Qutublanish tekisligini shakar eritmasi bilan burish
Download 80.8 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribaning oʻtkazish tartibi
- Monoxromatik yorugʻlikni kuzatish
Tajriba qurilmasi:Tajriba qurilmasi 15.1-rasmda keltirilgan. 15.1-rasmda keltirilganidek, kichik optik kursiga komponentlarni yigʻing, rasmda chapdagi Leybold multiqisqichidan oʻrinlar berilgan. Polyarizasiya filtrlarini shunday toʻgʻrilangki, ularning shkalasidagi belgilar kuzatish ekraniga qaragan boʻlsin va ikkalasi ham 90°ga oʻrnatilsin. Galogen lampa korpusini 100 Vt dan foydalanishga moslashtiring (qaytargichdan foydalaning, galogen lampa korpusidan foydalanish instruksiyasiga qarang). Galogen lampani lampa korpusidagi sterjen yordamida (a1) toʻgʻrilang va optik kursidagi linzani shunday siljitingki, kuzatish ekranidagi koʻrish maydoni bir jinsli yoritilsin. Koʻzgusimon shisha yacheykaga 50 ml suv soling (toʻlish sathi 5 sm). Koʻzgusimon shisha yacheykani prizmali stolga joylashtiring va uni kuzatish maydoniga markazlashtirib toʻgʻrilang. Tajribaning oʻtkazish tartibi:Oq yorugʻlikni kuzatish: Analizatorni 0°ga oʻrnating va butun koʻrish maydonini kuzating. Koʻzgusimon shisha yacheykani nur yoʻlidan oling va ehtiyotlik bilan taxminan 20 qoshiq D (+) – saxarozani suvga soling. Chayqash orqali D (+) - saxarozani maksimal toʻliq eriting. Koʻzgusimon shisha yacheykani qayta nur yoʻlining markaziga joylashtiring va koʻrish maydonini kuzating. Analizatorning qutblash yoʻnalishini buring va buning barchasini koʻrish maydonida kuzating. 15.2-rasm. Shakarli eritma nur yoʻliga qoʻyilgandan keyin monoxromatik yorugʻlik uchun koʻrish maydoni (chapdagi: analizator oʻrni 00 , oʻngdagi: koʻrish maydonining markaziy qismida maksimal qorongʻulik) Monoxromatik yorugʻlikni kuzatish:Galogen lampa korpusining chiqish aperturasidagi tasvir siljitgichga qizil yorugʻlik filtrni oʻrnating va analizator bilan koʻrish maydonining oʻrta qismida maksimal qorongʻulikga erishing(92-rasmga qarang) Analizator oʻrnini qizil yorugʻlik uchun eritmaning burish burchagi sifatida qabul qiling. Qizil yorugʻlik filtrini yashil bilan almashtiring va burish burchagini yana aniqlang. Koʻk yorugʻlik filtri uchun burish burchagini aniqlang. Download 80.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling