Quyi spirtlar


Ko’pincha etanol ikki usulda etilendan olinadi


Download 0.56 Mb.
bet2/4
Sana11.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1190191
1   2   3   4
Bog'liq
4-MA’RUZA. Spirtlar (1)

Ko’pincha etanol ikki usulda etilendan olinadi:

Ko’pincha etanol ikki usulda etilendan olinadi:

H2SO4 qo’shish bilan qisman gidrotatsiya va hosil bo’lgan murakkab efir va sul­fat kislota aralashmasini ishqor bilan neytrallash orqali

To’g’ridan-to’g’ri katalitik gidrirlash bilan

1-usul etilen saqlovchi gazlarning, bunda tarkibdagi etilenning miqdori 35 dan 95 % gacha saqlanadi, gidrotatsiyasi 1930 yilgacha etanol olishning asosiy usuli bo’lib kelingan, jarayon 94 - 98 % li H2SO4 foydalanilib, bir necha kolonnalarda 55 - 80°C va 10 - 35 bar bosim ostida olib boriladi. Mono- va dietilsul­fat bu bosqichda ekzotermik hosil bo’lib, katalizator sifatida Ag2SO4 ishlatiladi:

H2SO4 kontsentratsiyasi massa bo’yicha 45 – 60 % bo’lishi taminlangandan so’ng, ikkala sulfat kislota murakkab efirlar ham 70 dan 100°Cgacha xaroratlarda etanolga gidrolizlanadi. Dietil efiri qo’shimcha mahsulot sifatida hosil bo’lib, bu yuqori xaroratlarda ko’proq kuzatiladi:

Suvni bug’latish kolonnalarda ochiq alanga yordamida xarorat almashinishi amalga oshirilib, bu jarayonda suyultirilgan H2SO4 ham parchalanishi kuzatiladi va oz miqdor SO2 ham hosil bo’ladi.

Suvni bug’latish kolonnalarda ochiq alanga yordamida xarorat almashinishi amalga oshirilib, bu jarayonda suyultirilgan H2SO4 ham parchalanishi kuzatiladi va oz miqdor SO2 ham hosil bo’ladi.

Etanolning selektivligi 86 % (C2H4 ga nisbatan hisoblanganda) gacha yetadi.

Iqtisodiy omillar sabab etil sul­fat hosil bo’lishi bilan boruvchi jarayon AQSh da qo’llanilmagan, G’arbiy Yevropada (Frantsiyada) esa 1974 yilda qurilgan korxona 1980 yil o’rtalarida faoliyatini to’xtatgan. Suyultirilgan sul­fat kislotadan foydalanilishi bu usulning Bertramsmayer jarayonida ham foydalanish imkoniyatlarini beradi. Bu usulda sul­fat kislotaning suvli eritmasi emallangan metall reaktorlarda majburiy sikllarning oxirgi bosqichida kontsentrlanadi. Zarurat bo’lganda, organik chiqindilar oksidlovchi agent (odatda 65 % HNO3) qo’shilib ajartiladi va bu bilan turli chiquvchi gazlar hosil bo’lishini oldi olinadi. Bu texnologiyani sanoatda qo’llanilishining ko’plab namunalari bor. Etilenni katalitik gidrirlash jarayoni ilk marotaba sanoat miqyoslarida 1947 yilda Shell kompaniyasi tomonidan qo’llanilgan. Suv bilan ta’sir jarayoni bug’ fazada, kislotali katalizatorlar ishtirokida olib borilgan:


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling