Quruq moddalarni aniqlashning salmoqli usuli


Download 188.89 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi188.89 Kb.
#1605871

2.3
Barcha oziq-ovqat mahsulotlari, ularning xomashyolari tarkibi suv va quruq moddalardan tashkil topgan. Maxsulot quruq moddalari tarkibiga uglevodlar, klechatka, oqsillar, organik kislotalar, mineral moddalar kiradi. Quruq moddalar miqdori mahsulot sifatining universal koʻrsatkichi boʻlib hisoblanadi, shuning uchun barcha xomashyo va tayyor konserva mahsulotlardagi quruq moddalar miqdori GOST va texnik shartlar (TU) bilan belgilanadi. Mahsulotlardagi quruq moddalar miqdori fizik-kimyoviy, kimyoviy va fizik usullar bilan aniqlanishi mumkin. Koʻp hollarda quruq moddalar miqdorini aniqlashning eng koʻp tarqalgan usullari mahsulotlarni doimiy ogʻirlikkacha quritish va mahsulotdan suvni haydash usullaridan qoʻllaniladi. Fizik usullaridan refeaktometrik usul va zichlikni aniqlash usullari koʻp tarqalgan.
Quruq moddalarni aniqlashning salmoqli usuli.
Bu usulda mahsulotni quritish shkafida doimiy ogʻirlikka kelguncha 105°C haroratdagi atmosfera bosimi ostida yoki 70°C haroratdagi past bosim ostida quritishga asoslangan. (1-rasm)

1-rasm Quritish shkafi
10-12 g toza qizdirilgan qumni toza va quruq byuksga solinib, byuksni shisha tayoqcha bilan birgalikda doimiy ogʻirlikka kelguncha quritiladi. Byukslar eksikatorda sovutilib, 0,001 g aniqlikgacha oʻlchab olinadi. Soʻngra byuksga 5 g miqdorda quritiladigan mahsulot namunasi solinadi. Shisha tayoq yordamida qum bilan aralashtiriladi va 0,001 aniqlikgacha oʻlchanadi. Quritilgan mevalarning quruq moddalarni aniqlashda namunani qumsiz tortiladi. Qorqogʻi ochiq byuks quritish shkafiga qoʻyilib, 4 soat davomida 105°C haroratdagi muhitda quritiladi. Shundan soʻng byukslarning qorqogʻi yoriladi, eksikatorda 30 minut davomida sovutiladi va oʻlchanadi. Oʻlchangan byukslar yana 1 soat davomida quritiladi, sovutilib oʻlchanadi. Bu jarayon ketma ket quritilgan ikkita byukslar ogʻirliklari oʻrtasidagi farq 0,002 g ni tashkil qilguncha davom ettiriladi. Quruq moddalarning ulushini (X) quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.

X= M2-M • 100%


M1-M
Bunda M – byuksning qum va shisha tayoqcha bilan birgalikdagi ogʻirligi, g; M1 – paketning namuna bilan birgalikdagi quritishdan oldingi ogʻirligi, g; M2 – paketning namuna bilan birgalikdagi quritishdan keyingi ogʻirligi, g.
Eriydigan quruq moddalar ogʻirlik qismini refraktometr yordamida aniqlash .
Eruvchi quruq moddalarni aniqlashning refraktometrik usuli baʼzi konservalarning quruq moddalarini aniqlashning standart usuli hisoblanadi va bu usul mahsulotga standartlarda maʼlum koʻrsatmalar boʻlganda qoʻllaniladi. Refraktometr yordamida tomat-pasta, tabiiy meva suvlari, sharbatlari, shinni va turli xil meva konservalarining eruvchi quruq moddalar miqdori aniqlanadi.
Shuningdek, bu usul yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar va yarim tayyor mahsulotdagi eruvchi quruq moddalar ulushini aniqlashda qoʻllaniladi. Ishni bajarishdan oldin asbobning aniqligi distillangan suvda tekshirish koʻriladi. Agar refraktometrning shkalasi 1,23 raqamini koʻrsatsa demak, asbob ishlaydi. Namunani tekshirishga kirishishdan oldin refraktometrning qorqogʻi ochiladi, prizmaga 1-2 tomchi tekshiriluvchi modda tomiziladi va yuqori prizma yuboriladi soʻngra, refraktometrni koʻrsatishi yozib olinadi, bunda tekshiriluvchi moddaning harorati 20°C dan oshmasligi kerak. Moddaning harorati moddaning quruq moddalari miqdoriga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻladi. Agar moddalarning harorati 20°dan farq qilsa, haroratga toʻgʻrilash maxsus j
advaldan foydalaniladi.



2-rasm Refraktometr
Download 188.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling