15-jadval
Xorazm viloyati shaharlarining klassifikatsiyasi (01.01.2016 y.)
Shahar manzilgohlari kategoriyasi
|
Shahar manzilgohlar soni
|
Aholisi, kishi
|
Jami shahar aholisidagi ulushi (%da )
|
3 ming kishigacha
|
12
|
28.5
|
5.0
|
3-5 ming kishigacha
|
27
|
101.7
|
17.9
|
5-10 ming kishigacha
|
12
|
71.0
|
12.5
|
10-20 ming kishigacha
|
6
|
97.1
|
17.1
|
20-50 ming kishigacha
|
2
|
67.0
|
11.8
|
50-100 ming kishigacha
|
1
|
61.7
|
10.9
|
100-250 ming kishigacha
|
1
|
138.6
|
24.5
|
Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Tahlil etilayotgan mintaqaning 3-pog‘ona shaharlar guruhida viloyat jami shahar aholisining 12.5 foizi istiqomat qiladi. O‘rta shaharlar guruhi respublikamizning ko‘pgina mintaqalarida Farg‘ona, Jizzax hududlarida yaxshi shakllanmagan. Vohaning “ikkinchi” ko‘hna turizm shahri Xivada 2008 yilda aholi soni 54,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda 61.7 mingga etdi. Xivada ham aholi sonining o‘sishi turg‘unlashgan.
5-pog‘onada birgina viloyat markazi-Urganch bo‘lib, unda jami shahar aholisining 24.5 foizi istiqomat qiladi. Shahar viloyatning sanoat, transport, madaniy-ma’rifiy, xizmat ko‘rsatish sohalari to‘plangan rayon hosil qiluvchi markazidir. Viloyat markazining qulay iqtisodiy geografik o‘rni uni boshqa shaharlarga nisbatan qisqa muddatda rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Ushbu shahar aholisi soni keyinggi 10-15 yil mobaynida deyarli o‘zgarmadi, tabiiy ko‘payishi esa viloyatda eng past ko‘rsatkichga ega. Urganch shahri viloyat jami sanoat mahsulotining 27.7 foizini, iste’mol mollarini 46.8 foizini beradi.
Afsonaviy Xiva (yeramizgacha V asr) shahri Amudaryoning chap sohilida Polvon kanali yonidagi tekislikda qad rostlagan. An’anaviy turizm shahrining hozirgi qiyofasi (arxitekturasi) XVIII asr oxirlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Ayni paytda shaharda gilam fabrikasi, paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari faoliyat yuritmoqda.
Amudaryo bo‘yida joylashgan Pitnak (1992 y.) shahrining rivojlanishida qulay transport geografik o‘rin xususan, Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot temir yo‘lining qurilishi va Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xorazm-Nukus avtomagistrali muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Shu bois, 1974 yilda Pitnak temir yo‘l stansiyasi, Amudaryo bo‘yidagi Sharlovuq pristani va Tuyamo‘yin gidrouzeli quruvchilari shaharchalari birlashtirildi va u viloyat ahamiyatiga molik shaharlar qatoriga kirdi.
Xorazm viloyati geoshaklining (konfiguratsiyasi) ixchamligi ma’lum ma’noda o‘sish qutb va markazlarini shakllantirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |