Qurulish materiallari va kimyo


GKQ ning asosiy o`lchamiy tavsiflari


Download 0.77 Mb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#238982
1   2   3   4
Bog'liq
Gipskarton mahsulotlar

GKQ ning asosiy o`lchamiy tavsiflari.

Qalinligi, mm

Eni, mm

Uzunligi, mm

Bir metr kvadratning massasi,kg

Nominal

Chiqish chegarasi

Nominal

Chiqish chegarasi

Nominal

Chiqish chegarasi

GKQ

GKQV

GKQO

GKQVO

6,5

± 0,5

1200

1250


0dan

5gacha

2000

dan

4000

gacha

0dan

5gacha

6.5 gacha

5.2…6,9

8,0

8,0

6,4…8,5

9,5

9,5

7,6…10,0

10,0

10,0

8,0…10,6

12,5

12,5

10,0…13,0

14,0

14,0

11,2…14,8

16,0

16,0

12,8…17,0

18,0.

± 0,9

600

1200

1250

18,0

14,4…19,0

20,0

20,0

16,0…21,2

24,0

24,0

19,0…25,4



2- rasm. Gipskarton listlarning bo`ylama qirralari



3- rasm. Perforatsiyalangan gipskarton listlar:

a -bir xil teshiklarni bir tekisda taqsimlash; b- turli xildagi teshiklarni bir tekisda taqsimlash; v- turli xildagi teshiklarni turlicha taqsimlash.



4.-rasm Shlislangan plitalar:

a – plitaning rejadagi ko`rinishi; b – shlislar bo`ylab qirqim; v – shlislarning ko`ndalang qirqimi; 1 – plitaning teskari tomoni; 2 – plitaning yuza tomoni.

Perforatsiyalangan (yoki shlislangan) gipskarton plitalar undagi teshiklarning diametri va ular orasidagi masofalariga qarab quyidagicha belgilanadi: 8/18 ( teshikning diametri 8 mm, orasidagi qadam esa 18 mm); 8-12/36 (teshikning diametri 8 mm va 12 mm, qadami esa 36 mm). Shlislangan plitalarda ariqchalarni diskli arra bilan qilinadi, shuning uchun listlarning yuza tomonidagi ariqchalar uzunligi orqa tomondagi ariqchalarning uzunligidan farq qiladi,plitaning qalinligi qancha katta bo`lsa ariqchalar shuncha uzun bo`ladi.

КNAUF korxonalari yana, devorlarni dekorativ qoplash uchun maxsus qoplamali pardoz gipskarton panellarini ham ishlab chiqaradi. Qoplamalar, polivinilxlorid dekorativ pardoz plyonkalaridan (PDO), polivinilxlorid dekorativ o`zi yyelimlanadigan pardoz plyonkalaridan (PDSO), qog`oz asosdagi polivinilxlorid plyonkasidan «Izoplen», qog`oz asosdagi polivinilxlorid plyonkasidan «Devilon», «Pleteks» dekorativ materialidan, paroizolyasiya sifatida alyuminiy fol`gasidan, rentgen nurlariga qarshi qo`rg`oshin listlaridan, dekorativ maqsadlarda esa mis listlaridan, bajariladi.

Devor va shiftlarni issiqlik izolyasiyasini oshirish uchun, penopolistrolli issiqlik o`tkazmaydigan material asosidagi gipskarton panellar (kombinasiyalashgan gipskarton panellar) ishlab chiqariladi. Ular ikki qatlamli qurilish konstruktsiyasi ko`rinishida bo`lib, gipskarton listning orqa tomoniga penopolistrol (RS tipidagi) yoki penopoliuretanli (PUR tipidagi) plitasi yopishtirilgan bo`ladi.


Odatda, GKQ larni quyidagi o`lchamlarda ishlab chiqariladi: uzunligi - 2500±8, eni - 600,1200,1250 mm. Qatlamlarni yyelimlash uchun polivinilatsetatli gomopolimer dispersiyasi yoki quyuqlashtirgich (kazeinli yyelim) aralashtirilgan sintetik latekslar ishlatiladi.

Gipskarton panellar Rossiya me’yorlariga (TU5772-002-04001508-94(OP) asosan ishlab chiqariladi. Bunday panellarning izolyasiya qatlami GKQ larning bo`ylama va ko`ndalang qirralaridan ozgina chiqarib yyelimlanadi,bu esa listlarni loyiha vaziyatiga o`rnatganda,orasidagi choklarni kafolatlaydi. Har bir plitadagi bu chiqishlarning summasi 10 mm dan oshmasligi kerak. Кombinatsiyalashgan panellarning paroizolyasiyasini ta’minlash uchun gipskarton va izolyasiya qatlamlari orasiga tegishli materiallarni joylashtirish mumkin. Yassi devor yuzalari uchun karkazsiz biriktirish (yyelim yoki gips qorishmasi bilan) usullari qo`llanilishi mumkin, bu esa nuqtali issiqlik o`tkazuvchilarni istis-no qilishga olib keladi (vintli va shurupli birikishlar).

Penopolistrol isitgichli kombinatsiyalangan panellar havorang bo`yoq bilan markirlanadi, penopoliuretanlisi esa – qora bilan, bunda yozuvlar karton tolalarining yo`nalishi bo`yicha yoziladi.

Markirlashga misollar:

• gipskartonli kombinatsiyalashgan panel (V), gipskarton qurilish listidan tarkib topgan (B) va qiyin yonadigan penopolistrol plitasi (PS) – qiyin yonish sinfini ko`rsatish (B1 sinfi), standartni va olovga chidamlilik bo`yicha o`tkazilgan hujjat tartib raqami –VBPS-B1 ko`rsatiladi;

• gipskartonli kombinatsiyalashgan panel (V), gipskarton qurilish listidan tarkib topgan (B) qalinligi 9,5 mm va penopolistrol plitasi (RS), sinfi B1 (qiyin yonadigan), qalinligi 20 mm, standart - VBPS-9,5-20B1;

• gipskartonli kombinasiyalashgan panel (V), gipskarton qurilish listidan tarkib topgan (B) qalinligi 12,5 mm va penopoliuretan plitasi (PU), sinfi B2 (yonadigan), qalinligi 3 mm, standart – VPU-12,5-30B2.

Gipskarton panellar bino devorlarining tashqi va ichki yuzalarini, issiqllik va tovush izolyatsiyasini ta’minlash maqsadida, pardozlash uchun ishlatiladi, shu bilan birga ular turar-joy va fuqaro binolarining himoya konstruktsiyalarini va xona shiftlarini ham pardozlash uchun ham ishlatiladi. Agar panellarning izolyatsiya qatlami yonadigan materiallardan qilingan bo`lsa, unda me’yoriy hujjatlarga asosan yong`inga qarshi talablarga to`liq amal qilish kerak.

Gipskarton listlar va kombinasiyalashgan panellarni qadoqlash, trasport bilan tashish, saqlash va joylash

GKQ lar konvyerdan chiqishi bilan shtabelchi orqali 50…60 talab polietilen plyonkalari yordamida paketlanadi. Paketlar albatta bir xil turdagi va o`lchamdagi GKQ lar bilan yotqizilib kompleklanadi. GKQ paketi ≤ 0,5 m oraliq bilan paddonlarga yoki tagliklarga taxlanadi (6 tadan kam bo`lmagan miqdorda).



Tagliklar albatta bir xil balandlikga ega bo`lishlari kerak. Tagliklar sifatida yogoch bruslarini yoki bir biriga qo’yilgan, gipskartondan qilingan tasmalarni ishlatish mumkin. Transportlash uchun tayyorlangan GKQ paketlarining balandligi 750 mm dan baland bo`lmasligi kerak (2.7.-rasm).



7-rasm. Namdan himoya qilish uchun gipskarton listlarining tasmalariga shtabel qilib taxlangan GKQ lar.

GKQ lar paketlarini tayyorlovchi zavoddan belgilangan joygacha tashish paketlangan ko`rinishdagi yuklarni tashish qoidalariga asosan hamma turdagi yuk transportlari orqali amalga oshiriladi. Tashishda GKQ paketlari shtabel ko`rinishida shakllanishi mumkin. Shtabellarning ruxsat etilgan balandligi transport vositasining gabaritlariga va uning polini yuk ko`tarish qobiliyatiga bog`liq. GKQ larni ochiq transport yordamida tashish jarayonida ularni namlanishdan saqlash uchun, hamma tomonidan suv o`tkazmaydigan material bilan himoya qilish lozim. GKQ larni tayorlovchi zavoddan kerakli joyga (qurilish maydonchalari, tayyor maxsulotlar omborxonasi, savdo va qayta yuborish omborxonalari) yetkazgandan keyin transport vositasidan GKQ shtabellarini yuk ko`tarish mexanizmlari yordamida tushiriladi va bor transport vositasi (vilkali avtoyuklovchilar, yuk avtomobillari, avtokaralar) bilan saqlanish joyiga tashiladi. GKQ larni ko`tarishda, tushirishda, tashishda va qo`lda tashishda ularning qirralariga va burchaklariga shikast etkazmaslikga harakat qilish kerak. GKQ larni ish joyiga o`tkazmoq uchun maxsus moslamalar (ruchkalar va belbog`lar) va vertikal holda tashish uchun aravachalar ularni tashishni yengillashtiradi va GKQ larni buzilishdan ehtiyot qiladi



(8-rasm).



8-rasm. GKQ larni tashish uchun transport vositalari:

a – ikki g’ildirakli КNAUF aravachasi; b – GKQ ni o`tkazish uchun dastak.

Transport-yuklash ishlarini ratsional tashkil etish (to’g`ridan to’g`ri transportdan montaj qilish) vositalar yordamida bo`lib, bu vositalar GKQ larni qaytadan terish uchun ishchi vaqtini yo`qotmasdan, vertikal holatdan gorizontal holatga o`tkazish imkoniyatini beradi. Bunda oraliq tomga maksimal ruxsat etilgan yuklarni hisobga olish kerak: turar joy binolari uchun 150…200 kg/m2 (shtabellarning balandligi 15…20 sm); jamoat (fuqaro) binolari uchun -- 350…500 kg/m2 (shtabellarning balandligi 35…50 sm).

Listlarni joylash va ularning saqlanishini yopiq, qulflanadigan, quruq, havoning harorati +50S dan kam bo`lmagan, isitish uskunalaridan 1,5 m dan kam bo`lmagan uzoqlikda, poli tekis xonalarda tashqil qilish maqsadga muvofiqdir. Shtabelda (paketlarda) bir xil turdagi va o`lchamdagi (uzunligi, eni, qalinligi) GKQ lar bo`lishi kerak. Paketda va shtabelda joylashgan listlar ularning chegarasidan chiqishi kerak emas. Agar turli xil o`lchamdagi GKQ larni shtabellash zaruriyati kelib chiqsa, unda kichik o`lchamli listlarni shtabelning yuqori qismida joylashtirish kerak.

Juda ham kam holatlarda va juda qisqa muddatda (6 soatdan ko`p bo`lmagan) GKQ larni ochiq osmon ostida joylashtirish mumkin, bunda albatta ularni atrof muhit harorati 00S dan kam bo`lmagan sharoitda, suv o`tkazmaydigan material bilan izolyasiya qilish va grunt suvlaridan himoya qilish sharti bilan. GKQ shtabellarining ruxsat etilgan balandligi oraliq tom konstruksiyasining yuk ko`tarish qobiliyatiga qarab aniqlanadi, ammo 3 m dan baland bo`lmasligi kerak. GKQ shtabelining 1 sm balandlikdagi miqdori 100N/m2 (10 kg/m2) ga teng yukni hosil qiladi.

Agar tashish va joylashtirish davrida listlar ho`llanishga yo`liqqan bo`lsa, unda to`liq qurigandan keyin ulardan foydalanish mumkin.

Listlarni vertikal holda taxlash mumkin emas, chunki bu holat ularning qirralariga shikast etkazishi mumkin va negativ deformasiyalarga olib kelishi mumkin. Paket va shtabellardagi listlarni to`g`ri qo`yilgan tagliklarga taxlash kerak, bu esa GKQ larni osilmasligini ta’minlaydi.



Taxlash va saqlash jarayonida GKQ larni yuzasi bo`yicha deformasiyalanishiga aslo yo`l qo`ymaslik lozim, chunki listning deformasiyalangan qismini karkasga tortgan paytda uning o`zagi shikastlanishi mumkin va tekis chok va yuzani chiqarish mumkin bo`lmay qoladi.
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling