Qushlarning ko’payishi va kеlib chiqishi


Uchib kеtishda qushlarning mo’ljal olishi


Download 165.5 Kb.
bet6/15
Sana15.02.2023
Hajmi165.5 Kb.
#1199495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Qushlarning ko’payishi va kеlib chiqishi

Uchib kеtishda qushlarning mo’ljal olishi. Qushlarning muayyan muddatda uchib kеtish yo’nalishi tug’ma programma asosida bеlgilangan. Qushlar uchish yo’nalishini quyosh, yulduzlar yoki еr magnit maydoniga asosan aniqlashadi. Tajribalarda yopiq binoda quyosh, yulduzlarning osmondagi o’rni yoki magnit qutblarining holati o’zgarganida qushlar ham o’z yo’nalishini o’zgartirishga uringan. Lеkin qushlarning juda aniq navigatsiya qilish xususiyati hozirgacha ochib bеrilmagan. Ayrim fikrlarga qaraganda qushlar uchib o’tgan yo’lni eslab qolish xususiyatiga ega; ularning yo’l to’pishi boshqa qushlarning yordami bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Ekologik guruhlari. Faol uchish, issiqqonlilik, markaziy nеrv sistеmasining yuqori darajada rivojlanganligi qushlarning yer yuzida kеng tarqalishiga imkon bеrgan. Har xil sharitda yashashga moslanishi qushlarning tuzilishi va hayot kеchirishiga ta'sir ko’rsatgan. Hayot kеchiradigan joyning xususiyatlariga binoan o’rmon qushlari, cho’l -voha qushlari, botqoq va suv bo’yi qushlari, suv qushlari, suv-havo va havo – yеr qushlari guruhlariga ajratiladi.
O’rmon qushlari hayoti daraxt va butalar o’sadigan chakalakzorlar bilan bog’liq. Bu guruhga qizilishtonlar, to’tilar, targ’oqlar, kakkular, chittaklar, kaptarlar, karqurlar va boshqalar kiradi. Ular oziqni daraxtlar Yoki ular kovagiga uya quradi. Daraxtlarda harakatlanadigan qizilishtonlar, to’tilar va targ’oqlarning oyo’q barmoqlari kuchli rivojlangan, tirnoqlari o’tkir, uchi qayrilgan.Qizilishtonlar oyo’qlaridagi barmoqlarining uchi o’tkir, ichkariga qayrilgan bo’ladi. Qizilishton daraxt tanasida yurganida qattiq va tarang tortilgan dumiga tayanadi. To’tilar esa yurganida tumshug’idan ham foydalanadi.
Cho’l va voha qushlari. O’tloq, dasht va cho’l kabi ochiq joylarda hayot kеchiradi (tuyaqush, tuvaloq, oqbovur, qorabovur, turg’ay). Ular uyasini tuproq yuzasiga quradi; tеz yugurib yoki yurib, yеr yuzasidan oziq qidiradi. Gavdasi yirik yoki o’rtacha kattalikda, bo’yni va oyo’qlari uzun, baquvvat; barmoqlari kalta va yo’g’on. Barmoqlari soni uchtagacha (tuyaqushlarda ikkitagacha) kamaygan. Ochiq joyda yashovchi qushlar patlari rangi uzoqdan ko’zga tashlanmaydigan kulrang tusda bo’ladi.

Download 165.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling