Quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 201.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi201.68 Kb.
#1524679
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maktabda psixologik xizmat togrisida nizom

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2019-yil 12-iyul, 
577-son 
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son 
qaroriga 
1-ILOVA 
 


 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik 
xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida 
(keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) psixologik xizmat faoliyatini 
tashkil etish tartibini belgilaydi. 
2. Psixologik xizmatning faoliyati: 
xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi 
Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-
pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi o‘rinlarda Respublika tashxis 
markazi deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 
viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh 
boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari deb ataladi) 
hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda xalq ta’limi 
bo‘limlari deb ataladi) tomonidan
akademik litseylarda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi hamda idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli oliy ta’lim muassasasi 
(keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasasi deb ataladi) tomonidan; 
kasb-hunar ta’limi muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy 
boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi. 
3. Psixologik xizmat o‘z faoliyatini ta’lim muassasalarida pedagog va 
tibbiyot xodimlari, o‘quvchilarning ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar 
(keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etadi. 

Download 201.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling