Qur’oni Karimning o’rganilish tarixi ZokirovAzim Shahrisabz davlat pedagogika instituti Annotatsiya


Download 20.57 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi20.57 Kb.
#1603488
Bog'liq
aaaaaaaaaaa


Qur’oni Karimning o’rganilish tarixi
ZokirovAzim
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Annotatsiya : Ushbu maqolada musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni Karimning o’rganilish tarixi yoritiladi. Qur’oni karim yirik diniy-falsafiy, huquqiy, adabiy-tarixiy, musulmon va umumjahon madaniyatining qadimiy, muhim yodgorligidir.
Kalit so’zlar: Qur’on, Ramazon, Vahiy, Madina , Sura, Makka, Ahl as-sunna, Va-l-jamoa,

Olamlar tarixidagi eng muhim hodisa sanalmish bu jarayonning – Qur’oni karim nozil bo‘lishining boshlanish nuqtasi Hiro g‘orida, Ramazon oyining o‘n yettinchi kuni sodir bo‘ldi. Insoniyat tarixidagi bu ulug‘ sanada Alloh taoloning so‘nggi va mukammal kitobi nozil bo‘la boshladi. Ilk vahiysi buyruq maylidagi «Iqra’», ya’ni «O‘qi» («Qiroat qil») ma’nosini anglatuvchi so‘z bilan boshlangan bu ilohiy ta’limotning nomi «o‘qimoq», «qiroat qilmoq» degan ma’noni anglatuvchi masdar shakli – «Qur’on» bo‘lib qoldi. Lug‘at ilmi mutaxassislari «Qur’on» lafzining «jamlamoq» degan ma’nosi ham borligini ta’kidlaydilar


Qur’on 610-633 yillar mobaynida Muhammad (s.a.v.)ga Allohdan kelgan vahiy sifatida tushirilgan va u kishi tomonidan og‘zaki ravishda bayon qilingan hamda hofizlar tomonidan yodlab olingan. Payg‘ambar hijratlaridan oldin nozil bo‘lgan suralar Makka suralari, hijratdan keyin nozil bo‘lganlari Madina suralari, deb ataladi.1 Alloh taolo Qur’oni karimning ikkinchi surasining ikkinchi oyatida Qur’onni hech qanday shak-shubha yo‘q, taqvodorlar, taqvodorlar va Allohdan qo‘rqqanlar uchun hidoyat bo‘lgan kitob sifatida ta’riflaydi. Qur'on hikmatga to'la.Bu mo''jizalar va Xudoning ulug'vorligi bilan to'la bo'lib, Uning marhamati va adolatidan dalolat beradi.Bu janrlarning barchasini qamrab olgan bo‘lsa-da, tarix kitobi, hikoyalar to‘plami yoki fan darsligi emas.Alloh taoloning insoniyatga bergan eng ulug‘ tuhfasi Qur’on boshqa kitoblarga o‘xshamaydigan kitobdir
Qur’oni Karim – Alloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Payg’ambarimiz Muhammad S.A.V.ga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbasi hisoblanadi. Islom ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko’ra, Qur’on Alloh taoloning so’zi va uning azaliy ilmidir.
Muqaddas Yozuv ko’p nomlaridan biri bo’lgan «Qur’on» so’zi – arabcha «qara’a» (o’qimoq) fe’lidan olingan. Boshqa fikrga binoan, u suryoniy tilidagi «kerain» – «muqaddas yozuv» ma’nosini bildiruvchi so’zdan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu har xillik Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turli qiro’at maktablarining (ularning soni 14 dan ortiq) an’analari bo’yicha turlicha taqsimlanganligini bildiradi.
Qurʼoni Karim – nurli vahiy sahifasidir. U nozil boʼlganidan to qiyomatga qadar oʼzgarishga uchramaydi. U ulkan borliq kitobidir. U dunyo va oxirat hayotining kaliti boʼlib, zavolga yuz tutmaydi. U aniq zafar, abadiy saodat yoʼlidir. U iymon keltirganlar, hukmlariga amal qilganlar, koʼrsatmalari soyasida turganlarga chinakam boqiylikdir.2

Xulosa
"Alloh nozil qilgan bu Qur'on yaxshi ishlarga undaguvchi, yomon ishlardan qaytarguvchidir, Qur'on ko`p takrorlangani va ko`p istifoda etilgani bilan eskirib qolmaydi, Qur'onning mo'jizalari tugamaydi. Qur'on hazil emas, haq. Qur'on bilan gapirgan odam to`g`ri gapirgan bo`ladi, Qur'on bilan hukm qilgan odam odil hukm qilgan bo`ladi, Qur'onga tayanib urushgan odam zafar quchadi, Qur'onga binoan hukm chiqargan odam to`g`ri yo`l tutgan bo`ladi, Allohning tiyran rishtasidir, shifobaxsh malhamdir. Qur'onning hukmini mahkam tutgan odamni u asraydi, unga ergashgan odam najot topadi. Qur'onda tuzatish lozim bo`lgan qing`irlik yo`q. Qur'on haqiqatdan yiroq ketmaydi. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki Qur’oni Karim musulmon axlining muqaddas kitobi ularni johilikdan saodatga eltuvchi kamol topkizuvchi nurli chirog’dir .U insonlarni kong’liga shifobaxsh malham bula oladi.

1 file:///C:/Users/RTTM/Downloads/qur-oni-karim-islom-dinining-muqaddas-kitobi.

2 https://siyrat.uz/siyrat

Download 20.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling