Quva tumani
Download 54.5 Kb.
|
Hamid Olimjon Dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoir 30-yillarda yaratgan ballada qaysi A)
- Baxtiyorning kasbi nima edi
- Oygul bilan Baxtiyor qanday boyib ketdilar
C) “Ko‘klam”
D) “Shabnam” E) “Tong” Hamid Olimjonning “Daryo kechasi” she’riy to‘plami qachon e’lon qilingan? A) 1933- yil B) 1945- yil C) 1931-yil D) 1939-yil E) 1936-yil Shoir 30-yillarda yaratgan ballada qaysi? A) ”Oygul bilan Baxtiyor” B) “Zaynab va Omon” C) “Temir qonun” D) “Baxtlar vodiysi” E) “Olov sochlar” Oygul qaysi yurtlarni birlashtirishga erishdi? Chin-mochin Sharq va g‘arb Jambil va Susambil So‘g‘diya va Baqtriya Qishloq va shahar Baxtiyorning kasbi nima edi? Savdogar Podachi Xokim Tabib Attor Zolim shohning o‘rniga taxtga kim o‘tiradi? Darxon Baliqchi Kanizak Keksa vazir Qul Tarlon Oygul bilan Baxtiyor qanday boyib ketdilar? podachilik tufayli yilqi boqib baliq sotib saroy xazinasini o‘g‘irlab gavhar topib olib Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa): Voqealarni ma’him bir sujet asosida bay on qilib beruvchi yirik she’riy asarlar doston deb ataladi. Dostonlar yaratilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: xalq dostonlari va adabiy dostonlar. Xalq dostonlarining muallifi aniq bo’lmaydi. U baxshilar tomonidan kuylanadi va og’izdan og’izga, avloddan avlodga o’tganda ba’zi bir o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Adabiy ertaklarning muallifi aniq bo’ladi, ya’ni ular shoirlar tomonidan ijod qilinadi. Badiiy adabiyotda, xususan, bolalar adabiyotida ertak-doston degan janrga ham duch kelamiz. Xo’sh, ertak-doston nima? Nomidan ham ko’rinib turibdiki, ertak-doston o’zida ham ertaklarning, ham dostonlarning xususiyatlarini mujassam etadi. Ertak-dostonlar asosan shoirlar tomonidan yaratiladi. U mazmunan ertakka, shaklan esa dostonga yaqin turadi. Ya’ni voqealar xuddi ertakdagi kabi boshlama, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil topadi. Ammo bu voqealar nasriy usulda emas, balki she’riy usulda bayon etiladi. Ertak-dostonlar qanday ehtiyojdan kelib chiqib yaratiladi? Shoirlar har qanday ertakni ham she’rga solavermaydilar. Avvalo, bu ertakning sujeti juda qiziqarli, voqealar rivoji tarang bo’lishi kerak. Shoir uni o’z iste’dodi, dunyoqarashidan kelib chiqib, o’z davrining muammolariga moslashtiradi. Shuningdek, ijodkor ertak-doston yaratar ekan, unga asos bo’lgan ertak voqealarini she’riy usulda aynan bayon etib bermaydi. Ertakdagi voqeaga o’zidan nimadir qo’shishi, nimanidir o’zgartirishi, nimanidir tushirib qoldirishi mumkin. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, barcha ertak-dostonlar ham xalq ertak va afsonalari asosida yaratilavermaydi. Bu voqealarni shoirning o’zi o’ylab topishi, ya’ni hali xalq og’zaki ijodi yoki yozma adabiyotda ma’lum bo’lmagan mutlaqo yangi asar yaratishi ham mumkin. Ertak-dostonlar ba’zan she’riy ertaklar deb ham ataladi. Jahon adabiyotida Ubayd Zokoniy, Aleksandr Sergeyevich Pushkin, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak ertak-dostonlarning ajoyib namunalarini yaratganlar. O’zbek adabiyotida Abdulla Avloniy, Qudrat Hikmat, Zafar Diyor, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Quddus Muhammadiy, Po’lat Mo’min kabi ijodkorlar ertak-doston janrining rivojiga munosib hissa qo’shdilar. Bugungi kunda ham ijodkorlar tomonidan diqqatga sazovor ertak-dostonlar yaratilmoqda. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling