Quvvatlanishi va boshqarilishi


Download 464.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi464.17 Kb.
#1499414
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-маъруза

Mulkdor moddiy va intellektual mulk ob`ektlariga ega, ularni tasarruf etish va 
ulardan o`z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad olish maqsadida foydalanish 
xuquqiga ega jismoniy shaxsdir. 
Mulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat: 
s daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydalanishga mo`ljallangan 
mol-mulkka ega mulkdorlar; 
- shaxsiy iste`molga mo`ljallangan mol-mulk bilan bir qatorda, qo`shimcha 
tadbirkorlik daromadi yoki kiritilgan sarmoyadan daromad olish uchun 
foydalaniladigan aktivlar (sarmoya)ga ega o`rta mulkdorlar; 
- yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ularning faoliyatidan katta 
daromad oladigan yirik mulkdorlar. 
Ushbu guruhlarning shakllanishiga qanday omillar ta`sir etadi? Birinchi navbatda, 
psixologik xususiyatlar ta`sir ko`rsatadi. Odamni zo`rlab mulkdorga aylantirib 
bo`lmaydi. U bunga ruhan tayyor bo`lishi kerak. Bu esa juda qiyin narsa. CHunki 
odamlarga haddan tashqari uzoq vaqt mobaynida xususiy mulk va uning sohiblarini 
boshqalarga nisbatan tashabbuskorroq va tadbirkorroq bo`lganligi tufayli moddiy 
jihatdan yaxshiroq yashaganlarni yomon ko`rish va ularga ishonmaslik hissi 
singdirib kelindi. 
Endi esa zamon o`zgardi, xususiy mulkka munosabat ham o`zgarmoqtsa, lekin 
eski tasavvurlar hali xam mavjud. Ko`pchilik davlatning g’amxo`rlik qilishiga umid 
bog’lab o`tirmasdan, o`z farovonligi uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga 
hali tayyor emas. Ijtimoiy passivlik mulkdorlar sinfini shakllantirish yo`lidagi 
jiddiy to`sikdir. 
Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo`llaridan biri -tadbirkorlikni, 
uning kichik biznes shakli rivojini ta`minlash katta ahamiyatga ega. 
Aktsiyalashtirish keng aholi ommasini mulkka egalik qilishga jalb etishning eng 


samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon murakkab, ko`p qirrali bo`lib, u bozor 
iqtisodiyoti 
sub`ektlarining 
manfaatlariga 
daxldordir. 
Hozir respublika 
iqtisodiyotida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari keng yoyilgan. 
Bu jamiyatlarning ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishtirok etuvchi ulushlar, 
odatda, quyidagicha taqsimlanadi: 
- davlat ulushi; 
- mehnat jamoasi ulushi; 
- xorijiy sherik ulushi; 
- fond birjalari va qimmatli qog’ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet elda ham 
erkin sotish uchun ajratilgan ulushi. 
Davlat va mehnat jamoalariga qarashli aktsiya paketlari hajmini Davlat mulk 
qo`mitasi belgilaydi. Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki 
bepul olingan har qanday aktsiyalar ularning mulkdorlari tomonidan qonun 
doirasida hech bir cheklovsiz sotilishi mumkin. Aktsiyalarning ko`shimcha 
(ikkilamchi) emissiyasi va ularni joylashtirish aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 
amaldagi qonunlarga muvofiq olib boriladi. 
Korxonani xususiylashtirishning yana bir shakli uni tanlov asosida yoki kimoshdi 
savdosida jismoniy yoki yuridik shaxslarga xususiy mulk qilib sotishdan iborat. 
Bunda xaridor sotib olingan ob`ektlarga nisbatan ma`lum talablarni bajaradi. Tanlov 
shartlari O`zbekiston Respublikasi mulkni davlat tasarrufidan chikarish va 
xususiylashtirish sohasidagi tartiblariga muvofiq belgilanadi va u quyidagi majburiy 
bandlarga ega bo`ladi: 
- auktsionda xususiylashtirilgan davlat korxonalarini ng 
mulkdorlariga aylangan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu korxonalar
tasarrufida bo`lgan, sotib olingan mol-mulk tarkibiga kirmagan, turar joy
bo`lmagan davlatga qarashli binolar, inshootlar va qurilishlarni ijaraga olish 
xaqida uzok muddatli (10 yilgacha) shartnomalar tuzish hukuqi beriladi. Ijara 
shartlari ilgari tuzilgan shartnomalarga nisbatan (agar shartnomaning o`zida 
boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa) faqat taraflarning kelishuviga muvofiq 
o`zgartiriladi. Xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko`rsatish soxasi
ob`ektlarining mulkdorlari shu korxonalar egallab turgan er uchastkalarini 
mulk qilib sotib olish huquqiga zga; 
- korxona va tashkilotlar, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxona 
va tashkilotlarning mol-mulki Respublika ko`chmas mulk birjasi va uiing
filiallarida auktsion savdoda Davlat mulk qo`mitasi tomonidan tasdiklangan 
Nizomga muvofiq sotiladi; 
- davlatga qarashli ishlab turgan korxona tashkyugatlarning mol-mulki 
(iktivlari) faqat Davlat mulk qo`mitasi ruxsati bilan va belgilangan gartibda 
sotiladi. 


Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ista-sekin, 
biridan ikkinchisiga o`tiladigan uch bosqichda amalga oshiriladi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida ijara 
korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo`shma 
korxonalar, fermer xo`jaliklari, kooperativlar va dexhon xo`jaliklari kabi 
tashkiliy-huquqiy shakllari tashkil topdi. 
Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni tilab kiladigan 
bir qancha muammolar ham mavjud: 
- birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur`atlari uning 
samaradorligini kamaytirmoqda. Jahon amaliyoti islohotlar bir naqtda va
muntazam amalga oshirilganida ijobiy samara berishini ko`rsatmoqtsa. 
Xususiylashtirish sustlashsa, odamlarning mos ravishda fikr yuritish jarayoni 
sekinlashadi, ikqisodiy xulq-atvorning eski stereotiplari uchoqroq saqpanib turadi; 
- ikkinchidan, bir tarmoq (yoki soha)da xususiylashtirish amalga oshirilib
u bilan bog’liq boshqa sohada davlat mulki yoki uning monopoliyasi saqlanib
qolishi xususiylashtirilgan korxonalarning manfaatlarini kamsitadi. Bu hol,
avvalo, turli tarmoqlardagi narxlarning pariteti buzilishida namoyon bo`ladi. 
Masalan, agrar sektorda nisbatan tez amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan 
chikarish va xususiylashtirish kishloq xo`jaligi manfaatlariga zarar keltiradi. CHunki 
qishloq xo`jaligiga texnika, o`g’itlar, elektr energiyasi, yoqilg’i etkazib beruvchi 
korxonalar ancha kech xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki 
oligopolistlar) mavqeini saklab kolib, o`z mahsulotlari narxini oshirdilar. Buning 
natijasida agrar sektor katta iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi; 
- uchinchidan, xususiylashtirishyushg 
pulli bo`lishi 
xususiylashtirilayotgan ob`ektlar bozoriga munosib baholanishini taqozo etadi. 
Viroq mol-mulkni baholashning ilmiy usullari va islohotlarning dastlabki 
bosqichida 
tegashli 
mutaxassislarning 
bo`lmaganligi 
ko`pdan-ko`p 
tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida, mulk tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanishni istagan va shug’ullana oladigan kishilar ko`liga emas, 
balki tasodifiy kishilar qo`liga o`tib qoladi. 
Umuman, 
keltirilgan 
muammolar 
murakkab 
bo`lishiga 
qaramay, 
O`zbekistonda mulkdorlar sinfini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish 
uchun kulay vaziyat vujudga keldi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz tarkibida real 
mulkka ega, uni qadrlayotgan va ularni o`z moddiy farovonliklari uchun asos 
qilib olayotgan kishilarning katga guruhi shakllandi. Ushbu ijtimoiy qatlamni 
yanada mustahkamlash davlatning iqtisodiy kudrati oshishi, uning ijtimoiy-
siyosiy barqarorligi ta`minlanishi, demokratik qadriyatlar qaror topishiga olib 
keladi. 



Download 464.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling