Quvurlarni sinovlardan o‘tkazish
Download 33.27 Kb.
|
Quvurlarni sinovlardan o‘tkazish
Quvurlarni sinovlardan o‘tkazish Namunalarni mexanik sinovlardan o‘tkazish materiallarning mustahkamlik xususiyatlarini baholash uchun mo‘ljallangan va materiallarning xususiyatlarini tushunib olish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Berilgan yuklama (zo‘riqish) bilan hosil qilinadigan deformatsiyaning qiymatini bilish bilan quvurlar tarmog‘ini uning ishchi sharoitlariga reaksiyasini (aks ta’sirini) oldindan aytish mumkin. Zo‘riqishlar va deformatsiyalarning cho‘zilishdagi bog‘liqligi materiallarni taqqoslash uchun yoki konkret buyumni konstruksiyalash uchun qo‘proq keng foydalaniladigan mexanik xususiyatlar bo‘lib hisoblanadi. 150
20
10 ИСО R527 sinovlari uchun universal namuna. Cho‘zilishdagi zo‘riqishlar, deformatsiyalarning bog‘liqliklari quyidagi tarzda aniqlanadi. Ikki yoqlama kurak ko‘rinishidagi na’muna doimiy tezlik bilin cho‘ziladi va qo‘yilgan yuklama hamda uzayish qayd qilinadi. Shundan keyin σ zo‘riqish va ε deformatsiya hisoblanadi: = Yuklama/Boshlang‘ich ko‘ndalang kesim maydoni, MPa ε = (Uzayish/Boshlang‘ich uzunlik) x 100% Qayishqoqlik moduli, oquvchanlik chegarasi, mustahkamlik chegarasi, proporsionallik chegarasi, yemiruvchi deformatsiya va boshqa zo‘riqishlar, deformatsiyalarning bog‘liqligi bo‘yicha aniqlanadigan boshqa mexanik xususiyatlar bo‘lib hisoblanadi. Standart sinovlarda, masalan, cho‘zilish va egilishga sinovdan o‘tkazishda material energiyani sekin yutadi. Amalda esa materi-allar ko‘pincha qo‘yilgan kuch energiyasini juda tez yutadi (masa-lan, tushayotgan predmetlarning, zarbalarning, to‘qnashishlarning, qulab tushishlarning kuchlari va boshqalar). Zarba paytida mus-tahkamlikka sinovdan o‘tkazishning maqsadi ana shunday sha roitlarni o‘xshatishdan iborat bo‘ladi. Berilgan zarba zo‘riqishlarida ma’lum bir namunalarning xu-susiyatlarini tadqiq qilishda va namunalarning mo‘rtligini yoki zarba yopishqoqligini baholash uchun Izod va Sharpi uslublari qo‘llaniladi. Bu uslublar bo‘yicha olingan sinovlarning natijalari tarkibiy qismlarning loyihaviy hisob-kitoblari uchun ma’lumotlar manba-si sifatida foydalanilmasligi lozim. Materiallarning tiplashgan xu-susiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sinovdan o‘tkazilayotgan na-munalarning turlicha sharoitlarda tayyorlangan turli xil tiplarini qirqim radiusini va sinovlar haroratini o‘zgartirish bilan sinov-lardan o‘tkazish vositasida olinishi mumkin. Har ikkala uslub bo‘yicha sinovlar zarbali-mayatnikli koprda o‘tkaziladi. Namuna tiskalarga (qisqichlarga) qisib qo‘yiladi, ma’lum bir radiusdagi chiniqtirilgan po‘lat yuzaga ega bo‘lgan mayatnikli kopr berilgan balandlikdan tashlab yuboriladi, bu esa keskin yuklamadan namunaning kesilishini chaqiradi. Mayatnikli koprning qoldiq energiyasi uni yuqoriga ko‘taradi. Tushish ba landligi va orqaga qaytish balandligi o‘rtasidagi farq sinovdan o‘tkazilayotgan namunani yemirishga sarflangan energiyani bildiradi. Bunday sinovlar xona haroratida yoki sovuqlikdan sinuv chanlikni aniqlash uchun pasaytirilgan haroratlarda o‘tkazilishi mumkin. Sinovdan o‘tkaziladigan namunalar tipi bo‘yicha va ust-ki qirqim (nadrez) o‘lchamlari bo‘yicha har xil bo‘lishi mumkin. Sinovlarning gidravlik uslubi har qanday belgilanishdagi (gaz va gaz quvur tarmoqlari) yer ostiga yoki yer ustiga joylashtirilgan obyektlarda qo‘llanilishi mumkin. Sinovlarning gidravlik uslubi ko‘proq xavfsiz hisoblanadi. Bun-da yer yorilganda otilib chiqadigan suv oqimi yoki metall siniqlari bilan shikastlanish ehtimolini xarakterlaydigan muhofaza qilina-digan (xavfli) zonaning o‘lchamlari havo yoki gaz bilan sinovdan
Sinovlarning gidravlik uslubining ko‘proq muhim bo‘lgan xa rakteristikasi bu sinovdan o‘tkazish bosimini quvurlar metallida oquvchanlikning me’yoriy chegarasiga yaqin yoki teng bo‘lgan zo‘riqishni chaqiruvchi qiymatlargacha oshirish yo‘li bilan ishdan chiqishlarning potensial o‘choqlarini maksimal darajada aniqlash imkoniyatidir. Gidravlik sinovlardan o‘tkazish imkoniyatini cheklovchi yoki butunlay istisno qiluvchi bir qator omillar (faktorlar) mavjud. Bu avvalambor qurilayotgan obyekt trassasi bo‘ylab sinovlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan hajmdagi suv bilan ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lgan suv manbalarining bo‘lmasligidir. Obyekt larni keskin ifodalangan baland-pastliklardan iborat bo‘lgan joy-larda qurishda sinovlarni gidravlik uslubda o‘tkazish imkoniyati quvurlar tarmog‘ining vertikal belgilari o‘rtasidagi farqning katta-ligi bilan chegaralanadi. Bunday sharoitlarda suv bilan sinovdan o‘tkazish istisno qilinmaydi, biroq sinovdan o‘tkazish obyektini qisqa masofalarga cho‘zilgan uchastkalarga ajratishni talab qiladi. Gidravlik sinovlarni o‘tkazish imkoniyati qurshab turuvchi havo muhiti haroratining pastligi bilan ham chegaralanishi mumkin. Pnevmatik sinovlardan o‘tkazishda quvurlar tarmog‘ining ye mirilishi metall va tuproqni katta masofalarga uloqtirish bilan sodir bo‘lishi mumkin. Bunda yemirilgan uchastkaning uzunligi gidravlik sinovlardagiga nisbatan bir necha o‘n va yuz marta kat-ta bo‘ladi. Pnevmatik sinovlarda ishdan chiqishlarni bartaraf qilish gid-ravlik sinovlardagiga qaraganda murakkabroq. Bu murakkablik ayniqsa botqoqlangan uchastkalardan o‘tishda, shuningdek tabiiy gazni sinovdan o‘tkazish uchun foydalanishda ortadi. Yemirilgan uchastkaning uzunligi katta bo‘lganligi sababli trassaga katta miq-dordagi yangi quvurlarni keltirish, katta hajmdagi yer ishlarini, payvandlash-yig‘ish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish talab qilinadi.
Tabiiy gaz bilan sinovdan o‘tkazishda ishdan chiqishlar sodir bo‘lganda sinov muhiti quvurlar tarmog‘idan to‘liq chiqarib yubo-riladi, ya’ni ishlarning davomiyligi va narxini oshirgan holda qaytib kelmaydigan bo‘lib yo‘qoladi, bu siqilgan havo bilan o‘tkaziladigan sinovlarga ham taalluqlidir. Gidravlik sinovlarda ishdan chiqishni bartaraf qilish uchun quvurlar tarmog‘idan uning ichida bo‘lgan suv hajmining faqatgina 5–15% i yo‘qoladi. Siqilgan havo bilan sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarning da vomiyligi (va shundan kelib chiqqan holda narxi ham) ayniqsa yu-qori bo‘ladi va bu ko‘rsatkich gidravlik sinovlardan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatkichdan ko‘p marta oshiq bo‘ladi. Havo bilan o‘tkaziladigan sinovlar davomiyligining ortishi ikkita sabab bilan izohlanadi. Bi rinchidan, quvurlar tarmog‘iga obyekt bo‘shlig‘ining hajmidan ortiq bo‘lgan, sinov bosimiga proporsional bo‘lgan hajmdagi havoni hay-dab kiritish zarur. Masalan, 1420 mm diametrga ega bo‘lgan 1 km uzunlikdagi gaz quvuri tarmog‘ini 8,25 MPa bosimga sinovdan o‘tkazish uchun unga 124 ming m3 havoni yoki 1,54 ming m3 suv-ni haydab kiritish lozim. Ikkinchidan quvurlar tarmog‘iga havoni haydab kiritish uchun ko‘chma kompressor stansiyalaridan foydala-niladi – ular murakkab, yirik gabaritli, og‘ir vaznli mashinalar bo‘lib, kattagina ekspluatatsiya xarajatlarini talab qiladi. Garchi bu mashi-nalar quvurlar tarmog‘ida havoning yuqori bosimini yaratishni ta’minlasada, ularning mehnat unumdorligi yuqori emas. Shu bilan birgalikda pnevmatik sinovlar gidravlik sinovlar bilan taqqoslaganda quyidagi afzalliklarga ega:
b) baland-pastliklar keskin ifodalangan joylardan o‘tkazilgan quvur tarmoqlarini (faqatgina sinovdan o‘tkaziladigan uchastkada yuqori bosimli gaz yoki havo manbai bo‘lgan holatda) sinovdan o‘tkazish imkoniyati; yer ustiga yotqizilgan quvur tarmog‘ini si-novdan o‘tkazish imkoniyati; shuningdek quvur tarmoqlarini past haroratli sharoitlarda sinovdan o‘tkazish imkoniyati. Sinovlarning gidravlik uslubi bilan mustahkamlikka sinovdan o‘tkazishda shunday bosimlar qabul qilinganki, ular uchastkaning ikkita nuqtasida bir paytda hosil qilinishi lozim. Uchastkaning relyef bo‘yicha pastki nuqtasida ishlab chiqaruvchi zavod tomoni-dan sinov stendida o‘qli tirgakni hisobga olmagan holda kafolat-langan bosimga teng bo‘lgan bosim (Rzav) hosil qilinishi lozim. Bu bosim, mos keluvchi kategoriyalarda yotqizilgan uchastkalardagi quvurlarga davlat standartlari (ГОСТ) yoki texnik shartlar (рус. ТУ) bilan belgilanadi. Bunda ma’lum bir kategoriyali uchastka ning relyef bo‘yicha yuqorigi uchastkasida 1,1 Rishchi, 1,25 Rishchi yoki 1,5 Rishchi ga teng bo‘lgan (biroq undan past bo‘lmagan) bosim hosil qilinadi. Bu yerda Rishchi sifatida loyihada belgilangan me’yoriy ishchi bosim qabul qilingan. Mustahkamlikka sinovdan o‘tkazishda bosimlarning bunday o‘rnatilish holati sinovdan o‘tkaziladigan uchastkaning maksimal cho‘zilishini belgilash im-koniyatini ham beradi. Download 33.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling