Quyi Amudaryo mintaqasi shaharlari Reja


Xorazm viloyati shaharlari klassifikatsiyasi va funksional tiplari


Download 19.67 Kb.
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi19.67 Kb.
#1800910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Quyi Amudaryo mintaqasi shaharlari Reja-fayllar.org

Xorazm viloyati shaharlari klassifikatsiyasi va funksional tiplari
Mamlakatimiz aholi manzilgohlari tarixan sug‘oriladigan voha va vodiylarida hamda savdo-sotiqqa qulay karvon yo‘llarida shakllangan. Xorazm viloyati shaharlarining boy tarixi va madaniyatida gidrografik omil (Amudaryo deltasi) hamda hududni kesib o‘tgan temir yo‘l (Chorjo‘y-Toshhovuz-Beynau) katta rol o‘ynagan.

Xorazm viloyati shaharlar to‘ri kam rivojlangan va sust urbanizatsiyalashgan mintaqalardan biridir. O‘zbekiston geourbanistikasining 32.5 foizini tashkil etgan vohada atigi 3 ta shahar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 7 ta shaharcha (Gurlan, Qo‘shko‘pir, Chalish, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangibozor) va 51 ta “yangi” shahar manzilgohlari mavjud ( 2-ilovaga qarang).


Xorazm xo‘jaligining bazaviy sohalarida intensiv qishloq xo‘jaligi, engil, oziq-ovqat sanoati va turizm etakchi o‘rinda turadi.
Ta’kidlanganidek, voha aholi manzilgohlari shakllanishini an’anaviy ravishda irrigatsiya shahobchalari, xususan kanal va ariqlar belgilaydi. Irrigatsiya shaxobchalarining hudud bo‘ylab elpig‘ichsimon shaklda tarqalishi iqtisodiyot tarmoqlari va aholi manzilgohlari joylashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Binobarin, hudud aholisi asosan Amudaryo quyi oqimining chap sohilida qadimiy obkor dehqonchilik mintaqasida joylashgan.Toshsoqa-Polvon, Shovot, Gʻazavot hamda Daryoliq-Qilichniyozboyarna kanallari, ulardan suv oladigan ko‘plab ariqlar bo‘ylab aholi manzilgohlari shakllangan va rivojangan. Shu bois, viloyat shaharlarining ixtisoslashuvi bir-biridan deyarli farq qilmaydi; shahar hosil qiluvchi omillarning kam rivojlanganligidan ularning soni ham oz. Mintaqa shaharlarining rivojlanishida avtomobil va temir yo‘llari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
1987 yilda, viloyatda 946 ming aholi yashagan bo‘lsa, shaharlarda 278 ming, 1995 yilda 1195.9 va 296.2 ming kishiga etdi; 01.01.2000 yil holatiga ko‘ra vohaning 1323.9 ming aholisidan 314.7 mingi shaharlarda istiqomat qilgan. Keyingi yillarda viloyat shahar joylari aholisi sekin o‘smoqda; Aholi sonining ko‘payishida migratsiya katta o‘rin tutmoqda. Viloyat markazini Urganchni hisobga olmaganda, boshqa shaharlar tabiiy ko‘payishiga ko‘ra qishloq joylarinikiga yaqin.
Voha shaharlarining tarkibiy tuzilishi yillar davomida o‘zgarib borgan. Masalan, 2006 yilda mazkur mintaqada 3 ta shahar va 7 ta shaharcha mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni yana 61 taga ko‘paydi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 13 mart 2009 yil 68-sonli qaroriga binoan Xorazm viloyatining 51 ta qishloq aholi punktiga shaharcha maqomi berildi.
Xorazm viloyati shahar manzilgohlari qishloq tumanlari bo‘yicha deyarli bir xil taqsimlangan. Masalan, agroshaharchalar Gurlan va Xiva tumanlarida 8 tadan, Shovot va Yangiariqda 6, Bog‘ot va Qo‘shko‘pirda 5 tadan va h.k. Shu bilan birga Hazorasp tumanining atigi 3 ta, Yangibozor tumanining 2 ta qishloq aholi punkti bunday maqomga ega bo‘lgan. (-ilovaga qarang).
Yangi tashkil etilgan shahar manzilgohlarining demografik mayli, uy-joy qurilishi, obodonchiligi, iqtisodiy negizi, ko‘p hollarda, oddiy qishloqlardan katta farq qilmaydi.
Viloyatning ikkinchi pog‘onaga kiruvchi shaharlar aholisi 101.7 ming kishi, u jami shahar aholisining 17.9 foizini o‘zida mujassamlantiradi (-jadval). Pitnak (Drujba) shahri kichik shaharlar bo‘g‘iniga mansub. Honqa shaharchasining “yarim o‘rta” shaharlar pog‘onasidan joy olishiga mikrogeografik o‘rnining qulayligi, viloyat markazi Urganch shahrining ta’siri sezilib turadi (-ilova).

Download 19.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling