Quyi Amudaryo mintaqasi shaharlari Reja
Download 19.67 Kb.
|
Quyi Amudaryo mintaqasi shaharlari Reja-fayllar.org
Markaziy rayonning sharqiy qismiga Chimboy shahri va Qorao‘zak, Taxtako‘pir shaharchalari mos kelib hududning shaharlashuv sig‘imi juda past, “inqirozli” rayon sanaladi. Uning QRda tutgan o‘rni: maydoni 17.5 foiz, aholisi 11.4 foiz, sanoati 2.5, foiz. Asosiy shahri Chimboyda 51.9 ming aholi yashaydi. Rayonning urbanistik ahamiyati past, shahar hosil qiluvchi omillar ta’siri kuchsiz va investitsiya muhiti ham yaxshi emas. So‘nggi yillarda Janubiy Koreya sarmoyalari hisobidan loyiha quvvati 1 mln t. bo‘lgan Quyi Amudaryo mintaqasida yagona yirik sement zavodi barpo etilmoqda.
Janubiy rayon tarkibiga Mang‘it, Jumurtau, Beruniy, Bo‘lish, Bo‘ston va To‘rtko‘l shaharlari kiradi. To‘rtko‘l (Petroaleksandrovsk) hozirgi mustaqil mamlakatimiz hududida ruslar asos solgan 3 ta shaharlardan biridir. Qolgan ikkitasi Kogon (Yangi Buxoro) va Farg‘ona (Skobelov) hisoblanadi. Rayonda QR shahar aholisining 38.5 foizi istiqomat qiladi. Bu yerda agrosanoat majmuasi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati shakllangan. Beruniyda asosan oziq-ovqat (o‘simlik yog‘i va un ishlab chiqarish) va engil sanoat, Bo‘stonda aroq va likyor korxonalari mavjud. Rayon Qoraqalpog‘iston sanoat mahsulotining taxminan 27.5 foizini ta’minlaydi. Asosiy shaharlari Beruniy (58.7 ming) va To‘rtko‘l (60.6 ming kishi). Viloyatdagi mavjud shahar va shaharchalarning shakllanishi va funksional xususiyatiga turli omillar ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, Qo‘ng‘irot savdo va hunarmandchilik negizida paydo bo‘lgan bo‘lsa, elobod tog‘–kon sanoati, energetiklar shahri Taxiatosh IYeS asosida vujudga keldi. 1980 yildan so‘ng tashkil etilgan “yangi” shahar (Bo‘ston, Shumanay, Xalqobod,) manzilgohlarning aksariyati tuman ma’muriy markazi sifatida faoliyat yuritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi-Nukus shahri va uning aglomeratsiyasini uch tomondan bog‘lab turuvchi Qo‘ng‘irot, Chimboy, To‘rtko‘l yoki Beruniy kabi o‘sish markazlarini shakllantirish, masalan, Nukus, Nukus-Chimboy, Nukus-Qo‘ng‘irot temir yo‘li va ularning ta’sir zonasida o‘ziga xos yo‘laklarni barpo etish maqsadga muvofiqdir. Istiqbolda mintaqani kesib o‘tgan Uchquduq-Sultonuvays-Miskin-Nukus temir yo‘lining ta’sir doirasida shaharlar to‘rining kengayishi kutiladi. Xususan, To‘rtko‘lda Miskin shaharchasi Uchquduq-Sultonuvays-Miskin-Nukus, Chimboyda Ayteke shaharchasi Nukus-Chimboy temir yo‘li tugunida istiqbolda mintaqaning o‘sish markazlari rivojlanadi. Hozirgi kunda QRga mamlakatimiz tomonidan turli imtiyozlar xususan, transport va boshqa infratuzilmalarni barpo etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qo‘shma korxonalarni yaratish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Mintaqadagi o‘sish qutb va markazlarini rivojlantirish davlat tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dasturlar doirasida amalga oshirilmoqda. http://fayllar.org Download 19.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling