Ŏquvchilarni mustaqil matn tuzishga ŏrgatish
Download 56.83 Kb.
|
“Ŏquvchilarni mustaqil matn tuzishga ŏrgatish”.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy-tanqidiy matn
Xulosa
Matnshunoslikda matn tuzishning bir necha shakllari qabul qilingan: 1. Ilmiy-tanqidiy matn. 2. Yig’ma-qiyosiy matn. 3. Ilmiy-ommaviy matn. Odatda qo’lyozma asarlarning matni quyidagi shakllarda bo’ladi: 1.Devon.2. Bayoz. 3. Kashkul. 4. Tarixiy asar. 5. Ilmiy asar. 6. Masnaviy-doston.7. Kulliyot. Ilmiy-tanqidiy matn badiiy asarning nusxalari ko’p bolganda amalga oashiriladi. Bu matn tarixini o’rganish asnosida muallif matniga yaqin variantini tuzishdir. Manbashunos-matnchiga qo’yiladigan talablar: 1) asarning fanga ma’lum barcha nusxalarini ko’rib chiqishi kerak; 2) nusxalarni saralashi kerak; 3) muallif nusxasi bo’lmasa, asarning qadimiy, nuqsonlardan xoli, ishonchli nusxasi tayanch matn sifatida olinib, boshqa nusxalardan yordamchi nusxa sifatida foydalaniladi. Masalan, adabiyotshunos R. Zohidov So’fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asari ilmiy – tanqidiy matnini tuzishda 150 dan ortiq nusxaning umumiy va farqli jihatlarini matnshunoslik nuqtayi nazaridan izchil tekshirgan va 25 (15 qo’lyozma, 10 toshbosma) nusxani qiyosiy tahlil obyekti sifatida olgan. Nuqsonlardan xoli nusxa har doim ham tayanch manba bo’la olmaydi. U tajribali xattotning mahorati tufayli a’lo darajadagi nusxa holiga keltirilgan bo’lishi mumkin. Qadimiy nusxa ham muallif variantini aks ettirmasligi mumkin. Ba’zan ancha keyin yaratilgani asl, muallif variantidan ko’chirilgan nusxa bo’lib chiqishi mumkin. Matnshunos ishga jalb qilingan nusxalarni qiyosiy o’rganib, tayanch nusxaga solishtirgan holda barcha matniy o’zgarishlarni ilmiy apparatda qayd etib boradi. Tuzilgan ilmiy – tanqidiy matn shakli yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilinishi bunday shakldagi matn tuzishning asosiy prinsiplaridandir. Download 56.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling