Mavzu: Ta'lim muassasalarida psixologning psixologik diagnostika faoliyati. Reja


Download 110.1 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi110.1 Kb.
#1364453
  1   2
Bog'liq
Ta\'lim muassasalarida psixologning psixologik diagnostika faoliyati1




Mavzu: Ta'lim muassasalarida psixologning psixologik diagnostika faoliyati.
Reja:
1. O‘zbeksitonda maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etish imkoniyati va muammolari.
2. Ta’limda psixologik xizmat ko’rsatishning nazariy va amaliy asoslari
3. Assosial xulq-atvor sabablari va shakllari.


1. O‘zbeksitonda maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etish imkoniyati va muammolari.

Mamalakatimizda keyingi yillarda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 2503 nafardan ortiq, xalq ta’limi tizimida 14272 nafardan ortiq pedagog-psixolog kadrlar faoliyat olib bormoqda.


Respublikaning 10 ta oliy ta’lim muassasasida “Psixologiya”, 19 ta oliy ta’lim muassasasida “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha 5717 nafar dan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Ushbu sohada qabul kvotalari yildan yilga oshirilib kelinmoqda.
O‘tgan yillar davomida ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning psixologik holati diagnostikasiga ixtisoslashgan psixolog kadrlar hamda tashkilotlar mavjud bo‘lsada, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni amalga oshiradigan yagona tuzilmaning mavjud emasligi psixologik xizmatlar faoliyati samaradorligining past darajada qolishiga ta’sir ko‘rsatayotgani, aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida jamiyatda ijtimoiy-psixologik, jumladan, oilaviy muammolar (ajrimlar, oiladagi nizolar, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq), “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlariga tobelik, o‘z joniga qasd qilish holatlari davom etayotgani, Oliy ta’lim tizimida psixologiya sohasida tayyorlanayotgan amaliyotchi psixolog kadrlarning bilimlari umumiy bo‘lib qolib, tor soha mutaxassislarini tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagani, psixologiya sohasida magistratura va doktoranturaga qabul soni past darajada bo‘lganligi oqibatida, milliy psixologiya maktabini shakllantirishda oqsoqlik vujudga kelgani, psixolog kadrlarning moliyaviy rag‘batlantirilishi, aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar faoliyatining qoniqarsiz ahvolda ekanligi ularga tajribali psixolog kadrlarni jalb qilish imkoniyatini bermayotgan edi.
Ushbu muammolarni hal etish uchun xorijiy tajribadan kelib chiqib, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga ijtimoiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi, psixologik xizmat faoliyatini boshqarish, oilaviy konsultatsiya va kouching kabi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklar kiritildi. Respublikaning chekka hududlarida amaliyotchi psixologlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda har yili psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilib kelinyapti. Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirildi.
Ayni paytda ta’lim jarayonida psixologikxizmatga ehtiyojsezilarlidarajada ortdi. Sababi, pandemiya davrida insonlarda ruhiyzo‘riqish, stressholatlari, qo‘rquv, internet va gatjetlarga tobelik kuchaydi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida psixologlar faoliyatini rivojlantirish lozim bo‘ladi.
I.V.Dubrovina va X.Y.Liymets, Yu.L.Sierdlarning ko‘p yillik tadqiqotlari natijasi o‘laroq, umumta'lim maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDH mamlakatlarida qo‘yilgan ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, o‘zbek olimlaridan E.G‘.G‘oziyev, M.G.Davletshin, G‘.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Sog‘inovlar ham O‘zbekiston
o‘rta umumta’lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma’lum darajada asos bo‘lmoqda. [2.18].
O‘zbekiston ta’lim muassasalarida psixologik xizmat quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Psixologik tashviqot 2. Psixologik profilaktika 3. Psixologik maslahat
4. Psixologik-pedagogik konsilium 5. Diagnostik-korrektsion ishlar
Biz kuzatishimiz natijasida maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’limda psixologik xizmatni samarali tashkil etish uchun bir necha muammolar xalaqit beradi.
Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotida:
- psixolog bolalar bilan faoliyatni kunning qaysi vaqtida amalga oshirilishi lozimligi haqida hozirgacha aniq ko‘rsatma mavjud emas;
- kunlik mashg‘ulotlar jadvalida psixolog uchun alohida vaqt ajratilmagan; - ota-onalar uchun psixologik maslahatni qaysi payt amalga oshirish kerak?
Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi ish rejasini tuzishda quyidagi maqsadlarni belgilab olishi maqsadga muvofiq:
a) 6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda psixologik muammolar;
b) bolalarni maktabga pedagogik-psixologik jihatdan tayyorlashda tarbiyachi va psixologning hamkorligi;
c) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iqtidorli bolalar bilan ishlash;
d) maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarida ijtimoiy-hissiy rivojlanish ko‘rsatkichlari;
e) maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi ishlarini rasmiylashtirish, hujjatlar bilan ishlashda axborot texnologiyalarining o‘rni.
Maktablarda psixologik xizmatni samarali amalga oshirish o‘quvchilarni kelgusida ruhiy va ma’naviy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadi. Ayniqsa o‘smirlar va o‘spirinlarda bo‘ladigan jismoniy va fiziologik o‘zgarishlar ularning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. O‘quvchilar o‘zlari buni anglab yetishga qiynaladilar.
Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Shu sababli bizda o‘g‘il va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha o‘smirlik yoshida deb hisoblanadi [3.177].
Maktabgacha ta’lim tashkiloti singari maktablarda ham psixologik xizmatni samarali tashkil etish uchun to‘siq bo‘layotgan omillar bor. Masalan, maktab fanlariga psixologiyaga oid fan kiritilmagan yoki psixolog uchun alohida soat ajratilmagan.
Shuninguchunpsixologpsixodiagnostik ishlarni amalga oshirishda, psixologiktrening mashg‘ulotlarni o‘tishda qaysidir fan mashg‘ulotini buzishga majbur bo‘ladi. Maktabda qarama-qarshi jins vakillari bilan psixologik maslahat ishlarini olib borish ham murakkablik tug‘diradi. Ayniqsa, psixolog erkak kishi bo‘lsa, o‘quvchi qizlar o‘z muammolarini aytgani qiynaladilar. Ko‘p holatlarda esa aytmaydilar ham.
Global rivojlanayotgan davrda o‘quvchi yoshlarni ruhiy salomatligini asrash davlat va jamiyatningmuhim vazifalarimizdan birideb o‘ylaymiz. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumiy o‘rta ta’limda psixologik xizmatni samaradoligini oshirish uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:
Maktabacha ta’limning viloyat va tuman bo‘limlarida mutaxassis psixologlardan tashkil topgan metodik birlashma tashkil qilish kerak.
Maktabacha ta’lim tashkilotlarida korreksion mashg‘ulotlarni o‘tish uchun kuning ikkinchi qismida aniq vaqt ajratish kerak.
O‘quv yili boshida psixolog uchun maxsus dars soatlari ajratilishi kerak (shtat ichida bo‘lsa ham).
Diagnostik maqsadda oʻtkaziladigan metodikalarning validligini tekshirib chiqihs kerak. Ularni o‘tkazish va natijalarini tahlil qilishda etnik xususiyatlarini, milliy mentalitet hisobga olish zarur. Shaxs xususiyatlarini va bilish jarayonlarini tekshirish har bir hududda bir vaqtda amalga oshirish kerak. Shunda natijlarnisolishtirib, tahlil qilish mumkin bo‘ladi.
Trening mashg‘ulotlarni ham moslashtirish zarur. Chunki ko‘p trening-mashg‘ulotlar oʻgʻil-qiz aralash ishtirok etishini taqazo qiladi. Bunda ko‘pincha o‘quvchi qizlar tortinadi va qatnashmaydi.
Fan to‘garaklari qatori psixologiya faniqa oid qiziqarli to‘garak tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.
Psixologik xizmat haqida zamonaviy uslubiy qo‘llanmalar yaratish zarur. Yuqoridagilarni amalga oshirsak mamalakatimizda psixologik xizmat yanada
rivojlanadii va biz ko‘zlagan maqsadimizga erisha olamiz.

2. Ta’limda psixologik xizmat ko’rsatishning nazariy va amaliy asoslari




Ma’lumki, zamonaviy psixologik xizmat asoslari fanining bosh maqsadi ta’lim – tarbiya muhitidagi o’quvchilar hamda talabalarning individual imkoniyatlari o’rganish hamda o’quv faoliyatining intellektual, kognitiv, emosional, motivasion jihatlarini ilmiy jihatdan tekshirishdan iboratdir. Bundan tashqari, ta’lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlash, shaxsdagi xulq-atvor buzilishlarni yo’qotish hamda uni oldini olishning psixologik chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini ham maqsad qiladi. Qoidaga ko’ra, psixologik xizmat tashkil etish yosh va pedagogik psixologiya, psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida umumpsixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar (psixolog) tomonidan amalga oshiriladi.
Psixologik xizmatga jalbqilinganpedagoglar esa,bumutaxassislikni olish uchunmaxsus qayta tayyorgarlikdan o’tishlari lozim. Mohiyatan, psixologik xizmat bir necha bosqichli jarayon sanalib, unda psixologik maslahat, psixodiagnostika va psixokorreksiya kabi sohalar usullaridan samarali foydalaniladi. Quyida biz ta’lim har qanday ta’lim muhiti uchun qulay sanalgan psixologik xizmat va uning tarkibiy chora-tadbirlari haqida to’xtalib o’tamiz.
I.G.Kolesnikovaga ko’ra, ta’lim muhitida psixologik konsulьtasiya ishlarini olib borishda psixolog mutaxassis quyidagi ishlarni olib boradi: 1.Bolalar, o’qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat, direktor, rektor, mudir, o’qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq, ilmiy asoslangan maslahatlar berish; 2.Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga etmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish; 3.Ma’muriyatga, bolalar, o’quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo’yicha bolalar, o’quvchilar, talabalarning psixik o’sishi xususiyatlariga oid ma’lumotberishi, o’g’il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrumqilish, tashkilotlarni g’amxo’rlik va vasiylik to’g’risidagi qabul qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim; 4.Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o’zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo’yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi; 5.YAngi tipdagi maktablarga o’rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o’quvchilari, akademik lisey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to’g’risida ilmiy – amaliy xususiyatga molik konsulьtativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.
Mazkur ishlar ta’lim sub’ektlarini maktabda, liseylarda, universitetlarda o’qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdanchuqurroq o’rganishga yo’naltirilganbo’lib,ularning individual xususiyatlarini,ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o’tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi. Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo’lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar ko’pincha psixologga quyidagi muammolar bo’yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o’qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo’llari, o’quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo’llari, o’quvchilar bilan kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish.
Psixolog o’quvchi yoki talaba yoshlar bilanbevosita aloqada ularda vujudga kelganmuammolarni hal qiladilar. Bu to’g’ridan to’g’ri maslahat berish deb ataladi. Ba’zan o’quvchilarga va ota-onalarga o’qituvchilarning u yoki bu muammolari bo’yicha maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda ma’lum qoidalarga amal qilishga to’g’ri keladi. Maslahat berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning o’zaro ta’sir jarayoni,ular orasida ishonchli o’zaromunosabatni o’rnatish yotadi. Bunda psixolog –maslahatberuvchi,o’kituvchi, ota-ona – maslahat beriluvchi, o’quvchi mijoz rolida bo’ladi.
Maslahat berish–psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o’zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo’q. Kollejlardagi yoki akademik liseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o’quv muassasasidagi o’qituvchilar va o’quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarining, rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo’ladi. U har bir o’quvchi yoki o’qituvchining o’zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistemasini ham ko’radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi. E.M.Lыsenkoning aytishicha, o’z sohasini yaxshi biluvchi psixolog mutaxassisning sifatlari quyidagicha namoyon bo’ladi:
- O’quvchi muammolari bo’yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda; - Psixolog o’quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o’rganadi, mutaxassis va etuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko’rsatadi; - Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari yangi tipdagi maktab, oliy o’quv yurti talabalarida uchraydigan o’quv malakalari va ko’nikmalarini egallashdagi nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi; - Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differensial diagnostikani amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi.





Download 110.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling