Quvurlarni hisoblash 15 Asosiy qoidalar


Beton quvurlarning hisobi


Download 87.31 Kb.
bet3/3
Sana13.11.2023
Hajmi87.31 Kb.
#1770339
1   2   3
Bog'liq
15-mavzu (1)

Beton quvurlarning hisobi. Quvur teshigining qoplama plitasi gruntning tekis tarqalgan vertikal bosimi yuklangan oddiy to‘sin kabi hisoblanadi (15.2,v-rasm).
Plita oralig‘ining o‘rta kesimida eguvchi moment
(15.15)
Tayanch kesimidagi ko‘ndalang kuch
(15.16)
Bu yerda l -plitaning hisobiy oralig‘i. Boshqa kattaliklarning qiymatlari yuqorida keltirilgan.
Armaturani tanlash va plitaning mustahkamligini, darzbardoshligini tekshirish amaldagi ShNQ bo‘yicha amalga oshiriladi.
Zvenolarning devorlari tayanch devorlarining hisobidagi kabi gruntning gorizontal bosimiga, plitaning vertikal bosimiga va xususiy og‘irligiga hisoblanadi. Beton devorlar poydevorning yuqori sathi kesimida mustahkamlikka tekshiriladi, me’yoriy yuklarning teng ta’sir etuvchisining holati, ag‘darilishga va sirpanishga tekshiruvlar yuqorida keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Zvenolar devorlarining ostidagi yaxlit poydevorlar ham temirbeton zvenolar ostidagi poydevorlar kabi hisoblanadi. Alohida turgan poydevorlar ularning ostki qismi yuqorisida joylashgan yuklarning vertikal bosimi N va momenti M ga hisoblanadi (15.2,v-rasm).
Poydevorning gruntli zamini mustahkamligi quyidagi formula bilan tekshiriladi:
(15.17)
qoziqoyoqli poydevorning esa:
(15.18)
bu yerda y, yi - poydevorning bosh o‘qidan har bir qoziqoyoq o‘qigacha bo‘lgan masofa.
Bundan tashqari, yuklar ta’sirida grunt ko‘tarilib quvur teshigiga tushishining mumkin emasligi tekshiriladi. Quvurlar kallaklarining qiya devorlari va ularning zaminlari ham yuqoridagiga o‘xshash hisoblanadi.
Gofrlangan po‘lat quvurlarning hisobi. Egiluvchan, yupqa devorli quvurlar ularni o‘rab turgan grunt bilan murakkab quvur-grunt tizimini tashkil qiladi.
Dumaloq egiluvchan quvurning kesimidagi ko‘tarma gruntining bosimi pv va vaqtinchalik harakatlanuvchan yuk pvk dan quvur uzunligining bir-birligiga tushayotgan hisobiy siquvchi kuch Nc ni quyidagi formula orqali aniqlashga ruxsat etiladi:
(15.19)
bu yerda d - quvurning diametri.
Dumaloq gofrlangan quvurlarning mustahkamlikka va turg‘unlikka hisobi quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
(15.20)
bu yerda A - quvur devorining bir-birlik uzunligidagi bo‘ylama kesimi yuzasi; m2= 0,7 - ish sharoiti koeffitsienti; R - po‘latning hisobiy qarshiligi; - egiluvchan quvurning elastik gruntli muhitda turg‘un muvozanat shaklini yo‘qotmasligi uchun kiritiladigan va uni oldini oladigan ko‘tarish qobiliyati pasayishi koeffitsienti; m - po‘latning oquvchanligi chegarasi; kp - quvur devoridagi kritik kuchlanish.
Ustma-ust listlarning (14.16,b-rasm) bo‘ylama tutashgan joylaridagi boltli birikmalarining hisobida siquvchi zo‘riqishlar barcha boltlar orasida bir tekisda taqsimlanadi deb taxmin qilinadi va birikmaning kontakt yuzalari bo‘yicha ishqalanishni hisobga olinmasdan amalga oshiriladi.
Oddiy boltlarning talab qilingan soni
; (15.21)
bu yerda  = 1,2 - eguvchi moment ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsient; N6 - quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadigan normal aniqliqlikdagi bitta boltning hisobiy ko‘tarish qobiliyati.
Teshik chetlarining ezilishi bo‘yicha
(15.22)
boltning qirqilishi bo‘yicha
(15.23)
bu yerda t - listning qalinligi; db - boltning diametri; mezil - 1,3 ga teng bo‘lgan, birikmaning ezilishdagi ish sharoiti koeffitsienti; mqirq - 0,9 ga teng bo‘lgan, birikmaning qirqilishdagi ish sharoiti koeffitsienti; Rezil va Rqirq - po‘latning ezilishga va qirqilishga bo‘lgan hisobiy qarshiligi.
Quvur ko‘ndalang kesimining ekspluatatsiya yuklaridan deformatsiyasi shartni qanoatlantirish kerak. bu yerda  - quvur vertikal diametrining kichrayishi, quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(15.24)
Bu yerda k0=0,1 - quvurning zaminga tayanish shartlarini hisobga oluvchi koeffitsient; kt - vaqt bo‘yicha deformatsiyalarning ortishini hisobga oluvchi koeffitsient, qumli gruntlar uchun 1,25 ga teng va tuproqli gruntlar uchun 1,50 ga teng; r - gardishning egilishdagi o‘rtacha radiusi; E - gruntning deformatsiya moduli.
Quvurni ko‘mganda va yon tarafdagi grunt prizmalari zichlanganda quvur ko‘ndalang kesimining deformatsiyasi e ≤ etr shartni qanoatlantirishi kerak, bu yerda e - yon tarafdagi grunt prizmalari zichlanganidan va qurilish mashinalaridan quvurga tushayotgan gorizontal bosimning intensivligi. formula bo‘yicha hisoblanadi, bu yerda do’rt - quvurning o‘rtacha diametri, sm; etr - quvurga ta’sir etadigan ruxsat etilgan chegaraviy gorizontal bosimning intensivligi formula bo‘yicha aniqlanadi, bu yerda Mpl - quvur devoridagi plastik sharnir paydo bo‘lishiga to‘g‘ri keladigan eguvchi moment. bo‘yicha hisoblanadi, bu yerda Wpl - devor bo‘ylama kesimining plastik moment qarshiligi; m - po‘latning oquvchanlik chegarasi.
Yuqorida ko‘rsatilgan deformatsiya sharti bajarilmagan taqdirda quvurning ichiga vaqtinchalik mustahkamlash elementlarini joylashtirish kerak bo‘ladi. Bu elementlar quvurning bo‘ylama yuzasida gorizontal diametriga nisbatan simmetrik ravishda 0,5 metr uzunlikda ta’sir etadigan ekr = e - etr intensivlikka teng gorizontal yukka hisoblangan bo‘lishi kerak.
Mustahkamlash elementlari quvurning gorizontal diametri 0,03 d ga kichraygandan so‘nggina ishga kirishishlari kerak.
Download 87.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling