Qurulish materiallari va kimyo


Download 0.77 Mb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1459351
  1   2   3
Bog'liq
Gipskarton mahsulotlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURULISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA – QURULISH INSTITUTI
BINO INSHOOTLAR QURULISHI FAKULTETI
“QURULISH MATERIALLARI VA KIMYO” KAFEDRASI

Qurulish materiallari va buyumlar” fanidan




REFARAT


Mavzu: Gipskarton va gipstolali listlar, botiq – qabariq gips bloklari va panellari.

Bajardi: 102V-20 gr talabasi


Murodov G’ulomjon.
Tekshirdi: Saydullayev A.

TOSHKENT-2021


Gipskarton va gipstolali listlar, botiq – qabariq gips bloklari va panellari.
Reja;

  1. Gipskartonli listlar va panellarni tayyorlash.

  2. Gipskarton listlarining turlari

  3. Gipskarton listlar va kombinasiyalashgan panellarni qadoqlash, trasport bilan tashish, saqlash va joylash

Gipskarton va gipstolali listlar, botiq – qabariq gips bloklari va panellari.



Gipskartonli listlar va panellarni tayyorlash

Gipskartonli listlar β modifikatsiyali gipsdan tayyorlangan listli pardozlash materiali hisoblanib, mineral tolalar bilan armaturalangan va ikki tomonidan yuqori sifatli ko`p qatlamli presslangan qalinligi 0,6 mm dan ko`p bo`lmagan, karton yyelimli modda bilan yyelimlangan (dekstrin, kazein yyelim, suyuq shisha). Bundan materiallardan tashqari, GKQ larni ishlab chiqarishda ularning massasini kamaytiruvchi moddalar ham qo`llaniladi; gips-digidrat – qotish tezligi vaqtini sozlash uchun, sul`fatli achitgich bardasi va ko`pik hosil qiluvchi qo`shmalar (kazein, kanifol, kaustik soda).


КNAUF gipskartonli listlarni tayyorlash bu uzlo`qsiz ishlab chiqarish jarayonidir.
Uzlo`qsiz harakatdagi aralashtirgichda qurilish gipsidan, suv va boshqa qushilmalarlardan gips suspenziyasi (hamir) tayyorlanadi.
Bu suspenziya ko`p sonli shlanglardan bir tekisda chiqadi va harakatlanayotgan karton listiga tasimlanadi. Tayyorlanish jarayonida listlar teskari tomoni bilan balandga qaratib qo`yiladi, karton esa gipskarton listining yuzasi bo`lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish tizimining boshqa tomonidan uzatiladigan karton-asos esa suspenziyaga quyiladi va listning kerakli qalinligiga sozlangan, shakl beruvchi reyka orasidan o`tadi. GKQ ning yuza tomoni hisoblangan karton, bu etapda, chetlari qayrilib, gips suspenziyasi uchun yopiq qobiq hosil qiladi.
Listlar tayyor bo`lgandan keyin, konveyer lentasi bo`yicha harakatlanib, butun ishlab chiqarish tizimidan, ya’ni qotish boshlanishi uchastkasidan, roliklar seksiyasi orqali qaychilarga o`tadi. Harakatlanish davomida gipsli o`zak qotishga yoki to`tishga ulguradi va listning teskari tomoniga oqimli printer yordamida barcha kerakli ma’lumotlarni yozib chiqadi (nomi va maxsulot turi, ishlab chiqarilgan mos kuni va vaqti).
Qaychilar uzun gipskarton listi yo`lagini kerakli uzunlikdagi bo`laklarga bo`lib kesib chiqadi. Bundan keyin uncha katta bo`lmagan listlar ag`darilib, ko`p sathli quritish blokiga yuboriladi. Quritish davomida suspenziyani tashqil qilish uchun qo`shilgan ortiqcha suv parlanadi.
Qurigandan keyin gipskarton listlar tekislanadi va palletlarga terib qo`yiladi. Кeyin palletlar omborxonalarga borib tushadi.
GKQlar ni ishlab chiqarishning texnologik tizimining asosiy birikmalari 1-rasmda keltirilgan.
Gips o`zagidan va karton qobig`idan tashqil topgan gipskarton list,qurilish bo`yumi hisoblanib, uncha katta bo`lmagan qalinligiga qaramasdan, anchayin egilishga bo`lgan mustahkamlikga ega, bu mustahkamlikga ega bo`lish uchun o`nga tarkibidagi tolalar yordam beradi, bundan tashqari, gips o`zagini o`rab turgan karton ham qo`shimcha armatura hisoblanadi.
КNAUF kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gipskarton listlar Evropa standartlariga to`la javob beradi (DIN 18180, GOST 6266-97, DSTU BV.7-95- 2000), bundan tashqari ular №3859-85 sonli qurilishda qo`llash mumkin bo`lgan polimer materiallar va konstruktsiyalar ro`yxatiga to`liq javob beradi. Ular inson uchun zararsizdir va turar joy hamda fuqaro qurilishining sanitar gigienik talablariga to`la javob beradi.


1-rasm. Gipskarton listlarini ishlab chiqarishning soddalashtirilgan sxemasi:
1-listlarning yuqori yuza tomoniga mo`ljallangan rulonli karton; 2-gips uchun idish; 3-suv uzatgich; 4-aralashtirgich (gipsaralashtirgich); 5- listlarning orqa tomoniga mo`ljallangan rulonli karton; 6-shakl beruvchi moslama; 7- listlarni kesish moslamasi; 8-list uzatgich; 9- yo`qlash ko`prigi; 10-quritish kamerasi; 11,12-tushirish ko`prigi; 13-GKQlarni paketlash joyi; 14- shtabellovchi mexanizm.

Gipskarton listlarining turlari


Кarton qobiqdagi gipskarton lenta konveyerda tayyorlanib, so`ng kesiladi va ular alohida listlarga aylanadi. Кonveyerdan olingan har birta list turtta qirraga ega – ikkita ishlov berilgan va ikkita ishlov berilmagan (karton bilan yopilmagan). Кarton qobiq gips o`zakga mahkam yyelimlangan. Gipskarton listlarining turlari va ularga qo`yilgan talablar tegishli me’yorlar va standartlar bilan reglamantlangan. КNAUF korxonalari ishlab chiqarayotgan GKQ lar assortimenti ularning ishlaydigan shart-sharoiti, qo`llash joylari va tayyorlash texnologiyasi bilan aniqlanadi.
Gipskarton listlar ikki tipga bo`linadi: gipskarton qurilish listlari GKQ (GKB) va olovga chidamli gipskarton qurilish listlari (olovga chidamli listlar) GKQO (GKF). GKQ ning ikki turi ham asosan qurilish gipsdan qilingan bo`lib, ularning yuzasi va bo`ylama qirralari mustahkam karton bilan yyelimlangan. List o`zagini tashqil etuvchi gips qorishmasi tarkibiga turli xildagi qo`shilmalar va to`ldirgichlar kiritiladi. Gips o`zagiga olovga chidamli to`ldirgich sifatida mineral tolalar ko`shiladi, bu mineral tolalar issiqlikdan suv parlanish holati yuzaga kelganda gipsni bo`laklarga parchalanishiga qo`ymaydi, natijada o`zak olovga chidamli izolyasion qatlamga aylanadi.
Gipskarton qurilish plitalari (GKQ, GKB) turli xildagi tekis yuzalarni, «ho`l» shuvoq o`rniga qoplash uchun mo`ljallangan. Ularni yana shiftlarning karkas asosini yopish, osma shiftlarni qurish va yig`ma pardevorlarni yasash uchun ishlatish mumkin.
Olovga chidamli gipskarton listlari (GKQO, GKF) devor va shiftlarni qoplash, olov chiqish xavfi yuqori bo`lgan xonalar orasidagi pardevorlarni qurish uchun ishlatiladi.
Bu listlarning gips o`zagiga shisha tolali to`ldirgichlar qo`shilgan.
Evropa standartlari yana GKQ larning ikkita turini ishlab chiqarishda qo`llaniladi, bular yuqori namlikga (75%dan ko`p) ega bo`lgan xonalarning devor va shiftlarini qoplash, hamda yuqori namlik va qurilish konstruktsiyalariga olovga chidamlilik talablari quyilgan xonalar uchun mo`ljallangan. Кarton sathning yuza tomoni va gips o`zagi namlikni shimilishini kamaytiradigan maxsus tarkib bilan shimdirilgan. Bu impregnirlangan listlarning turlarga (shimdirilgan) yuqori suvga chidamlilikga ega GKQV (GKBI) va yuqori suvga hamda olovga chidamli (GKQVO, GKFI) bo`lgan gipskarton qurilish listlari kiradi. GKQV, GKBI qurilish listlarining qo’llanish joylari GKQ, GKB listlari bilan bir xildir.
Gipskarton listlarni gidrofob tarkiblar bilan, masalan silikon bilan singdirilishi ularning gips o`zagining va kartonli qobig`ining ancha kam suv shimishiga (taxminan 3 marta) va tez parlanishiga olib keladi. Atrof-muhitning odatdagi haroratida impregnirlangan listlarning qurishi bor yo`g`i 15 soatda kechadi, shimdirilmagan listlarning qurishi uchun esa 70 soat vaqt kerak .Impregnirlangan listlarning bu sifati ularning kapilyar shimish qobiliyatining pasayishi natijasida erishiladi.
Oddiy va impregnirlangan listlarni suvga kiritilganda, ularda suvning kapilyar ko`tarilishi oddiy listda impregnirlangan listga qaraganda ikki marta ko`p bo`lishi kuzatiladi ( 10 va 5 sm). Кapilyar ko`tarilishning balandligini doimiyligi kapilyar kuchlarning va parlanish intensivligining barovarlashganidan xabar beradi, buning natijasida, GKQ da suvning sathi uning kapilyar ko`tarilishining balandligidan yuqori ko`tarilmaydi, bu esa devor va pardevorlarni ichidan kommunikatsiyalarni o`tish joyini tanlashda juda muhim.
Standartlarga asosan (GOST 6266-97, TU U V.2.7-24577862-98) ikki soat davomida impregnirlangan listni suvga to`la cho`kdirilganda shimilgan suvning massasi bo`yicha miqdori 10%dan oshmasligi kerak.
GKQ larning karton qoplamasining namlanganda zamburuqlar bilan zararlanishini oldini olish uchun, fungitsidlar shimdirilib, ishlov beriladi (zavodda tayyorlanish jarayonida).
GKQ larning har xildagi turlarini ajratib olish uchun, karton qobiqning rangi va orqa tomonida, kengligi 5 sm bo`lgan, markirovka yozuvlari yordam beradi, bu esa qurilish ob’ektlarida listning to’g`ri montaj qilinishini ta’minlaydi. GKQ larning yuza tomonida orasi bir birovidan 25 sm masofada joylashgan, mixlar yoki shuruplar bilan mahkamlash nuqtalari belgilab chiqiladi. КNAUF korxonalari ishlab chiqaradigan GKQ larning har xildagi turlarini ajratib olish belgilari quyidagi standartlar bilan reglamentlanadi:

Rossiya Federasiyasi GOST 6266-97


SShA ASTM C36
Xalqaro standart ISO 6308 EES SEN 520
Ukraina DSTU B V.2.7-95-2000
Bu standartlar GKQ larning yuza va orqa tomon karton qoplamasining, hamda listlarning orqa tomoniga yoziladigan markirovkalar ranglarining turlicha bo`lishini ko`zda tutadi (1-jadval).

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling