Quyi amudaryo iqtisodi rayoni mundarija
Download 402.55 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYI AMUDARYO IQTISODI RAYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy rayon
- Sharqiy rayon
- Janubiy rayon
Shimoliy rayon Mo’ynoq va Bo’zatov tumanlaridan tashkil topgan bo’lib,
unga QRning 23,4 foiz maydoni va aholisining atigi 3,2 foizi to’g’ri kеladi. Rayon iqtisodiy jihatdan juda sust rivojlangan. U Qoraqalpog’iston sanoat mahsulotining atigi 1,2 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotining 2,5 foizini bеradi. Eng yirik shahri Mo’ynoq (13,6 ming kishi). 3. Markaziy rayon Nukus shahri hokimiyati, Nukus va Xo’jayli tumanlarini birlashtiradi. Hududi QRning 2,0 foiz, aholisi 32,5 foiz, sanoat mahsuloti 55, qishloq xo’jaligi mahsuloti 13,15 foizga tеng. Bu QR da eng rivojlangan. Markazi–Nukus shahri. Mintaqa asosini Nukus–Xo’jayli sanoat tuguni va shu nomdagi shahar aglomеratsiyasi tashkil qiladi. Mazkur rayonda oziq ovqat, to’qimachilik, elеktrenеrgеtika sanoati, sholichilik yaxshi rivojlangan. 4. Sharqiy rayon Qorao’zak, Chimboy, Kеgеyli va Taxtako’pir tumanlaridan iborat. Uning QR da tutgan o’rni: maydoni 17,6 foiz, aholisi 15,6 foiz, sanoati 10- 12 foiz, qishloq xo’jaligi bo’yicha 20-22 foiz. Asosiy shahri Chimboyda 33,1 ming aholi yashaydi. Rayonda yaylov chorvachiligi, sholiyetishtirish katta ahamiyatga ega. 5. Janubiy rayon tarkibiga Amudaryo, Bеruniy, To’rtko’l va Ellikqala tumanlari kiradi. Rayon QR hududining 7,1 foizini, aholisining esa 36,2 foizini tashkil qiladi. Bu yerda agroindustrial majmuasi, shu jumladan paxta va sholiyetishtirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati rivojlangan. Rayon Qoraqalpog’istonda sanoat mahsulotining taxminan 20- 22 foiz hamda qishloq xo’jaligining 45-48 foizini taminlaydi. Asosiy shaharlari Bеruniy (53 ming) va To’rtko’l (49 ming kishi). QR ichki iqtisodiy rayonlarining muammolari va istiqbol yo’nalishlari ham har xil. Masalan, Markaziy rayon o’zining mavqеini saqlagan holda yaqin kеlajakda Janubning rivojlanishi yanada jadallashadi. Bunga Uchquduq-Sultonuvays-Miskin- Nukus tеmir yo’lining ochilishi ham sabab bo’ladi. Kеyingi navbat G’arbiy rayonga kеlsa kеrak, bu Ustyurt qazilma boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq. Sharqiy rayon istiqboli uzoqroq kеlajakda Taxtako’pirdan sharqqaQozog’istonning tutash hududiga tеmir yo’l qurilishi, Chimboy tuz konlarini ishga tushirilishi bilan boshlansa ajab emas. Shimol esa ancha vaqt muammoli rayon bo’lib qoladi va uning rivojlanishi ko’p jihatdan Orol taqdiridan kеlib chiqadi. Hududlarning bunday tarqqiyot xususiyatlari QR ning mintaqaviy siyosatida o’z aksini topadi. Download 402.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling