Quvvat. Rezistor, induktiv g'altak va kondensator ketma-ket ulangan sinusoidal tok zanjiri
Sinusoidal kattaliklarni vektorlar bilan tasvirlash
Download 138.11 Kb.
|
8-ma\'ruza (3)
Sinusoidal kattaliklarni vektorlar bilan tasvirlash
Matematika kursidan ma'lumki, t argumentli sinusoidal funksiya soat mili harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda t radianga buriluvchi birlik radiusni ordinata o'qidagi proyeksiyasi bilan aniqlanadi. Sinusoidal tok i ga soat mili harakatiga teskari yo'nalishda = const burchak tezlik bilan uzluksiz aylanuvchi Im radiusli vektor mos keladi. Sinusoida dekart koordinatalar sistemasida aylanuvchi vektor bilan tasvirlanadi (3-rasm). 3-rasm tokni aylanuvchi vektor ko'rinishda tasvirlash uchun uzunligi Im ga teng bo'lgan vektor abssissa o'qiga nisbatan burchak ( burchak musbat qiymatga ega bo'lsa, abssissa o'qidan soat mili harakatiga teskari yo'nalishda olinadi, manfiy qiymatga ega bo'lsa-aksincha) ostida qo'yiladi va u koordinata boshiga nisbatan soat mili harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda burchak tezlik bilan aylanib turadi. Im vektorning istalgan t=t1 vaqtdagi ordinata o'qiga proyeksiyasi sinusoidal tokning shu vaqtdagi oniy qiymatiga teng bo'ladi, ya'ni Sinusoidal funksiyani aylanuvchi vektor ko'rinishida tasvirlash uchun uni xy tekisligida t = 0 vaqt uchun tasvirlash kifoya (3- rasm). Sinusoidal kattaliklarni qo'shish yoki ayirishda ularning vektor tasvirlaridan 4-rasm foydalanilsa, amallarni bajarish ancha osonlashadi. 4-rasm. Masalan, va toklarni qo'shib ko'ramiz. 4-rasmda i1 va i2 toklar I1 va I2 vektorlar ko'rinishida tasvirlangan. Natijaviy tok Amalda ko'pincha oniy tokni emas, balki uning ta'sir etuvchi qiymatini bilish zarur bo'ladi. Shuning uchun ham amplituda vektorlari emas, balki ta'sir etuvchi tok vektorlari qo'shiladi. Download 138.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling