Quyida multimedia mahsulotlari ishlab chiqishga mo‗ljallangan dasturiy mahsulotlarni qisqacha sharhlab o‗tamiz


Download 40.3 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi40.3 Kb.
#1611123
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Multimedia tushunchasi keng ma

Opus Presenter Pro – interfaol taqdimot uchun instrument bo‗lib, interfaol o‗rgatuvchi materiallar katalogini namoyon etadi. PowerPoint bilan raqobatlasha oladigan va interfaolligi jihatidan ustunlikka ega bo‗lgan mahsulot.
MatchWare Mediator – interfaol taqdimotlarni yaratish uchun professional instrument. Uni asosiy imkoniyatlarni oshirish uchun xizmat qiladigan skriptlar qo‗llab-quvvatlaydi.
Multimedia Builder – CD/DVD disklarning, taqdimotlarning, multimedia ilovalarining, MP3-pleerlarning, o‗yin va boshqalarning avtomatik ishga tushishini ta‘minlash menyusini yaratish imkonini beradi. U foydalanuvchiga Windowsilovalarni, grafiklarni, animatsiyani, musiqani mukammal tuzishga olib keladi. Mazkur dastur boshlovchilar hamda mutaxassislar (professionallar)ga ham qo‗l keladi.
Multimedia Builder foydalanuvchi uchun zarur bo‗lgan katta bo‗lmagan mustaqil exe-ilovalarni yaratadi. Foydalanuvchi uning yordamida murakkab tillarni o‗rganish uchun vaqt sarflamasdan multimedia dasturlarini tuza oladi.
Agar imkoniyatlaringizni oshirmoqchi bo‗lsangiz, buning uchun sizga MMB skriptlari tili yordam beradi.
Freelance Graphics (www.lotus.com/home.nsf/welcome/freelance). Lotus firmasining slayd-shou yaratish uchun ishlab chiqqan dasturi. U slayddagi matnlarni, rasmlarni, grafiklarni va jadvallarni shaklga solish singari imkoniyatlar bilan ta‘minlaydi. Freelance Graphics dasturi bo‗lmagan holda ham taqdimot namoyishi kompyuterda amalga oshiriladi. GIF formatda tasvirlar shaffof fonda aks ettiriladi. HTML formatidagi tayyor taqdimot maxsus ustalar yordamida sahifani samarali tezlikda yuklashni ta‘minlagan holda amalga oshiriladi. Internetda slayd-shouni taqdim etish brauzeri yoki Freelance Graphics‘ ActiveX uchun Plug-Inning qo‗shimcha komponentlarini talab etadi.

4-rasm. Freelance Graphics ilovasining darchasi.
CamStudio –ochiq kodli dastur bo‗lib Windows OT larda ishlaydi, asosan ekrandagi jarayonlarni audio-vizual qo‗llanma ko‗rinishida saqlab qo‗yish, ovozlarni yozish vazifasini bajaradi hamda AVI va SWF fayl formatda audiovizual qo‗llanma larni saqlaydi.

5-rasm. CamStudio dasturi
Jing dasturi
Jing dasturi yordamida nafaqat audio-vizual qo‗llanma , ekran rasmlarini ham olish imkoniyati mavjud. Bularga qo‗shimcha olingan rasmlarga kerakli yoylarda turli hildagi matnli belgilar, mahsus yo‗naltiruvchi strelkalarni, tog‗rito‗rtburchaklar yordamida kerakli joylarni ajratish, audio ma‘lumotlarini yozish kabi funksiyalarni o‗zida mujassam etgan. Windows hamda Mac OS X OT lari uchun ko‗rinishlari mavjud
Yozib olingan audio-vizual qo‗llanma va rasmlarni Internet tarmog‗idagi Screencast.com, Flickr, Twitter hamda boshqa veb sahifalarga jo‗natish mumkin.

6-rasm. Jing dasturining asosiy oynasi ko‗rinishi.
Wink Dasturi
Wink Dasturi dars namoyishi ―Prezentatsiyalarini ekrandagi jarayonlarni rasm ko‗rinishida saqlaydi hamda yaratilgan namoyishlarga matn, tugmalar, ma‘lumotlarni kiritish imkoniyatlari mavjud.

7-rasm. Wink dasturi ko‗rinishi
Turli fayl formatlari jumladan EXE, FLV, HTML, va bosqalarni qo‗llash imkoniyati mavjud. Dastur Windows muhiti hamda Linux muhiti uchun ishlab chiqilgan.
Webineria dasturi
Webineria dasturi – ochiq kodli dastur bo‗lib, ekrandagi jarayonlarni audiovizual qo‗llanma ko‗rinishida saqlasb keyinchalik ko‗rish uchun mo‗ljallangan. Yozilayotgan audio-vizual qo‗llanma fayylar avval AVI formatida saqlanadi keyinchalik zaruriyat tug‗ilsa Flash FLV formatiga o‗zgartirish mumkin. Yozilayotgan jarayonni boshlash hamda tohtatish mahsus tugmalar asosida bajariladi. Bularga qo‗shimcha sifatida 2-xil ma‘nba (ekran va Veb kamera) dan kelayotgan tasvirlarni birlashtirish imkoniyati mavjud.

8-rasm. Webineria dasturi asosiy oynasi
Dastur faqatgina Windows sinfiga oid operatsion tizimlarda ishlatiladi
Ta‘lim tizimida turli darslar orasidan keraklisini topish qiyinchilik tug‗dirishi mumkin. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida elektron qo‗llanmalar yaratish kerak bo‗ladi. Bunday qo‗llanmalar interfeysini AutoPlay Media Studio dasturi yordamida hosil qilish mumkin. Mazkur dastur yordamida vizual ob‘ektlarni qo‗llagan holda mukammal elektron qo‗llanma yaratish mumkin. Interfeysda hosil bo‗ladigan har bir sahifa xuddi web sahifalar kabi ko‗rinishga ega bo‗lib , sahifalardagi ob‘ektlarda turli-xil amallarni belgilash mumkin.


Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling