Quvurlarni hisoblash 15 Asosiy qoidalar


Quvurlarning statik hisobi


Download 87.31 Kb.
bet2/3
Sana13.11.2023
Hajmi87.31 Kb.
#1770339
1   2   3
Bog'liq
15-mavzu (1)

15.2. Quvurlarning statik hisobi

Quvurlar konstruksiyasini hisoblashda ular shartli ravishda tekis tizimlarga bo‘linadi va quvur qismlarining, zaminning o‘zaro ta’siri inobatga olinib hisoblanadi. Temirbeton quvurlarning ora zvenolari, poydevorlari va kallaklari; beton quvurlarning teshik usti plitalari, zvenolar va kallaklarning devorlari; gofrlangan po‘lat quvurlarning egiluvchan zvenolari; tosh quvurlarning gumbazlari, seksiya va kallaklarning devorlari; poydevorlari; yog‘och quvurlarning obshivkalari, rom rigellari va ustunlari, lejenlari hisoblanadi.


Quvur elementlarining hisobiy sxemalari ularning konstruksiyasini, qurilish va ekspluatatsiya davridagi ishlash sharoitlarini hisobga olib belgilanadi.
Quvur konstruksiyalari mustahkamlikka, sirpanishga va ag‘darilib tushishga qarshi shakli va holatiga, darzbardoshlikka va deformatsiyalarga hisoblanadi. Chidamlilikka hisoblar amalga oshirilmaydi. Quvurlarning zaminlari ShNQ bo‘yicha mustahkamlikka va cho‘kishga hisoblanadi.
Temirbeton quvurlarning hisobi. Dumaloq bikir zvenolar ko‘tarma grunti bosimining tekis tarqalmagan radial bosimiga hisoblanadi (15.2,a-rasm). Eguvchi momentlarni quyidagi formulalar orqali aniqlashga ruxsat etiladi:

15.2-rasm. Quvurlarning hisobiy sxemalari: a - dumaloq zveno uchun momentlar epyurasi; b - to‘g‘ri to‘rtburchak zveno uchun momentlar epyurasi; v - beton quvurning hisobiy sxemasi; 1 - plita; 2 - devor; 3 - poydevor

a) oraliq zvenolar uchun


(15.10)
b) chetki zvenolar uchun
(15.11)
bu yerda - zvenoning tayanish sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient, poydevorga qo‘yilgan zvenolar uchun 0,22; grunt to‘shamasiga qo‘yilgan zvenolar uchun 0,25; rs - zvenoning o‘rtacha radiusi, m; f - ko‘tarma og‘irligining yuki bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti, 1,3 (0,8) ga teng ; f,v - harakatlanuvchi tarkib uchun ishonchlilik koeffitsienti, 1,2 ga teng; 1+ - dinamik koeffitsient, ballastning umumiy qalinligi (rels ostidan hisoblaganda) 0,4 metr va undan kichik bo‘lganda ga teng; ballast qalinligi 1 metr va undan ko‘p bo‘lganda 1,0 ga teng; qalinlikning oraliq qiymatlari uchun interpolatsiya qilib topiladi. Grunt bosimining v, vk va koeffitsient n ning qiymatlari yuqoridagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi.
To‘g‘rito‘rtburchak zvenolar tekis tarqalgan vertikal va gorizontal grunt bosimi bilan yuklangan berk ramalar (15.2-rasm) kabi hisoblanadi. Zvenolarning devorlari, bundan tashqari, P-simon ramalarning qistirilgan ustunlari kabi hisoblanadi. Gruntning gorizontal bosimi quvur zvenosi balandligining o‘rta sathida aniqlanadi.
Armatura tanlash va temirbeton kesimlarning mustahkamlik va darzbardoshlikka tekshirish ShNQ ko‘rsatmalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Zvenolar poydevorlarining zaminlari quyidagi vertikal yukka hisoblanadi:
(15.12)
bu yerda d - quvurning tashqi kengligi, m; Pg - zveno va poydevor 1 metr uzunligining xususiy normativ og‘irligi.
Gruntli zamin mustahkamligi quyidagi formula orqali tekshiriladi:
(15.13)
Qoziqoyoqli poydevorning mustahkamligi esa:
(15.14)
bu yerda b - poydevor osti kengligi; ns - poydevorning 1 metr uzunligidagi qoziqoyoqlar soni; R - gruntning hisobiy qarshiligi; Po - qoziqoyoqning grunt bo‘yicha hisobiy ko‘taruvchanlik qobiliyati.
Ko‘tarmaning balandligi 12 metrdan ortiq bo‘lganda qurilish ko‘tarilishi quvurning ko‘tarma grunti og‘irligidan kutilayotgan hisobiy cho‘kishi bo‘yicha belgilanadi. Ko‘tarmaning balandligi 12 metr va undan kichik bo‘lganda quvurlar quyidagi qurilish ko‘tarilishiga (lotok bo‘yicha) teng qilib o‘rnatiladi: h/80 - poydevorning zamini qumli, toshli va shag‘alli bo‘lsa; h/50 - poydevorning zamini tuproqli, qumli tuproqli, qumli bo‘lsa; h/40 - poydevorning zamini qum-shag‘alli yoki qum-shebenli grunt to‘shamasidan iborat bo‘lsa. Bu yerda h - quvurning ko‘milish balandligi.

Download 87.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling