Quyida multimedia mahsulotlari ishlab chiqishga mo‗ljallangan dasturiy mahsulotlarni qisqacha sharhlab o‗tamiz


Download 40.3 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi40.3 Kb.
#1611123
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Multimedia tushunchasi keng ma

Grafika va fototasvirlar


Kompyuterda tasvir ko‗rsatish usullaridan biri – rastrli grafika (bitmap)dir. Bu holatda tasvir (pixels) elementlarga bo‗linadi, eniga X piksel va bo‗yiga Y piksel rasmning o‗lchamlarini belgilaydi.
Muhim xususiyatlaridan yana biri rastrli grafikaning ranglar aniqligi bo‗lib, bit raqamlari bilan belgilanadi va har bir piksel rangini kodlashtirish uchun ishlatiladi.
Demak, bitli yuzaning kattaligi uni saqlash uchun diskda shuncha katta joy kerak bo‗lishini bildiradi.
Grafik fayllarda ranglarni tasvirlashning quyidagi variantlari mavjud:
-256 rangli fayl har bir piksel 8 bitdan va palitra deb nomlanuvchi mos ranglar jadvalidan iborat bo‗ladi.
-16 bitli rangli faylda palitradan foydalanilmaydi, har bir pikselning qizil, yashil va ko‗k rangli komponentlarini saqlash uchun 16 bit ajratiladi.
-Ikkita varianti bor: RGB555 (32768 ta rang), RGB565 (65536 ta rang). -24 bitli rangli fayl har bir pikselining rangli komponentlari uchun 8 bit ajratiladi. Mavjud 16,7 mln. xil rang birikmalaridan foydalaniladi.
SHuning uchun ularning orasidagi juda kichik farqni ko‗z bilan zo‗rg‗a ilg‗ash mumkin.
-32 bitli rangli fayl har bir pikselining rangli komponentlari uchun 8 bit va har bir pikselning alfa-kanali uchun 8 bit ajratiladi. Alfa-kanal tasvirda har bir pikselning tiniqligi darajasini belgilaydi.
-Oq-qora och rangli tasvirlar 256 kulrang rang bilan 8 bitli faylga yozilishi mumkin.
Grafik redaktorlari mavjud (asosan skaner qilingan) tasvirlar ustida nozik hamda murakkab ishlarni bajarishga mo‘ljallangan va tasvirning har qanday jihatlarini tuzatish imkonini beruvchi instrumentlar to‘plamiga ega bo‘ladi. Adobe Photoshop
Adobe Photoshop foto suratlarga ishlov berish bo‗yicha professional paket hisoblanadi. Qatlamlar bo‗yicha ishlash va vektorli grafika dasturlaridan ob‘ektlarni eksport qilish imkoniyatiga ega. Ranglarni korreksiyalash, retush qilish, turli rangdagi effektlarni yaratish uchun to‗liq instrumentlar to‗plami mavjud.
40 dan ortiq filtrlar turli maxsus effektlar yaratishga imkon beradi.
Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‗pgina ulanadigan modullar yaratilgan.

Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling