Quvurlarni sinovlardan o‘tkazish


Download 33.27 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi33.27 Kb.
#1829109
1   2
Bog'liq
Quvurlarni sinovlardan o‘tkazish

Gazning sizib chiqishi

Quvur tarmog‘idan havo yoki gazning sizib chiqishini aniqlash bu muhitlarning tuproq orqali yuzaga sizib o‘tish qobiliyati yuqoriligi


sababli anchagina osonlashadi. Biroq yer ostidagi quvur tarmog‘ining pastki qismidagi nuqsonlar orqali kichik sizib chiqishlar paydo bo‘lganda vizual ko‘zdan kechirish ko‘pincha ijobiy natijalarni bermaydi.

Yer ustidagi quvur tarmoqlarida havo yoki gazning sizib chi-qish joylarini topish qishki davrda unchalik murakkab emas, chun-ki bu muhitlar sovutilgan atmosferaga oq rangdagi ingichka oqim ko‘rinishida chiqadi, ularni uzoq masofadan turib ham ko‘rish mumkin. Yozgi davrda bu ingichka oqimlar ko‘rinmaydi va sizib chiqishlar joyini aniqlash anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi.


Agar vertolyotlardan foydalanilsa, sizib chiqish joyini vizual ko‘zdan kechirish bilan aniqlash muddatining davomiyligi anchagi-na qisqaradi. Albatta havodan turib kuzatishning samaradorligi ob-havo sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi va tunda anchagina past bo‘ladi.


Akustik uslub quvur tarmog‘idagi nuqson orqali suyuq yoki gazsi-mon moddalarning sizib chiqishida paydo bo‘ladigan tovush tebra­ nishlaridan foydalanishga asoslangan.


Barcha ma’lum bo‘lgan akustik asboblarini ishlash usuli bo‘yicha to‘rtta guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhni quvur tarmog‘i bilan tutashmagan holda (kontaktsiz) sizib chiqish shovqinini eshi­ tish va intensivligini baholashni ta’minlaydigan asboblar tashkil qi-ladi. Bu priborlar tovush tebranishlarini elektr tebranishlariga qay-ta shakllantiradigan mikrofondan, elektr tebranishlarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan usilitel (kuchaytirgich)dan va shovqinlarning­ xarakterini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan telefondan tarkib topgan. Asboblar­ jamlanmasiga, shuningdek, pribor yoki mikro-fonlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan tarelkasimon maydonchali shup ham kirishi mumkin.
Asboblarning ikkinchi guruhi quvur tarmoqlari bilan bevosita tutashgan holda (kontaktli) sizib chiqishlar shovqinini eshitish va intensivligini baholashni ko‘zda tutadi. Bu guruh asboblarining jamlanmasiga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy qismlardan tashqari shtanga ko‘rinishida ishlangan va odatda faqatgina sizish zonasini oldindan aniqlash uchun mo‘ljallangan kontaktli mikro-fonlar kiritilgan. Kontaktli mikrofonlar tuproq qatlamiga oldindan burg‘ilash qurilmalari yordamida yoki qo‘lda qazilgan shurflar (chuqurchalar) orqali kiritiladi.

Uchinchi guruh asboblarining konstruksiyalari va prinsipial sxemalari­ mikrofonlarning quvur tarmoqlari bilan bevosita tu­ tashuvsiz (kontaktsiz) shovqinlarni kompensatsiyalash uslublari-dan foydalanishni nazarda tutadi. Asboblarning to‘rtinchi guruhida sizib chiqishlarni aniqlash­ ning «faol» usuli deb ataladigan usuldan foydalanilgan, u quvurlar tarmog‘ida ma’lum bir chastotadagi akustik tebranishlarni sun’iy ravishda qo‘zg‘atishga asoslangan. Gazoanalitik (gazni tahlil qilish) uslubi tabiiy gazning sizib chiqish joylarini aniqlashda quvur tarmoqlari ustidan havo namu-nalarini olish va ularni maxsus qurilmalarda turli xil uslublar bilan tahlil qilishni nazarda tutadi. Quvur tarmoqlari bo‘ylab maxsus qurilmalarni o‘tkazish uslu-bi quvurlar tarmog‘i bo‘ylab sizib chiqish joylarini aniqlash uchun mo‘ljallangan sezuvchan elementlar bilan jihozlangan manjetli yoki sharikli ajratuvchilarni (разделитель) suyuqlik oqimida o‘tkazishni nazarda tutadi. Trassalovchi (iz qoldiruvchi) moddalardan foydalanish sinov muhitiga kichik nuqsonlar orqali tuproq qatlamiga yuqori dara-jada sizib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus moddalarni kiri-tishni va sizib chiqish joylarini vizual ko‘zdan kechirish yoki max-sus priborlar yordamida aniqlashni ko‘zda tutadi. Suv bilan sinovdan o‘tkazishda bo‘yoqlar, azot eritmasi, radioaktiv izotoplar, havo yoki gaz bilan sinovdan o‘tkazishda odorantlar trassalovchi (iz qoldiruvchi) moddalar sifatida foydalanilishi mumkin. Sizib chiqishlarning indikatori sifatida suvda eruvchan bo‘yoqlardan foydalanish suvli joylarda quvur tarmoqlarini gid-ravlik sinovdan o‘tkazishda ko‘proq samarali bo‘lib hisoblanadi. Flouressin bo‘yog‘i suvda yaxshi eriydi (20 gradus Selsiy harorat-da 1,5 g suvga 1 g bo‘yoq), suvli eritmalarda juda intensiv flourens sariq-yashil rangga ega bo‘ladi va rangi bo‘yicha yer yuzasidagi suvlar va tuproqdan juda yaxshi farqlanadi. Flouressin tuproqqa kam yutiladi va zaharli emas.





Download 33.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling