Quvvati 1,0 mln t/y bo‘lgan neft va gazokondensat maxsulotini vakuum ostida haydash texnologik tizimini tahlil qilish va rektifikatsion kolonnaning issiqlik balansini hisoblash


neft va gazokondensat maxsulotini vakuum ostida haydash texnologik tizimini tahlil


Download 0.9 Mb.
bet5/9
Sana15.03.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1271657
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 Quvvati 1,0 mln ty bo‘lgan neft va gazokondensat maxsulotini vakuum

1.3. neft va gazokondensat maxsulotini vakuum ostida haydash texnologik tizimini tahlil

Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, birlamchi qayta ishlash jarayonida neft va gazning fizikaviy hossalariga ko’ra fraksiyalarga ajratildi. Shunga o’hshash atmosfera – vakuum qurilmalarida neftdan benzin distillyati, dizel yoqilg’isi, kerosin, turli qovushqoqlikdagi uch moy fraksiyasi va gudron olinadi. Qurilmada bu mahsulotlardan tashqari quruq va og’ir gazlar, siqilgan gaz (reflyuks) va engil vakuum gazoyli ham olinadi.


Yuqori quvvatdagi zamonaviy neftni atmosfera – vakuumli sharitda haydash qurilmalari quyidagi bloklardan tuzilgan holda quriladi:
• Neftni issiqlik almashtirgichlarda dastlabki qizdirish;
• Neftni elektr tuzsizlantirish va suvsizlantirish (ELOU);
• Issiqlik almashtirgichlarda navbatdagi qizdirish;
• Neftni benzinsizlashtirish;
• Atmosfera kolonnasi;
• Mazutni vakuum ostida fraksiyalash;
• Benzinni barqarorlashtirish va uni qisqa fraksiyalar olishda ikkilamchi haydash.
Qurilmaning texnologik sxemasi 4-rasmda keltirilgan:
Xomashyo neft bir necha parallel oqimlarda 7, 8, 9, 10, 11, 12 va 13 issiqlik almashtirgichlar guruhidan o’tib 100–1300C gacha qizdiriladi va to’rt parallel oqimda 14-elektrogidratorlarga tushadi. Elektrogidratorlardan chiqib, 15 va 16 issiqlik almashtirgichdan o’tib, 18-issiqlik almashtirgichda qo’shilgan holda qizdiriladi. Neft 200–2500C gacha qizdirilib, 19-benzinsizlantirish kolonnasiga tushadi. Bu kolonna yuqorisidan gaz, benzin va suv bug’lari chiqariladi.
Benzinning sirkulyatsiyalanuvchi qismi 25-nasos yordamida kolonnaga qaytariladi, balansdan ortiq qismi benzinni barqarorlashtiruvchi 59-kolonnaga beriladi. Kolonna 19 ni pastidagi temperaturani saqlash uchun benzinsizlantirilgan neft pechda 250 – 3700C da qizdirilib, kolonna pastki qismiga qaratib turiladi. Benzinsizlantirilgan neftning balans qismi 26-nasos yordamida 27-pechga beriladi va 370 – 3800C da qizdirilgan holda 30-chi atmosfera kolonnasiga beriladi.
Atmosfera kolonnasi 30 yuqorisidan og’ir benzin va suv bug’lari, shuningdek, neftni 27-pechda qizdirish vaqtida hosil bo’lgan parchalanish gazlari chiqariladi. Olingan gaz–benzin–suv aralashmasi 33-separatorda ajratiladi. Og’ir benzin fraksiyasi kondensati engil benzin bilan birgalikda barqarorlashtirish kolonnasiga beriladi. Atmosfera kolonnasi yuqorisiga beriladigan sovutilgan quyilish kolonnadagi uchinchi tarelkadan chiqarilib, 34-havoli sovitkich, 37-suvli sovutkichlarda sovutilib, 43-nasos yordamida kolonnaga qaytariladi.
Kerosin fraksiyasi 35-bug’latish kolonnasi pastki qismidan 42-nasos yordamida 7 va 6-sovitkichlar orqali qurilmadan chiqariladi.
1.4. Мазутни деструктив ҳайдаш
жараёнидан мақсад каталитик крекинг қурилмалари учун хомашё бўлган – газойл фракциялари миқдорини кўпайтиришдир.Жараён муҳимлиги шундаки, хомашё термик парчаланиши билан унинг смолали қолдиқлари буғлатгич (испарител) да колади. Деструктив ҳайдаш вақтида бензин ва керосин фракциялари асосан змеевикли печда ҳосил бўлса, газойл фракциялари паст босимларда ва 420 – 4250С да ишловчи буғлатгичда ҳосил бўлади. Крекингланадиган суюқликнинг буғлатгичда бўлиш давомийлиги тахминан 1,5 соатни ташкил этади. Хомашёни печдан чиқишдаги температураси 460 – 4750С га тенг.
Хомашёни бир каррали ўтказишдаги узлуксиз ишловчи қурилма таркибига қиздириш печи ва буғлатгични ўз ичига олувчи юқори температурали секция ва фракциялаш, ҳамда совутиш секциялари киради. Қурилма қуйидаги расмда келтирилган.
Нефтни ҳайдаш қурилмасидан келаётган мазут 8-насос ёрдамида 6 ва 5 иссиқлик алмаштиргичлар орқали 2-змеевикли печга берилади. Мазут змеевикли конвекцион қувурлари бўйлаб ўтиб, радиант қисми қувурларига тушади. Радиант қисм қувурлар иккинчи қатори бўйлаб қиздирилган буғ киритилади. Аралашма змеевикни радиант қисмидан чиқиб, 3-буғлатгични пастки қисмидан берилади, бу ерда ҳам аралашма берилаётган қисмни пастидан қиздирилган сув буғи берилади. Буғлатгич хажми суюқликни бўлиш давомийлиги ва у орқали сув буғини ҳайдаш учун етарлидир.
Буғлатгичдан 4-поршенли насос ёрдамида чиқариладиган оғир қолдиқни қовушқоқлигини камайтириш мақсадида 2-насос ёрдамида суюлтирувчи қўшимча қўшилади. Суюлтирувчи қўшимча сифатида қурилмадан олинаётган дизел фракциясидан оз миқдорда қўшилади.



Расм 3. Мазутни деструктив ҳайдаш қурилмаси тнхнологик схемаси:
1-қувурли печ; 2, 8-буғлаткич; 4-поршенли насос; 5, 6- иссиқлик алмаштиргичлар; 7-совиткич; 9-ректификацион колонна; 10-буғлатувчи колонна.
Буғлатгич юқорисидан чиқувчи таркибида оз миқдорда крекинг газ бўлган аралашма буғлари 5-иссиқлик алмаштиргичда иссиқлик ташувчилар ҳисобланади, бу ердан углеводород конденсати, газлар ва буғлар 9-ректификацион колонна пастки тарелкасидан берилади. Бу колоннани 6 ва 7- тарелкалар оралиғида ички туб жойлаштирилган. Аралашма буғлари 6- тарелкага етганда, 6-иссиқлик алмаштиргичга юборилади. Бу ерда ҳосил бўлган суюқ флегма 5-тарелкага оқиб тушади, буғлари эса 7-тарелка остидан киритилади, колоннадаги тарелкаларни умумий сони 15 та.
Колонна пастки маҳсулоти бошланғич қайнаш температураси 3400С атрофидаги газойл фракцияси ҳисобланади. Дизел ёқилғиси фракцияси 10-буғлатиш колоннаси орқали чиқарилади.


Rasm-4. Yuqori ishlab chiqarish quvvatli neftni birlamchi qayta ishlash qurilmasi texnologik sxemasi:
1, 24-26, 38-44, 51-55, 73, 74, 76, 77, 79, 80 - nasoslar; 2-6, 17, 20, 28, 29, 31, 34, 46, 47, 58, 63-65, 69 - havoli sovitkichlar; 7-13, 15, 16, 18, 60, 61, 78- issiqlik almashtirgichlar; 14 - elektrodegidratorlar; 19 -neftni benzinsizlantirish kolonnasi; 48-vakuum kolonnasi; 21, 32, 37, 45, 57, 66, 70 – suvli kondensator-sovitkichlar; 22, 33, 67, 71, 72 – separator-eyg’gichlar; 23, 27, 56, 75 - pechlar; 30 – asosiy atmosfera kolonnasi;35, 36, 49, 50 - bug’latuvchi kolonnalar; 59 – barqarorlashtiruvchi kolonna; 62-68 – benzinni ikkilamchi fraksiyalash kolonnalari.

Dizel yoqilg’i fraksiyasi 36-bug’latish kolonnasidan nasos 41 yordamida chiqariladi. Chiqayotgan dizel yoqilg’isi issiqligi 68- issiqlik almashtirgich–qizdirgichda, so’ngra 9-issiqlik almashtirgichdan foydalaniladi. Dizel yoqilg’isini olishni ko’paytirish uchun 30-kolonna pastda o’ta qizdirilgan (4000C) suv bug’i kiritiladi, shuningdek, 35 va 36 bug’latish kolonnalarida ham engil fraksiyalarni ajratish uchun qizdirilgan suv bug’i kiritiladi.


Atmosfera kolonnasi 30 da yana ikkita cirkulyaciya quyilishi mavjud, ya`ni o’rta va quyi sirkulyatsiyalardir. Atmosfera kolonnasi pastidan 40-nasos yordamida mazut, 56-zmeevikli vakuum pechida qizdirilib, 380–4000C da 48-vakuum kolonnasiga beriladi.Kolonna 48 yuqorisidagi quyilishda I moy fraksiyasidan foydalaniladi, ya`ni 51-nasos yoramida 12-issiqlik almashtirgich orqali o’tib, 47-chi havoli sovitkichda sovitilib, 48-kolonnaga qaytariladi. Balansdan tashqari miqdori qurilmadan chiqariladi.
Vakuum kolonnasi yuzasidan kondensiyalanmagan komponentlar (parchalanishda hosil bo’lgan gazlar, engil fraksiyalar, suv bug’lari va havo aralashmalari) 46-havoli sovitkichda va qobiq tipli suvli sovitkich 45da sovitilgandan so’ng gaz-suyuqlik aralashmasi vakuum hosil qilish tizimiga tushadi.
Ikkinchi moy fraksiyasi 54-nasos yordamida 49-bug’latish kolonnasi pastidan 11-issiqlik almashtirgichdan so’ng 3-havoli sovitkichda sovitilgan holda qurilmadan chiqariladi. Uchinchi moy fraksiyasi 50-bug’latish kolonnasi pastidan nasos 52 yordamida 13- issiqlik almashtirgich va 2-havoli sovitkichdan so’ng rezervuarga yuboriladi.
Vakuumli kolonnasi 48 pastki sirkulyatsiya quyilishini 55-nasos yordamida amalga oshirilib, flegma 16-issiqlik almashtirgich orqali o’tib, 17-havoli sovitkichda sovitilgan holda kolonnaga qaytariladi. Uchinchi moy fraksiya olishni ko’paytirish uchun kolonna pastidan qizdirilgan suv bug’i beriladi. Qoldiq gudron kolonna 48 pastidan 53-nasos yordamida 18 va 8-issiqlik almashtirgichlardan so’ng 5-havoli sovitkichda sovitiladi.
Seperatorlar 22 va 33 dan ajratilgan barqarorlashtirilmagan benzinlar 25 va 44-nasoslar yordamida parallel oqimlarda 60 va 61 issiqlik almashtirgichlardan so’ng 59-kolonnaga tushadi. Kolonna 59 da benzin fraksiyasidan erigan gazlar ajratiladi. Ular 58-chi havoli va 57-suvli sovitkichdan so’ng 72-separatorga tushadi. Separatorda og’ir gaz kondensiyalangan engil uglevodorodlardan, suyultirilgan gazlar (reflyuks) dan ajratiladi. Suyultirilgan gazning cirkulyaciya qismi kolonnaga quyilish sifatida beriladi, balans qismi gazlarni fraksiyalash qurilmasiga yuboriladi, shuningdek, og’ir gazlar ham shu qurilmaga yuboriladi. Barqarorlashtirish kolonnasi pastki issiqlikni 74-nasos yordamida 75-pech orqali qizdirilgan barqaror benzin sirkulyatsiyasi bilan amalga oshiriladi.
Barqarorlashtirilgan benzin 59-kolonna pastidan olinib, ikkilamchi fraksiyalash kolonnalari 62 va 68 ga beriladi. Kolonna 62 yuqorisidan boshlang’ich qaynash temperaturasi 850C gacha fraksiya chiqarilib, 68-kolonnaga bug’li to’yintirish sifatida beriladi. Bu fraksiyaning sirkulyatsiya qismi 65-havoli, 66-suvli sovitkichdan o’tib, 67-yig’gichdan 77-nasos yordamida 62-kolonnaga sovuq quyilish hosil qilish uchun qaytariladi. Kolonna 62 pastidan olinadigan 85–1200C (yoki 85–1800C) fraksiya 61-issiqlik almashtirgich va 63- havoli sovitkichdan so’ng qurilmadan chiqariladi. Kolonna 68 yuqorisidan boshlang’ich qaynash – 620C gacha fraksiya chiqarilib, 69-havoli, 70-suvli sovitkichdan o’tib, 71-yig’gichda to’planadi va bu erda bir qismi 68-chi kolonnaga quyilishga qaytariladi, balans qismi qurilmadan chiqariladi. Kolonna 68 pastidagi issiqlik 78-issiqlik almashtirgichdan o’tayotgan dizel yoqilg’isi issiqligi hisobidan ta`minlanadi. 68-chi kolonna pastidan chiqariladigan 62–850C fraksiya 79-nasos yordamida 60-issiqlik almashtirgich va 64- havoli sovitkichdan so’ng chiqariladi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling