Òquvchilarda matematik tilni shakllantirish


O`qitishni tashkil qilish


Download 24.82 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi24.82 Kb.
#1165273
1   2   3
Bog'liq
Òquvchilarda matematik tilni shakllantirish

O`qitishni tashkil qilish.
O`qitish shakli- bu o`quvchilarning o`quv bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab shiqarishda va h.k.)o`tkazilishiga muvofiq ravishda o`qiutuvchi tomonidan tarbiyaviy o`qitish jarayonida foydalanialadigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o`quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo`lib ishlashalri, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat. O`quv dasturi DTS asosida tasdiqlangan davlat hujjati bo`lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartlari talablarining o`quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko`nikmalarini egallashlariga , bilim olishga ijobiy munosabatda bo`lishlarining shakllanishiga yordam beradi: a)o`quvchilarni tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o`quvchini shakllantirish; b)faoliyatning har xil turlarini: o`quv, mehnat, muloqotni egallash; v)o`z-o`zini nazorat qilish hamda baholash reytingini aniqlashga o`rgatish; g)muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.
Shunday qilib, boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat tandartining o`quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o`quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o`quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarning shakllanishini ham ta’minlaydi.
Kundan kunga ma`lumot oshib borayotgan bilan tushunarli bo`ladiki bugungi o`quvchilarga kerak bo`ladigan narsalarni hammasini o`rgatib bo`lmaydi. O`zlashtirilgan ma`lumot juda tez eskirib qolmoqda, chunki har kuni yangi ma`lumotlar chiqmoqda. Fanda o`qitish nazariyasi ushbu fanni o`qitish bo`yicha metodik tizimlarning faoliyat qonunini ochib beradi. Metodika ularni tadbiqini, texnologiya esa ushbu modelni amalga oshirish usullarini ishlab chiqadi.

Tushuntirsh quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi:


1)dogmatik usul.
2)evristik usul;
3) tadqiqot usuli (muammoli usul);
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o`quvchilarda o`zaro nazorat qilish va o`zaro yordam berish sifatlarini shakllantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi.
Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o`rinlari emas, balki butun o`quv jarayoni ta`lim mazmuni, o`quv ishi usullari, darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.

Xulosa
Matematik ertaliklar (kechlar) ommaviy tadbirlardan biri bo‘lib, o‘quvchilar va ota – onalar o‘rtasida matematik bilimlarni tarqatish hamda o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga ularni matematik to‘garaklarga ko‘proq jalb qilish maqsadida o‘tkaziladi. Bunday ertaliklar I – IV sinflarda 1 – 2 marta o‘tkazish mumkin. Ertalikni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo‘shib o‘tkazish mumkin. Ertalik o‘rta hisobda bir soat davom etishi mumkin. Ertalikni o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Buning uchun eng kamida bir oy oldin o‘qituvchi chuqur o‘ylangan reja tuzib chiqishi kerak. Shundan keyin o‘quvchilar bilan suxbatlashib, ularga qilinadigan ishlar taqsimlab chiqiladi. Bu ishga yuqori sinf o‘quvchilarini va ota – onalarini ham jalb qilish mumkin. 10 Ertalik dasturini kerakli materiallar (she‘r, qo‘shiq, boshqotirma, qiziqarli masala, matematik o‘yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi personajlar kostyumi va boshqa) tayyor bo‘lgadan so‘ng yana bir marotaba ko‘rib chiqish va muhokamadan o‘tkazish kerak. Bu o‘rtoqlarini ham taklif etish shart. Ertalikni (kecha) o‘tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta qilib yozilgan dasturni ko‘rinarli joyga osib qo‘yish kerak. Dasturdagi ba‘zi savollarga boshqa o‘quvchilar ham tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. Ertalik o‘tayotgan xonaga (zal) shu ertalikka atab chiqarilgan matematik ro‘znoma yoki jurnal osib qo‘yiladi. Iloji boricha shu xona ertalikka moslab bezatiladi. Ertalikda (kecha) ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, muloxaza yuritish, to‘g‘ri fikrlash va gapirishga o‘rganishadi. Demak, matematik ertalik uchun sarflangan vaqt faqat matematik qimmatga ega bo‘lmay, balki o‘quvchilar uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.



Download 24.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling