Virsulogik tashxis - Bemor olgandan keyingi tashxis quyidagilarga asoslanadi: 1) miya toqimalaridan Babesh-Negri tanachalarini aniqlash; 2) fluo- ressensiya antitelolari yordamida mos antigenlarni aniqlash; 3) la- boratoriya hayvonlarida biologik sinama orqali viruslarni aniqlash.1. Babesh-Negri tanachalarini aniqlash. Miya toqimalaridan tayyorlangan surtmalarni fiksatsiya qilmasdan, ulardan tayyorlan- gan gistologik preparatlarni (hatto miya chirib ketgan bolsa ham) boyab, Babesh-Negri tanachalari aniqlanadi. Bir nechta prepa- ratlar tayyorlash lozim, chunki tanachalar ularda kam bolishi mumkin. Muromsev usulida boyalganda nerv hujayralarining sitoplazmasi havorangga, Babesh-Negri tanachalari binafsha- pushti rangga va toq binafsharangga boyaladi. Babesh-Negri tanachalari solak bezlaridagiga nisbatan miya hujayralarida koproq aniqlanadi.2. Fluoressensiya zardoblari yordamida aniqlash usuli. Bu usul kam hollarda qollaniladi.3. Biologik sinama usuli. Bu usul maxsus laboratoriyalarda olib boriladi. Zararli materialni olish, jonatish, saqlash ishlari ota xavfli infeksiyalarni tekshirish qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |