Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Shahri Harom – hurmatli oy. Ya'ni, Rajab oyi. Rasululloh bu oy kirmasdan turib, Quraysh
mushriklaridan iborat karvon yo'lini poylab, o'ch olish uchun bir guruh askarni yuborgan edilar. Ular Rajab oyi kirib qolganidan bexabar mushriklarga hujum qilib, mag'lubiyatga uchratganlar. Bu voqeadan keyin mushriklar ta'na qilishib: "Muhammad hurmatli oyda jang qildi. Alloh harom qilgan narsani halol deb bildi", - deganlarida, Alloh taolo mushriklarning qilmishlari musulmonlar yo'l qo'ygan bu kamchilikdan battar ekanligini bayon qilmoqda. Imon keltirgan, (vatanlaridan) hijrat qilgan va Alloh (toati) yo'lida jiddu jahd qilgan kishilar - aynan o'shalar Allohning rahmatidan umid qilurlar. Alloh (esa) kechiruvchi va rahmlidir. Sizdan may (mast qiluvchi ichimlik) va qimor haqida so'raydilar. Ayting: "U ikkisida katta gunoh va odamlar uchun (ba'zi) foydalar bor. Ikkisining gunohi foydasidan kattaroqdir". Sizdan yana nimalarni ehson qilish to'g'risida so'raydilar. (O'zingizdan) ortganini, deb javob bering. Shunday qilib, Alloh sizlarga o'z oyatlarini bayon etadi, shoyad fikr yuritsangizlar Izoh: Aroqning man etilishi birdaniga bir oyat bilan hal qilinmagan, balki to'rt bosqich bilan taqiqlangan. Birinchi bosqich Nahl surasining 67-oyatida xurmo va uzumdan olinadigan mast qiluvchi ichimliklarning halolligi haqida Makkada nozil qilingan. So'ngra Umar ibn Xattob (r. a. ) va ba'zi boshqa sahobalar araq aql va boylikni ketkazuvchi ofat ekanidan Payg'ambar (a. s.)ga shikoyat qilganlaridan keyin Baqara surasining mazkur oyati vahiy qilingan. Uchinchi bosqich – Abdurahmon ibn Avf mast holda imomlik qilganlarida, oyatni qo'pol ravishda buzib qiroat qilgan. Shundan keyin Niso surasining 43-oyatida mast holatda namozga yaqinlashmaslik buyurildi. To'rtinchi oxirgi bosqich - Atbon ibn Molik degan sahoba uyida mehmondorchilikda mast bo'lib qolgan mehmonlar o'zaro urishib, janjallashib qolganlar. Shundan keyin Umar ibn Xattob (r. a. ) Allohga iltijo bilan: "Ey, xudoyim, araq to'g'risida qoniqarli bir hukm nozil et!" - deb duo qilganlaridan keyin Moida surasining 90-oyatida araq ichish qat'iy man etildi. Izoh(a): O'z ehtiyojidan ortgan boylikni ehson qilib yuborish ko'pchilikka qiyin ekanligini e'tiborga olib, Alloh taolo zakot oyatini nozil qildi. Shundan keyin bu oyat hukmi bekor bo'lib, boy odamlargina nisobga yetgan boyligining qirqdan bir qismini zakotga berishlari joriy etildi. dunyo va oxirat haqida. Sizdan, shuningdek, yetimlar (haqlari) to'g'risida so'raydilar. Ayting: "Ularni isloh qilish yaxshidir. Agar (mollaringizga) ularning mollarini qo'shib yuborsalaringiz (zarari yo'q), zero, ular (bamisoli) o'z birodarlaringizdir. Alloh buzg'unchi bilan isloh etuvchini (farqini) biladi. Agar Alloh xohlasa, sizlarni qiyinchilikka solib qo'ygan bo'lar edi. Albatta, Alloh qudrat va hikmat egasidir. Izoh: Yetimlarning haqqini nohaq yo'l bilan yeyish yoki o'zlashtirish ulkan gunohlardan hisoblanishi oyat va hadislarda bayon etilgan. Niso surasining 10-oyatida bu xususda qattiq vaid (tahdid) bordir. Mushrika ayollarni, to imon keltirmagunlaricha, nikohingizga olmangiz. Zero, hur mushrika ayoldan ko'ra imonli cho'ri yaxshiroqdir, garchi u (mushrika) sizlarga yoqimli tuyulsa ham. Mushrik erkaklarga ham, to imon keltirmagunlaricha, (mo’mina qizlarni) nikohlab bermangiz. Zero, hur mushrikdan imonli qul yaxshiroqdir, garchi u (mushrik) sizlarga yoqimli tuyulsa ham. Ular (mushriklar) do'zaxga chorlaydilar. Alloh (esa) o'z izni bilan jannatga va mag'firatga chorlaydi va eslatma olishlari uchun odamlarga o'z oyatlarini bayon etadi. Sizdan hayz to'g'risida so'raydilar. Ayting: "U (er-xotin uchun) aziyatdir. Bas, hayz paytida xotinlaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha, ularga yaqinlashmangizlar! Poklanganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan ravishda kelaveringizlar (qovushaveringizlar). Albatta, Alloh chin tavba qiluvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi". Xotinlaringiz ziroatgohingizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan jihatingizdan kelaveringiz va o'zingiz uchun (savobli ishlarni) taqdim etingiz. Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, siz U bilan muloqot qiluvchidirsiz. Mo’minlarga (oxirat mukofotlari haqida) xushxabar bering (ey, Muhammad)! Izoh: Bu oyati karimada Alloh taolo ayollarni ziroatgohga o'xshatadi. Darhaqiqat, ekinzorlarga qanaqa urug' ekilsa, o'sha urug' unib chiqadi. Dehqon hosil olish uchun o'z yerining xohlagan tomonidan kelib ishlov berib, don sepib, ko'chat o'tqazib dehqonchilik qilaverganidek, erlar ham o'z xotinlaridan farzand orttirish maqsadida xohlagan shaklda yaqinlik qilishi mumkin. Lekin 222-oyatda aytilganidek, faqat Alloh buyurgan tarafdan kelish shartdir. Lekin bu degani faqat old tomonidan degani emas, balki qaysi tomondan bo'lsa ham ziroatgoh qasd qilinishi kerak. Alloh muloqotda bo'lishni eslatish bilan xotinga nisbatan Lut qavmining qiliqlarini qilmaslikka ishorat qilinmoqda. Ezgu ish qilishingiz, taqvoda bo'lishingiz va odamlar o'rtasini isloh etishingiz borasidagi qasamlaringiz uchun Alloh (nomi)ni ko'ndalang qilavermangiz! Alloh eshituvchi va biluvchidir. Alloh sizlarni (faqat tilingiz uchida aytgan) behuda qasamlaringiz uchun javobgar qilmaydi. Balki, dillaringiz kasb etgan narsa (qasamlaringiz) uchun javobgar qilur. Alloh kechirimli va halimdir. Xotinlaridan qasam bilan voz kechganlar uchun to'rt oy muhlat bor. Agar (shu muddat ichida) qaytsalar (joizdir), zero, Alloh, albatta, kechirimli va rahmlidir. Bordiyu taloq qilishga azmu qaror qilgan bo'lsalar, (buni ham) Alloh eshituvchi va biluvchidir. Izoh: Ya'ni, to'rt oyni o'tkazib yuborsalar, o'z-o'zidan taloq tushadi. To'rt oy o'tmay turib yaqinlik qilib qo'ysalar, tegishli kafforat (jarima) to'lanadi, lekin taloq tushmaydi. Taloq qilingan ayollar o'zlariga qarab, uch hayz muddati (o'tishini) kutib o'tiradilar. Agar ular Allohga va oxirat kuniga ishonsalar, bachadonlarida Alloh yaratgan narsa (homila yoki hayz)ni yashirishlari halol emas. Agar erlari islohni (oilani tiklashni) xohlasalar, shu muddat ichida ularni qaytarib olishga haqlidirlar. Ayollar uchun (belgilangan huquqlar) o'z me'yorida erkaklar (huquqi) bilan tengdir. Ayollarga nisbatan erkaklarda bir daraja (ziyodalik) bor. Alloh qudrat va hikmat egasidir. Izoh: Bir yoki ikki taloq qo'ygan erlar uch hayz muddati, ya'ni idda chiqqunga qadar so'z yoki harakat bilan qaytsalar, nikohni yangilamasdan turmushni davom ettirishlari mumkin. Ammo "boin" (qat'iy) taloq yoki uch taloq qo'ygan bo'lsa, bunda ikki masala bor. Birinchisi "boin" taloqda, ya'ni, taloq lafzini ishlatmasdan "qo'ydim", "menga haromsan", "Ket, sen bilan turmush qilmayman" kabi kinoyalar bilan bir yoki ikki taloqni niyat qilgan bo'lsa nikohni yangilab yarashib olish mumkin. Ikkinchi masala - uch taloq yoki undan ortiq qo'ygan bo'lsa, boin yoki rij'iy bo'lishidan qat'iy nazar, er-xotin o'rtasidagi shar'iy nikoh bekor bo'lib, birga turmush qurish mumkin bo'lmay qoladi. Bunday taqdirda, albatta, shariat peshvolariga murojaat qilib, maslahat olish zarur bo'ladi. Izoh(a): Ayollarga nisbatan erkaklarga jismonan va huquq jihatidan ustunlik berilgan. Masalan, meros olishda, guvohlikda, imomlikda, taloq qo'yishlik va boshqalarda. Taloq ikki martadir. So'ngra (oilani) yaxshilik bilan saqlash yoki chiroyli suratda ajralish (mumkin). Ularga (xotinlaringizga) bergan narsalardan (mahrlaridan) biror narsani qaytarib olishlaringiz sizlarga halol emas, magar (er-xotin) Allohning (oila to'g'risidagi) buyruqlarini bajara olmaslikdan qo'rqsalar (bu undan mustasno). Agar ularning Alloh buyruqlarini bajara olmasligidan qo'rqsalaringiz (eridan taloq olish niyatida) evaz berishida (va erning shu evazni olishida) er-xotin uchun gunoh yo'q. Bu Allohning (belgilab qo'ygan) hadlaridir. Ulardan tajovuz qilmangizlar! Kim Allohning hadlaridan tajovuz qilsa, ana o'shalar zolimlardir. Izoh: Bu evazni shariat tilida "xul'" deyiladi. Er ajralishni xohlamagan taqdirda xotini taloq so'rasa, evaz yoki badalni to'lab, erni ko'ndirish shariatda joriy etilgan. Agar uni (uchinchi marta) taloq qilsa, (u ayol) to boshqa er bilan niqohlanmaguncha (va undan ham taloq olmaguncha), unga halol bo'lmaydi. Bas, agar (keyingi er) uni taloq qilsa, (qaraladi,) agar Allohning buyruqlarini bajara olishga ishonsalar, (avvalgi er bilan) turmushga qaytishlarida gunoh yo'qdir. Bular Allohning (belgilab qo'ygan) hadlaridir. Ularni anglaguvchi qavm (odamlar) uchun bayon qilur. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling