Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet14/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: To'rt qush - xo'roz, qarg'a, tovus va kaptar.

  1. Alloh yo'lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go'yo bir donga o'xshaydiki, u har bir boshog'ida yuztadan doni bo'lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga yanada ko'paytirib (savob) beradi. Alloh (karami) keng va bilimdondir.

Alloh taolo bu tamsil bilan bitta xayrli ish uchun bitta emas, to 700 va undan ortiq savob ato etishi mumkinligini bildirmoqchi.

  1. Mollarini Alloh yo'lida sarflab, keyinchalik bergan narsalari ketidan minnat va ozor

yetkazmaydigan kishilar uchun Parvardigorlaridan mukofot bordir. Ularga xavf ham bo'lmas va ular tashvish ham chekmaslar.

  1. Yaxshi gap va kechirim (uzr so'rash) ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroqdir. Alloh behojat va halimdir.


  1. Ey, imon keltirganlar, molini odamlar ko'rsin uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga

ishonmaydigan kimsaga o'xshab, (bergan) sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo'qqa chiqarmang! U (riyokor), ustini tuproq qoplagan silliq qoyaga o'xshaydi; ustiga jala yoqqanda, (tuproq yuvilib,) sipsilliq toshning o'zini qoldiradi. Ular topgan (va sarflagan) boyliklaridan hech narsaga ega bo'la olmaydilar. Alloh kofirlar qavmini hidoyat etmaydi.

  1. Mollarini Alloh rizoligi va dillarining sobitligi uchun sarf qiladigan kishilar adirdagi boqqa o'xshaydi: unga jala tekkach, hosilini ikki barobar yetishtirar. Agar unga jala yog'magan bo'lsa, tomchilab yoqqan yomg'ir ham (o'ziga yarasha undirar). Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.


  1. Ostidan anhorlar oqib turuvchi, xurmoyu uzumlari bor, turli xil mevalari mo'l bo'lgan bog'i bor odam o'zi keksayib, notavon (yosh) bolalari bilan qolgan paytida o'sha bog'ini olovli to'fon urib, yonib ketishini xohlaydimi? Tafakkur qilursizlar, deb, Alloh o'z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi.

Izoh: Bu misol savobli ishlarni riyokorlik bilan amalga oshirgan kishiga nisbatan keltirilgan. Ne umidlar bilan parvarish qilingan bog'-rog'idan mahrum bo'lgan kishidek, riyokor odam oxiratda ajru savobdan mahrum bo'lishi to'g'risida ogohlantirilmoqda.

  1. Ey, imon keltirganlar, o'zingiz kasb etgan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalarning yaxshilaridan ehson qilingiz! O'zingiz faqat ko'zingizni chirt yumibgina oladigan darajadagi yomon narsalarni (ehson qilishga) tanlamangiz! Shuningdek, bilingizki, albatta, Alloh g'aniy va maqtovga loyiqdir.


  1. Shayton sizlarni (xayr-ehson qilishda) faqir bo'lib qolishdan qo'rqitadi va fahsh ishlarga undaydi. Alloh (esa) sizlarga O'zidan mag'firat va fazl (boylik) va'da qiladi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir.


  1. U O'zi xohlagan kishilarga hikmat (foydali ilm) beradi. Kimga hikmat berilgan bo'lsa, demak, unga ko'p yaxshilik berilibdi. Bundan faqat oqil kishilargina eslatma olurlar.


  1. Ehson qilgan har bir nafaqangiz (sadaqangiz) yoki atagan nazringizni, albatta, Alloh biladi. (Xayrehson qilmay o'ziga) zulm qiluvchilarga esa, yordam beruvchilar yo'qdir.


  1. Sadaqalaringizni agar oshkora bersangiz, juda yaxshi. Bordiyu kambag'allarga pinhona bersangiz - o'zingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan o'tar. Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir.


  1. Ularning hidoyati Sizning zimmangizda emas (ey, Muhammad), balki Alloh xohlagan kishilarni hidoyat etur. Neki qilgan xayr-ehsonlaringiz bo'lsa, u o'zlaringiz uchundir. Faqat Allohning "yuzi" uchungina ehson qilgaysiz. Qilgan har bir xayr-ehsoningiz (savobi) sizlarga adolatsizlik qilinmagan holda mukammal qaytarilur.


  1. (Sadaqa va ehsonlar) Alloh yo'lida (jang bilan) band bo'lib, safarga chiqa olmaydigan, iffatlari (tortinchoqliklari) sababli bilmagan odam boy deb gumon qiladigan faqirlar uchundir. Ularning (faqir ekanliklarini) siymolaridan (tashqi ko'rinishdagi belgilaridan) bilib olasiz. (Ular) odamlardan tilanib turib olmaydilar. Qilgan xayr-ehsoningizni Alloh bilib turuvchidir.


  1. Mol(-dunyo)larini kechayu kunduz, pinhonayu oshkora ehson qiladigan kishilarning

Parvardigorlari huzurida (maxsus) mukofotlari bordir. Ularga xavf ham bo'lmas va ular tashvish ham chekmaslar.

  1. Sudxo'rlar (qiyomat kuni qabrlaridan) jin chalib ketgan odam kabi (holatda) qo'padilar. Buning sababi - ularning: "Bay' (savdosotiq) ham sudxo'rlikning xuddi o'zi" degan gaplaridir. Holbuki, Alloh bay'ni halol, sudxo'rlikni (esa) harom qilgan. Bas, kim Rabbidan nasihat yetgach, (sudxo'rlikdan) to'xtasa, u holda avvalgi o'tgani o'ziga va uning ishi Allohga (havola). Kim yana (sudxo'rlikka) qaytsa, o'shalar do'zax ahlidirlar va ular unda abadiy qoluvchilardir.


  1. Alloh sudxo'rlikni (foydasini) yo'q qiladi va sadaqa (beruvchilarga boylik)larni ziyoda etadi. Alloh har qanday (sudxo'rlikni halol deb biluvchi) kofirni va (uni davom ettiruvchi) gunohkorni yoqtirmaydi.


  1. Albatta, imon keltirgan, yaxshi ishlarni qilgan, namozni mukammal ado etib, zakot berganlar uchun Parvardigorlarining huzurida (maxsus) mukofotlari bordir. Ularga xavf ham bo'lmas va ular tashvish ham chekmaslar.


  1. Ey, imon keltirganlar, Allohdan qo'rqingiz va (chinakam) mo'min bo'lsangiz, sudxo'rlik sarqitidan voz kechingizlar!


  1. Mabodo (bu buyruqqa itoat) qilmasangiz, u holda Alloh va payg'ambari tomonidan (sizlarga qarshi bo'lajak) urushni (azobni) eshitingiz! Agar tavba qilsangiz, dastmoyalaringiz o'zingizga. Zulm ham qilmaysizlar, zulm qilinmaysizlar ham.


  1. Agar (qarzdor) qiynalsa, boyiguncha kutish lozim. Agar bilsangiz (bergan qarzingizni) sadaqa qilib yuborishingiz o'zingiz uchun yaxshiroqdir.


  1. (Barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan (qiyomatdan) qo'rqingiz! So'ngra har bir jon (egasi)ga qilgan amallariga yarasha narsa (mukofot yoki jazo) berilur va ularga zulm qilinmas.


  1. Ey, imon keltirganlar, bir-biringizdan biror muddatga qarz olib, qarz berishsangiz, uni yozib qo'yinglar! O'rtalaringizda bir kotib adolat bilan yozsin! Hech bir kotib Alloh bildirgandek yozishdan bosh tortmasin, albatta, yozsin! Zimmasida qarzi bo'lgan kishi aytib tursin, Rabbi - Allohdan qo'rqsin va undan biror narsani kamaytirib yozmasin! Agar gardanida qarzi bo'lgan kishi aqlsiz yo ojiz (yosh yoki o'ta keksa) bo'lsa, yoki (kar, soqovligi yo til bilmasligi tufayli aytib) yozdirishga qodir bo'lmasa, uning homiy-vakili adolat bilan aytib tursin! Sizlar rozi bo'ladigan (adolatli) guvohlardan ikki erkak kishini guvoh qilinglar. Agar ikki erkak topilmasa, bir erkak bilan ikki ayoldir - biri (unutib) adashganda, ikkinchisi eslatadi. Guvohlar chaqirilganda, (kelib guvohlik berishdan) bosh tortmasinlar! Xoh katta, xoh kichik qarz bo'lsin, muddatigacha yozib qo'yishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida adolatliroq, guvohlik uchun to'g'riroq va shak-shubha qilmaslikka yaqinroq (hukm)dir. Lekin, o'rtalaringizdagi aylanma naqd savdo bo'lsa, uni yozmasligingizda sizlarga gunoh yo'qdir. O'zaro savdosotiq qilganda ham guvoh keltiring! Kotib ham, guvoh ham zararlanmasin. Agar shunday qilsangiz (zararlantirsangiz), bu sizning fosiqligingizdir. Allohdan qo'rqingiz! Alloh sizlarga (shunday) ta'lim beradi. Alloh hamma narsani biluvchidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling