Quyida multimedia mahsulotlari ishlab chiqishga mo‗ljallangan dasturiy mahsulotlarni qisqacha sharhlab o‗tamiz


Download 40.3 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi40.3 Kb.
#1611123
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Multimedia tushunchasi keng ma


Multimedia tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, turli soha mutaxassislari uni qo’‘llanish mazmuniga qarab turlicha talqin etishga harakat qiladilar.
Elektronika bilan shug‗ullanuvchi mutaxassislar ushbu atamani har xil formatdagi matn, grafika, animatsiya, ovoz, video ko‗rinishdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatini ta’minlovchi apparat vositalari sifatida tushunadilar. Bu CD/DVDROM, ovoz kartasi, videokarta, tashqi yig‘uvchilar) kabilardan iborat.
Dizaynerlar, animatorlar, dasturchilar ushbu tushuncha orqali birinchi galda foydalanuvchiga bir necha yo‗l bilan ta’sir ko‗rsatish imkoniyatini beruvchi tayyor materialni tushunadilar (matn, ovoz, animatsiya).
Multimedia tushunchasining eng umumlashgan holati (multimedia vositalari) – matn, rasmlar, sxema, jadval, diagramma, fotografiyalar, video va audiofragmentlar va boshqa har xil ma‘lumotlarni raqam ko‗rinishida ishlab chiqish, yaratishning dasturiy-apparat vositalari tushuniladi.
Bugungi kunda multimedia texnologiyalari inson faoliyatining biznes, ta‘lim, tibbiyot va boshqa shu singari turli sohalarida qo‘llanilishini ko‗rish mumkin. Ushbu faoliyat yo‗nalishlarida multimedia mahsulotlarini yaratish uchun keng ko‗lamdagi dasturiy mahsulotlar mavjud. Ularning ayrimlari multimedianing alohida komponentlari bilan ishlashga mo‗ljallangan (audio muharrirlar, videomuharrirlar, grafik muharrirlar).
Ba’zi dasturiy materiallar alohida komponentlarni integratsiyalashtirib, multimedia majmualarini hosil qiladi. Eng mukammal dasturiy mahsulotlar yuqorida sanab o‗tilgan vazifalarni bir vaqtning o‗zida hal etishga yo‗naltirilgan.
Quyida multimedia mahsulotlari ishlab chiqishga mo‗ljallangan dasturiy mahsulotlarni qisqacha sharhlab o‗tamiz.
Microsoft PowerPoint
Ushbu mahsulot dasturiy ta‘minotlar orasida taqdimot yaratishga qaratilgan eng yetakchi mahsulot hisoblanadi. U Microsoft Office paketining tarkibiga kiradi.
Har bir yangi versiyasi yangi imkoniyatlarga ega bo‗ladi. U taqdimot tayyorlash uchun oldindan ishlab chiqilgan shablonlardan iborat. Dasturiy mahsulot audio va video fayllar, animatsiyalarni hosil qilish, har xil diagrammalar yaratish, taqdimotni himoyalash, fotoalbomni avtomatik generatsiyalash funksiyalariga ega.

3-rasm. Microsoft PowerPoint ilovasining darchasi.
Multimedia ilovalarini yaratish uchun ko‗plab dasturiy vositalar mavjud.
Ularni bir nechta toifalarga bo‗lish mumkin:
-Tasvirlarni yaratish va ishlov berish vositalari;
-Animatsiyalar, 2D, 3D grafikalarni yaratish va ishlov berish vositalari;
-Video tasvirlar (videomontaj, 3D-titrlar)ni yaratish va ishlov berish vositalari;
-Tovush yaratish va ishlov berish vositalari; -Taqdimotlar yaratish vositalari.

Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling