning yetim bolalari va xotinlarining ham nafaqasi tushadi.

  1. Sizlardan vafot etib xotinlarini (beva) qoldirgan bo'lsalar, (ular) to'rt oyu o'n kun o'zlarini kuzatib (idda saqlab) o'tiradilar. (Idda) muddatlarini o'tab bo'lsalar, ular o'z (turmushlari) xususida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizlar uchun (ey, mayyit egalari) gunoh yo'qdir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.

Izoh: Ya'ni, shariat hududidan chiqmagan holda sovchilarga yoki kuyovlikka nomzod erkaklarga ko'rinishi, ularni surishtirish kabi ishlarga qo'l urish mumkin.

  1. Bu kabi (tul) xotinlarga sovchilikni ishora qilishingizda yoki (aytmay) ichingizda pinhon saqlashingizda sizlar uchun gunoh yo'q. Alloh, u (xotin)larga (sovchilik haqida) gapirishingizni bildi. Lekin, ular bilan xufyona va'dalashmangiz! Faqat (ularga) yaxshi gap gapirishingiz (mumkin). To bitik (idda) o'z muddatiga yetmaguncha, nikoh bog'lashga azmu qaror qilmang va bilingizki, albatta, Alloh ichlaringizdagi narsani biladi. Bas, Undan ehtiyot bo'ling va yana bilib qo'yingizki, albatta, Alloh kechirimli va halimdir.


  1. Agar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib, taloq qilsangiz sizlar uchun gunoh yo'qdir. Lekin, ularni moddiy jihatdan ta'minlang; boy ham, kambag'al ham o'z hollariga qarab (ta'minlasin). Ezgulik qiluvchilar zimmasidagi burch (shudir).


  1. Agar ularga mahrni belgilab, ammo qovushmay turib taloq qilgan bo'lsalaringiz, belgilangan mahrning yarmi (zimmangizdadir). Magar ular (shu yarmidan ham) kechib yuborsa yoki nikoh o'z ixtiyorida bo'lgan zot (ya'ni, er o'ziga qaytib beriladigan yarim mahrdan) voz kechsa (mahrni mukammal to'lasa, joizdir). Kechib yuborishingiz taqvoga yaqinroqdir. O'zaro bir-biringizga fazl (muruvvat) qilishni unutmangiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.


  1. (Barcha) namozlarni, xususan o'rta namozni saqlanglar (o'z vaqtida o'qinglar) va (namozda) Allohga bo'yin sunib (kamtarlik bilan) turinglar!

Izoh: O'rta hamoz qaysiligi to'g'risida turli rivoyatlar mavjud. Uning asr namozi ekaniga dalillar ko'proq. Hanafiy mazhabida ham u asr namozi deb xulosa qilingan.

  1. Agar (dushman hujumidan) xavfda bo'lsangiz, bas, piyoda yoki ulovda (namoz o'qiyveringiz). Bexavotir bo'lganingizda, bilmaganlaringizni sizlarga qanday o'rgatgan bo'lsa, xuddi shundek Allohni zikr etingiz (namozda).


  1. Sizlardan vafot etib xotinlarni qoldirganlar xotinlariga bir yilgacha (erining uyidan) chiqarilmay ta'minlanadigan miqdordagi narsani vasiyat qilsinlar. Agar ular (xotinlar) o'zlari (ixtiyoriy ravishda) chiqib ketib, o'zlariga tegishli (ziynat, pardoz va sovchilarga ko'rinish kabi) yaxshi ishlarni qilishsa, sizlarga gunoh yo'qdir. Alloh qudrat va hikmat egasidir.


  1. Taloq qilingan ayollarni me'yorida ta'minlash taqvodor (er)larning zimmalariga vojibdir.

Izoh: Nafaqa ayolning iddasi chiqqunga qadar to'lanadi.

  1. Shu tariqa Alloh sizlarga o'z oyatlarini bayon etadi, shoyad aqlni ishlatsangizlar.


  1. Ko'rmadingizmi (ey, Muhammad), o'lishdan qo'rqib, o'z yurtlaridan chiqib ketgan minglab kishilarga Alloh: "O'linglar!" - dedi. So'ng (yana) ularni tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlarga fazlu karamlidir. Lekin, ko'p odamlar (bunga) shukr qilmaydilar.

Izoh: O'limdan qo'rqib, deganda jangdagi yoki vabo kasalligidan o'lish xavfidan qochish deb tafsir qilinadi. Bu Allohning ibratomuz ishlaridandir. Ya'ni, qochish bilan o'limdan qutulishning iloji yo'qdir. Bu qadimgi ummatlar qilmishidan ibratlanish uchun aytilgan qissadir.

  1. Alloh yo'lida jang qilingiz va bilingizki, albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.


  1. Allohga chiroyli qarz beradigan (Uning yo'lida o'z boyligidan sarflaydigan) kishi bormiki, unga bir necha barobar ko'p qilib qaytarsa? Holbuki, (rizqni) tang va keng qiladigan Allohning o'zidir va Unga qaytarilajaksizlar.


  1. Musodan keyin Isroil avlodining zodagonlarini ko'rmadingizmi?! Ular o'zlarining payg'ambariga: "Bizga bir podshoh yuborgin, (biz u bilan) birga Alloh yo'lida jang qilaylik",- deyishdi. "Balkim sizlarga urush farz qilinsa, urushmassiz", - dedi (payg'ambar). Ular: "Yurtimizdan va farzandlarimizdan judo qilinib turibmiz-ku, nega Alloh yo'lida urushmas ekanmiz?" - dedilar. Urush farz qilinganda esa, ozgina kishidan tashqarilari bosh tortdilar. Alloh zolimlarni yaxshi biluvchidir.

Izoh: Payg'ambarlarining kimligi to'g'risida turlicha tafsir qilinadi. Ba'zi mufassirlar Sham'un desalar, boshqalari Ashmavil deydilar.

  1. Ularga payg'ambarlari: "Alloh sizlarga Tolutni podshoh etib yubordi", - desa, ular: "Unga ustimizdan qanday ham podshohlik bo'lsin, axir hukmronlikka biz undan haqliroqmiz-ku, (bundan tashqari) unga mol-mulk ham mo'l-ko'l berilmagan", - deyishdi. Payg'ambar aytdi: "Alloh uni sizlarga

O'zi tanlab, uni ilmda va jismonan ziyoda etdi. Alloh mulkini O'zi xohlagan kishiga beradi. Alloh (karami) keng va bilimdondir".

  1. Payg'ambarlari ularga aytdi: "Uning podshohlik belgisi shuki, sizlarga bir sandiq keladi. Unda

Rabbingizdan taskin va Muso hamda Horun oilalaridan qolgan qoldiqlar joylashgan bo'lib, uni (sandiqni) farishtalar ko'tarib turadilar. Agar (chin) mo’min bo'lsangizlar, shubhasiz, bunda sizlar uchun belgi bor".
Izoh: Taskindan murod shuki, sandiq qayerda bo'lsa, o'sha yerdagi odamlar xotirjamlik va xavfsizlikda bo'lar edilar. Hatto, undan yov bilan to'qnashganda ham foydalanar edilar.

  1. Tolut askarlari bilan (shahardan) chiqqach, aytdi: "Alloh sizlarni daryo bilan sinab ko'ruvchidir. Bas, kim undan ichsa, u mendan (tobelarimdan) emas va kim undan ichmasa, albatta, u mendandir.

Magar qo'li bilan bir hovuch olsa (joizdir). Bas, ozchilikdan tashqari hammalari undan ichdilar. U (Tolut) mo’minlar bilan daryodan o'tgach, (askarlar) aytdilar: "Bu kun bizda Jolut va uning lashkariga toqat yo'q". (Shunda) Allohga (qiyomat kuni) yuzma-yuz bo'lishlariga ishonadigan kishilar aytdilar: "Qanchadan-qancha kam sonli guruhlar Allohning izni bilan ko'p sonli guruhlar ustidan g'alaba qozongan. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir".

  1. Jolut va uning lashkarlari bilan to'qnashganlarida: "Ey, Rabbimiz! Bizga sabr (-toqat)ni yog'dir, qadamlarimizni sobit qil va kofirlar qavmi ustidan bizga g'alaba ato et!" dedilar.


  1. Shunday qilib, Allohning izni bilan ular ustidan g'alaba qozondilar. Dovud Jolutni o'ldirdi va Alloh unga (Dovudga) podshohlik va payg'ambarlik hamda O'zi xohlagan narsalarni o'rgatdi. Agar Alloh odamlarning birini ikkinchisi bilan daf' etib turmas ekan, shubhasiz, Yer fasodga (buzg'unchilik va xarobaga) aylangan bo'lur edi, lekin Alloh (barcha) olamlarga (nisbatan) fazl egasidir.


  1. Bular Allohning oyatlaridir. Ularni Sizga (ey, Muhammad), haqqoniy ravishda tilovat qilmoqdamiz. Siz, albatta, payg'ambarlardandirsiz.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling